Atirgul va Bulbul Oskar Uayld Uayld, Oskar(1854–1900) ‐ Irlandiyalik ingliz shoiri, romannavis va dramaturgdir. Eksentrik deb hisoblangan


Download 14.61 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi14.61 Kb.
#203073
Bog'liq
Atirgul va Bulbul. Oskar Uayld.


1888

Atirgul va Bulbul

Oskar Uayld

Uayld, Oskar(1854–1900) ‐ Irlandiyalik ingliz shoiri, romannavis va dramaturgdir. Eksentrik deb hisoblangan,”san'at haqqi uchun san’at” ni targ'ib qiluvchi estetik harakatning yetakchisi bo'lgan va bir marta gomoseksual amaliyotlari sababli og'ir mehnat bilan ikki yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Atirgul va Bulbul(1888) – Atirgul ochilguniga qadar o'z bag'rini tikonga tutib bergan Bulbul haqidagi ertak.



Atirgul va Bulbul

“Unga qizil atirgullar keltirsamgina, men bilan raqsga tushishini aytdi”- deb yig'lardi yosh talaba. “Biroq mening butun bog'imda bittayam qizil atirgul yo'q”. Eman daraxtidagi uyasidan turib uni eshitib qolgan Bulbul barglar orasidan qaragancha ajablandi.



“Butun boshli bog'imda bittayam qizil atirgul yo'q"- yig'lardi u va chiroyli ko'zlari ko’z yoshlari ila to'lardi. “Oh, nahot baxt shunday arzimas narsalarga bog'liq bo’lsa!” Men donishmandlar yozganlarini barchasini o'qib chiqdim va falsafaning butun sirlari meniki bo'ldi, shunga qaramay birgina qizil atirgulga muhtojlik hayotimni baxtsizlikka hukm etdi. “Mana chinakam oshiq" dedi Bulbul. “Tunlari uni madh etib kuyladim, uni tanimasam ham, tunlari yulduzlarga uning hikoyasini so'zladim, va mana hozir uni ko'rib turibman. Uning sochlari gulsavsar gulidek qora, lablari o'zi istagan atirgul kabi qip-qizil, biroq kuchli ishtiyoq uning yuzini muguzdek rangsiz qilgan, g'am-g'ussa esa uning peshonasiga o'z tamg'asini qo'ygan. “Shahzoda ertaga tunda bal beradi”- pichirladi talaba, va mening suyukligim mehmon bo'ladi. Agar men unga bittagina qizil atirgul keltirsam,u men bilan tonggacha raqsga tushadi. Agar qizil atirgul keltirsam, uni qo’llarimda ushlab turaman, va u meni yelkamga boshini qo'yadi, so’ngra uning qo'li mening qo'limdan tutadi. Ammo meni bog'imda qizil atirgul yo’q, shu sabab men yolg'iz qolaman va u yonginamdan o'tib ketadi. U menga zarrachayam e'tibor qilmaydi va mening qalbim chilparchin bo'ladi.”
Download 14.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling