Fellarnining modal mano va ifodolovchi shakllari
Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari
Download 60.5 Kb.
|
Fellarnining modal mano va ifodolovchi shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qo‘shma fe’llar
- 4. Juft va takroriy fe’llar
Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Sodda fe’llar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan tub: o‘qi, kut, kel, ol va yasama: ishla, tozala, oqar, ko‘rsat so‘zlardan tashkil topadi. 2. Qo‘shma fe’llar ikki o‘zak morfemaning birikishidan hosil bo‘ladi va tarkiban quyidagicha tuzilishga ega bo‘ladi: a) ot yoki boshqa turkumga oid so‘zlar+fe’l: qaror qilmoq, ahd etmoq, taq etmoq, dod demoq, bayon qilmoq; b) fe’l+fe’l: ishlab olmoq, olib chiqmoq, borib kelmoq, sotib olmoq. Zamon va shax-son qo‘shimchalari qo‘shma fe’lning ikkinchi qismiga qo‘shiladi: borib keldim, olib chiqding kabi. Bunday qo‘shma fe’llar ikkita mustaqil ma’noli fe’lning bir umumiy ma’no doirasida birlashuvi va leksikalizatsiyasi asosida shakllanadi; 3. Murakkab fe’llar mustaqil va yordamchi (ko‘makchi) fe’l-larning analitik shakli asosida shakllanadi. Bunda aslida mustaqil lug‘aviy ma’noli bo‘lgan ikkinchi fe’lning grammatikalizatsiyalashu-vi sodir bo‘ladi: yuvib bo‘lmoq, ko‘rib qolmoq, bilib olmoq kabi. 4. Juft va takroriy fe’llar. Fe’llarning juft va takroriy shakllari ham mavjud. Ular quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1. Fe’lning turli ma’nolarga ega bo‘lgan analitik shaklini hosil qiladi: a) bir xil gammatik shaklga ega bo‘lib, fe’lning yetakchi ko‘makchi shaklini hosil qilib turli modal ma’nolar ifodalaydi: aytdi-qo‘ydi, yozdi-qo‘ydi, o‘tdi-ketdi, qirdi-tashladi; b) qismlari turli gammatik shaklga ega bo‘lgan mustaqil fe’llar takrorlanib, harakatni ta’kidlash, kuchaytirish uchun xizmat qiladi: aytsam-aytay, borsang-bor, ketsang-ket, olsang-ol. 2. Nutq jarayonida boshqa turkumga ko‘chgan (konversiyaga uchragan) holda ishlatiladi: a) fe’llarning juft va takorlanishi natijasida otga xos ma’no hosil qiladi: qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, dedi-dedi, keldi-ketdi; b) ravishga ko‘chadi: uzul-kesil, ag‘dar-to’ntar, bilinar-bilinmas, bora-bora, turib-turib, ura-sura, qotib-qotib. ADABIYOTLAR М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979. N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)www.ziyonet.uz Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling