Atirgul navlarini yetishtirish


Download 227 Kb.
bet1/22
Sana29.04.2023
Hajmi227 Kb.
#1401713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
atirgul haqida malumot



ATIRGUL
Atirgul chiroyli va rang-barang ochilishi, xush- bo`yligi va uzoq muddat gullab turishi bilan dunyodagi turli xil manzarali o`simliklar orasida ko`zga ko`rinarli o`rin egallaydi. Inson atirgulning ana shu bebaho xususiyatlarini allaqachonoq payqab olgan.
ATIRGUL NAVLARINI YETISHTIRISH
Yangi atirgul navlari yaratishda seleksiyachilar dastlabki paytlarda serqat atirgullar etishtirishga intildilar. Usha vaqtlarda asosan guli yirik, dumaloq, ammo shakli uncha nafis va ko`rkam bo`lmagan atirgul navlari mavjud edi. Xozirgi vaqtda o`stirilayotgan atirgullar XIX asr boshlarida yaratilgan. Yangi duragay atirgullar chiroyli bo`lib, yozning ikkinchi yarmida ham qayta ochilish, ya’ni remontantlik xususiyatiga egadir. 1867 yilda remontant va choy atirgullarni chatishtirib Lya Frans (La Franca) nav atirgul olindi. Shu Lya Frans navi gulzorlarda o`stiriladigan yangi choy duragay atirgullarni yaratishga asos bo`ldi. Bu gullar 1873 yildan boshlab ko`p ochiladigan (Rosa mo`ltiflora) choy-duragay atirgul navlari bilan chatishtirilib, uzoq muddat ochilib turadigan, g’uj-g’uj bo`lib ko`p gullaydigan atirgul navi olindi. Bu navga ko`p ochiladigan yoki p o l i a n t atirgullar deb nom berildi. 1900 yilda fransuz seleksiyachisi Perne Dyushe sariq fors atirgulini remontant nav (Antoine Ducher) bilan chatishtirib Soley de or (Solei d’ Or) navini yaratdi. Soley de or navini choy-duragay atirgul navlari bilan ko`plab chatishtirish natijasida har xil, rang-barang navlar vujudga keltirildi va bu navlar pernetsian atirgullar deb ataldi. 1935 yildan boshlab Flori- bund atirgullar mashhur bo`ldi. Bu gul poliant atirgullarni choy-duragay va pernetsian atirgul navlari bilan chatishtirib hosil qilindi. Floribund atirgulini choy-duragay atirgul bilan qayta chatishtirib, g r a n d i f l o r a deb ataladigan nav yaratildi. Bu gruppadagi atirgullarning shakli va kattaligi choy-duragay atirgullarga o`xshashdir.
Hozirgi vaqtda choy-duragay, poliant, pernesian va floribund deb ataladigan atirgullar ko`plab o`stirilmoqda. Ularni uylarda, tuvakchalarda aholi yashaydigan punktlardagi gulzorlarda o`stirish va guldastalar uchun uzish mumkin. Bu gullar ko`plab va uzluksiz ochilaveradi, shakli xilma-xil, rang-barang hamda juda xushbo`ydir.
O`zbekiston Fanlar akademiyasining botanika bog`ida o`stirilayotgan atirgullarning ko`p qismi chet ellarda (Germaniya, Fransiya va Angliyada) etishtirilgan choy-duragay va pernetsian atirgullardan iborat. O`zbe- kistonning iqlimi bu mamlakatlar iqlimidan ancha farq qilishiga qaramasdan, bu navlar g`oyat yaxshi o`sadi, ko`p ochiladi. Ular serquyosh O`zbekistonning yozgi issig`iga ham, qishki sovug`iga ham chidamlidir. Lekin chet eldan keltirilgan barcha navlar zamburug`` yoki unshudring kasalligidan zararlanadi.
Toshkent botanika bog`ida yangi atirgul navlarini iqlimlashtirish sohasida olib borilayotgan ishlar, asosan, bog`, hiyobon va hovlilarni ko`kalamzorlashtnrishga yanada kengroq imkon beradigan navlar tanlash, shuningdek ayrim navlarni chatishtirib g`oyat ko`rkam manzara beradigan, qishlok xo`jaligi zararkunanda va kasalliklariga hamda qish sovug`iga chidamli bo`lgan yangi navlarni yaratishga qaratilgan.
Bir necha atirgul navi bir gulzorda o`stirilganda ular tabiiy ravishda bir-birini changlaydi va urug``laydi. Bu urug``lar yangi, mahalliy nav yaratishda tabiiy asos bo`lishi mumkin.
O`simlikning ayrim kurtaklaridan yaprog`ining shakli va kattaligi, gulining rangi, yirikligi va serqatligi bilan ajralib turadigan novdalari chiqishi mumkin. Mana shu novdalardan ham vegetativ usulda yangi nav chiqarib olsa bo`ladi. Seleksiyachi sun’iy changlaganda muayyan bir nav yaratishni ko`zda tutadi. Holbuki, tabiiy changlanganda muayyan navni olish qiyin. Shu sababli ham bu uchinchi usul eng qulay hisoblanadi.
Sun’iy chatishtirish yo`li bilan yangi nav yaratish ustida ishlayotgan gulchi ona va ota o`simliklarni tanlab
oladi. Ularni tanlashda har ikkalasining bir vaqtda gullashiga, ona o`simlikning erkin changlanib yaxshi urug`lashiga e’tibor berish lozim. Toshkent shahrida Sankist, Golden Ofeliya, Larisa, Nataliya Bottner, Dama edid Xellen navli choy-duragay atirgullar; Golden Rapcher, Padre, Prezident Gerbert Guver va Gloriya Dei navli pernetsian atirgullari hamda Kordes Zondermeldung navli floribund atirgullari ko`p urug` tugadi.
Chatishtirish uchun tanlanadigan o`simlik sog`lom va o`zida shu turkumga xos barcha xususiyatlarni mujassamlashtirgan bo`lishi shart. Bunday o`simliklarda changlanish va urug`lash vaqtigacha barcha guldonlar saqlanib qoladi, so`ngra bu guldonlar g`unchalay boshlashi bilan qirqib olinadi. Bu tadbir urug`ning tez va sifatli pishib yetilishiga imkon beradi.
Ona o`simlikning guli chatishtirish uchun maxsus tay- yorlanadi, ya’ni g`unchalar yarim ochilganda undagi otalik changdonlari yulib tashlanadi. Bunda toji bargining ostki bir qatori qoldirilsa kifoya. So`ngra bu gullarga qog`oz qalpoq kiydirilib, ip bilan bog`lab qo`yiladi va har kuni ertalab kuzatib boriladi. Gul onaligi ogizchasi yaltiroq suyuqlik, bilan namlanganda changlash vaqti kelgan hisoblanadi, o`simlik onaligi ota o`simlik changi bilan changlanadi. Chang, cho`tka yoki paxta vositasida surtiladi. Changlab bo`lgandan so`ng gul yana o`rab bog`lab quyiladi. Har ehtimolga qarshi 1—2 kundan so`ng qayta changlash muvofiqdir.
Ota o`simlikning changini yaxshi o`sgan, yarim ochilgan gullardan olish lozim. Chang qog`oz paketda quritilib, shisha idishda saqlanadi. Idishga ota o`simlikning nomi va chang olingan vaqt yozilgan etiketka yopishtirib qo`yiladi. Changlatilgan ona o`simlikka ham ota va ona o`simliklarning nomi xamda changlash vaqti yozilgan etiketka boglab qo`yiladi. Changlatilgan gul urug`i yaxshi o`sishi uchun bir haftadan so`ng undagi qog`oz qalpoqlar olib tashlanadi. Ayni vaqtda o`simlikni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish katta ahamiyatga ega.
Toshkent shahrida atirgul urug`ini (mevasini) oktabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab yig`ish mumkin. Urug`ni ekish oldidan (dekabr oyining boshida) mevasidan ajratgan ma’qul. Urug`, maxsus tayyorlangan yashiklarga ekiladi. Yashikdagi tuproqning tarkibi: 3/4 qism bog`dan olingan tuproq, 1/4 qism daryo qumidan iborat bo`lishi lozim. Urug` tuproqqa 2 sm ko`mib ekiladi. Yashiklar urug` ekilgandan boshlab to kun isinguncha (aprel oyigacha) sutkalik o`rtacha temperaturasi 18 daraja bo`lgan teplitsa yoki oranjereyada saqlanishi lozim. Urug` ekilgan tuproqqa sutkasiga bir marta mayda ko`zli gul chelakdan ehtiyotlik bilan suv sepib turiladi. Bunda tuproqning yuvilib ketmasligiga alohida e’tibor berish lozim. Shu tarzda parvarish qilinsa, urug`lar 35— 40 kunda unib chiqadi.
Turli navga oid atirgul urug`lari, garchi ular bir xil sharoitda saqlangan va parvarish qilingan bo`lsa ham, turli muddatlarda unib chiqadi. Bu urug`larning unuvchanligiga bog`liq. Kordes Zondermeldung, Etual de Frans va boshqa atirgul urug`lari tez unuvchandir (32, 42—48 kun). Lidochka Kox, Sankist, Prins de Bolgariya va hokazo atirgul urug`lari 116—118 kundan so`ng unadi. Bundan tashqari, urug`larning unish protsenti ham turlichadir. Etual de Frans va Kordes Zondermeldung navli atirgul urug`larining 64—55 protsenti unib chiqadi.
Atirgul nihollari 7—8 barg yozgandan so`ng (urug` unib chiqqanidan 3—3,5 oy keyin) g`uncha chiqaradi. Nihollarning birinchi g`unchasi mayda, uzunligi 1,5—3 santimetr, tojbargi kamqat va shakli ham noaniq bo`ladi. Agar ular ilg`or agrotexnika usullari bilan parvarish qilinsa, qayta-qayta o`sib chiquvchi ortiqcha shox va g`unchalari o`z vaqtida qirqib tashlansa, sentabr oyigacha kuchli tup vujudga kelishi mumkin. Gul ochilgandan so`ng, o`suv davrining oxirida (sentabrda) ularning rangiga qarab chatishtirilgan ko`chatning navini belgilash mumkin. G`uncha va gulning shakli, serqatligi, qishga hamda zararkunanda va kasalliklarga chidamliligi ikkinchi-uchinchi yillarda aniqlanadi. Atirgulning unib chiqishi bilan gullashi orasidagi vaqt qisqa bo`lganligi uchun xam, u chatishtirishga juda qulay.
ATIRGULLARNING GULZORDA O`STIRILADIGAN ENG YAXSHI XILLARI VA NAVLARI

Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling