Fe’lning grammatik kategoriyalari


Fe’l mayllari sinonimiyasi


Download 109 Kb.
bet8/10
Sana08.06.2023
Hajmi109 Kb.
#1464061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fe’lning grammatik kategoriyalari

Fe’l mayllari sinonimiyasi. Fe’l mayllarini hosil qiluvchi affikslar nutq talabiga ko‘ra o‘zaro sinonim sifatida ham ishlatiladi:
1. Xabar maylidagi fe’l buyruq-istak mayli manosini ifodalashda ishlatiladi: Qani, yigitlar, ketdik! Kechagi qiliqlaring uchun bugun hech yoqqa chiqmaysan, tushundingmi!
2. Xabar maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Va’da berdingmi-bajar. Boshga bir ish tushdimi, yagona yo‘l- uni jasorat bilan yengishdir.
3. Buyruq-istak maylidagi fe’l xabar mayli vazifasida ishlatiladi: Bolani o‘qitish o‘rniga xizmatingizni qildiring, yana urdiring! Sizda insof bormi? (xizmatingizni qildiribsiz, urdiribsiz)
4. Buyruq–istak maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Kimlardir mehnat qilsin-u, rohatini siz ko‘rasizmi?! Avval qo‘ng‘iroq chalsin, keyin hammamiz birga tashqariga chiqamiz.
5.Shart maylidagi fe’l xabar mayli ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: Kenjaboyning o‘g‘li yugurib kelsa-yu, to‘ni bilan sumkasini qo‘limga tutqazsa bo‘ladimi? (O.) (qo‘limga tutqazdi).
6. Shart maylidagi fe’l buyruq-istak mayli vazifasida qo‘llanadi: Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo pishar (sabr qil, g‘o‘radan halvo pishadi).
5.Fe’llarning tuslanishi. Fe’l mayllari, odatda, grammatik shaxs, zamon ma’nolari bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Shuning uchun ham ularni yuzaga keltiruvchi grammatik shakllar shaxs-son affikslari deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarish esa, tuslanish deyiladi. Demak, shaxs-son affikslarining jami tuslovchilardir. O‘zbek tilida tuslovchilar quyidagicha uch guruhga birlashadi.

1.To‘liqsiz tuslovchilar:






B i r l i k

K o‘ p l i k

I shaxs
II shaxs
III shaxs

o‘qidi+m
o‘qidi+ng
o‘qidi+0

o‘qidi+k
o‘qidi+ngiz
o‘qidi+(lar)

2.To‘liq tuslovchilar:






B i r l i k

K o‘ p l i k

I shaxs
II shaxs
III shaxs

o‘qib+man
o‘qib+san
o‘qib+di

o‘qib+miz
o‘qib+siz
o‘qib+di (lar)

3.Buyruq-istak mayli bilan tuslanish:




Birlik

Ko‘plik

I shaxs
II shaxs
III shaxs

o‘qi+y// -yin
o‘qi // o‘qi+gin
o‘qi+sin

o‘qi+ylik
o‘qi+ngiz
o‘qi+sin(lar)

Bu tuslovchilardan birinchi guruhi (to‘liqsiz tuslovchilar) mayl va zamon bilan aloqador bo‘lsa, -di va -sa affiksli sof fe’llarga qo‘shiladi. Ikkinchi guruhli (to‘liq shakl) esa, ravishdosh, sifatdosh va kesim vazifasidagi boshqa so‘zlarga qo‘shiladi. Uchinchi guruh tuslovchilar faqat buyruq - istak mayli uchun xosdir.

Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling