Atirgul navlarini yetishtirish


Download 227 Kb.
bet3/22
Sana29.04.2023
Hajmi227 Kb.
#1401713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
atirgul haqida malumot

Amo`let (Amo`lett). Tupi kuchli o`sadi, mo`l gullaydi. Barglari qalin, qoramtir-yashil. G`unchalari tuxumsimon. Gulining kattaligi o`rtacha, tojibargi serqat, juda xushbo`y, ranggi alangasimon-qizil, gulining ranggi yozda o`zgarmaydi. Tikka o`sgan va pishiq gulpoyalarda ochiladi. Unshudring kasalligiga chidamsiz. Guldasta yasashga, kishda va erta bahorda teplitsalarda o`stirishga qulay.
Amerika (America). Tupi g`uj bo`lib o`sadi, bo`yi o`rta, tikanaklari qattiq va o`tkir. Yosh novdalari pushti rang g`ubor bilan qoplangan. Barglari qalin, qoramtir- yashil, barg chekkalari va tomirlari binafsha-pushti rangda tovlanadi. G`unchalari cho`ziqroq, gullarining shakli chiroyli, yirik, serqat, hidi choy atirgulniki singari bir oz kuchsizroq, uzun, tikka o`sgan va pishiq gulpoyalarda to`rt-beshtadan, ba’zan yakka ochiladi. Buyuk Britaniya gulchilari Milliy jamiyati bu navni oltin medal bilan taqdirlagan. Unshudring kasalligiga ancha chidamli. Gruppalab o`tqazishga, qishda va erta bahorda oranjereyada o`stirishga yaroqli.
Atlantida (Atlantida). Mo`l gullaydi. Bo`yi baland, pastki shoxlari yoyilib o`sadi, asosiy poyasi tik va kuchli o`sadi, tikanaklari juda ko`p, o`tkir va yirik. Barglari qoramtir-yashil, kalin. G`unchalari o`tkir uchli, gullari yirik, kosasimon, tojibargi o`rtacha qalin, choy atirguli singari nafis hidli, chiroyli, sargish pushti rangda tovlanadi, kuchli, uzun, tug`ri novdalarda ochiladi, Unshudring kasalligiga ancha chidamli, gruppalab o`tqazish va uzish uchun yaroqli.
Aspirant Marsel Ruye (Aspirant Marcel Rouyer). Tikka va kuchli o`sadi, ko`p ochiladi, novdalari siyrak- yirik tikanlar bilan qoplangan. Bargi och yashil, sal yaltiroq. G`unchalari bir oz uzunchoq. Guli o`rikrang, pushtisimon rangda tovlanadi, hidi yo`q. Gulpoyalari pishiq, uzun, har novdada bir necha gul ochiladi. U shudringga deyarli chidamli. Guldasta uchun uzish va gruppalab o`tqazishga tavsiya qilinadi.
Barselona (Barcelona). Tupining bo`yi o`rtacha, g`uj bo`lib o`sadi. Tikanlari kam. Bargi to`q-yashil, qalin, yirik. Gulining hajmi o`rtacha, g`oyat serqat, rangi to`q-qizil, qora chiziq; va dog’lari bor, duxobadek tovlanadi; shakli kosasimon, o`rtasi tekis, yirik, muattar. Novdalari pishiq va uzun. Har gulpoyada odatda bittadan butun yoz bo`yi ochiladi, gulining rangi quyosh nuridan deyarli aynimaydi. Guldasta yasash va gruppalab o`tqazish uchun tavsiya etiladi.
Golden Ofeliya (Golden Ophelia). Ko`p gullaydi, g`uj o`sadi. Bo`yi o`rtacha, tikanaklari qattiq, yirik va siyrak. Barglari yashil yaltiroq. G`unchalari bokalsimon. Gullari kichikroq, tojibargi o`rtacha, hidi choy atirgullarniki kabi xushbo`y, gulining o’rtasi tillarang-sarg’ish, chekkalari oqroq. Uzun, to’g’ri, ingichka va pishik; gulpoyalarda odatda yakka-yakka, ba’zan tup bo`lib ochiladi. Buyuk britaniya gulchilari milliy jamiyati bu navni oltin medal bilan ta^dirlagan. Ko`p ochilishi va uz- luksiz gullashi bilan eng yu^ori darajali nav ^isob- lanadi. Unshudring kasalligiga ancha chidamli. Uzish, gruppalab va yakka utkazish, payvand t^ilish ^amda ^ish- da va erta ba^orda oranjereyada ustirib ko`paytirishga yarok^li.

Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling