Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari O'zgalovchi kategoriyasi haqida umumiy ma'lumot


Download 36.5 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1630720
Bog'liq
25-mavzu


Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari
O'zgalovchi kategoriyasi haqida umumiy ma'lumot.
Iga xos shunday grammatik shakllar borki, ular fe'lni kesimlik-n boshqa turkumlarga ( -(a)y, -(i)b, -gach, -guncha, -gancha, -Sanaa, -gani, -may/masdan shakllari ravishga, -gan, -ayotgan, -lgan/ydigan sifatga, -moq, -ish, -uv otga) xos vazifalarga xoslaydi. Shunga ko'ra, ular uch guruh - ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllariga ajratiladi. Bu shakllar fe'lga nutqda o'zga turkum xossalarini «yopishtirganligi» uchun bir butun holda o’zgalovchi kategoriyasi atamasi bilan nomlanadi.
Ma'lumki, o'zgalovchi, garchi bunga o'zbek tili qurilishida etarli asos va ehtiyoj bo'lishiga qaramay, alohida kategoriya sifatida ajratilmagan. Biroq ularning tarkibiy qismlari, ichki shakllari , bo’lgan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi ayrim manbalarda,kategoriya sifatida qaraladi. Shuning uchun turkiyshunoslikda “harakat nomi kategoriyasi”, “sifatdosh kategoriyasi”, “ravishdosh kategoriyasi” kabi atamalarni uchratish mumkin. Haqiqatan ham, o'zgalovchining turlari bo'lgan bu «kategoriya»lar ma'lum bir umumiy ma'no (ravishdoshda «fe'lni fe'lga bog'lash va unga ravishlik xususiyatini berish», sifatdoshda «fe'lni otga bog'lash va unga sifatlik xususiyatini berish», harakat nomida «fe'lga otlik sintaktik va semantik xususiyatlarini berish») va ularning parchala-nishlarini ko'ramiz. Chunki an'anada grammatik kategoriya «ikki yoki undan ortiq o'zaro oppozitsiyada turuvchi, bir-birini taqozo va, o'z o'rnida, inkor qiluvchi, bir grammatik ma'no tagida birlashadigan grammatik shakllar tizimi» sifatida ta'riflab kelindi. Bu ta'rifga muvofiq, boshqa kategoriyalar shakllari kabi harakat nomining kamida uchta {-moq, -ish, -uv), sifatdoshning ba'zan uch, ba'zan besh (-gan, -ayotgan, -adigan, -uvchi, -ar), ravishdoshning oltita (-ib, -a/y, -gach, -guncha, -gani, -gacli) shakli ajratiladi. Xo'sh, bular haqiqatan ham torn ma'noda harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllarimi? Buning uchun ular faqat shu turlarga xos UGMni xususiylashtirish, juz'iylashtirish lozim. Masalan, harakat nomi shakllari alohida ko'rinishlarda uning «ot turkumiga xos bo'lgan sintaktik va ma'noviy vazifalarni bajarish», UGMsini xususiylashtirganda edi, uni alohida kategoriya sifatida ajratish mumkin bo'lur edi. Agar ravishdosh, sifatdosh, harakat nomining ma noviy va vazifaviy jihatlari o'zlari mansub kategoriyalar (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) ning umumiy ma'nolari va sintaktik imkoniyatlari (UGMsi)ga mansub xususiylashmalar bo’lmasa, shu bilan birgalikda, o'z zotiga xos xususiyat bilan emas, balki boshqa, «begona» kategoriyalar ma'nolari bilan bir-bindan farqlansa, unda ularning alohida kategoriya ekanliklari xususida so’z yuritish maqbul emas. Chunonchi, sifatdosh shakllari bir- ndan zamon kategoriyasi ma'nolari asosida farqlansa, demak biz qayd qilgan shakllar uning alohida shakli emas, balki bir sifatdoshning zamon kategoriyasi ma'nolari asosida farqlanuvchi ko'rinishlari - vanantlaridir. Bunday holni ravishdosh shakllarida ham kuzatish mumkin. Chunki ravishdosh shakllarining bir-biridan zamon, tasdiq/inkor, payt, maqsad kabi qator ma'nolar bilan farqla-nishi zamon, tasdiq/inkor, modallik kategoriyalari ma'nolarining tajallilanishi evaziga sodir bo'ladi. Bunday holni boshqa kategoriyalarda ham ko'rish mumkin. Masalan, yozay, yozgin, yozsin kabi so'zshakllardagi grammatik ko'rsatkichlar buyruq-istak maylining turli shakllarimi yoki bir shaklning shaxs/son katego-riyasi ma'nosi bilan farqlanuvchi variantlanmi degan savolga javob aniq. Demak, ayonki, garchi buyruq-istak mayli shakllari qatorida olti va undan ko'p shakllar, aniqrog'i, ko'rinishlar mavjud bo'lsa ham, ularning har biri bu mayl umumiy ma'nosini xususiylash-tirishga earns, balki uni shaxs-son kategoriyasi ma'nolari bilan murakkablashtirgan holda voqelantirishga xizmat qilayotganligi uchun, aniqrog'i, shakllar bu mayl uchun zotiy bo'lmagan ma'no asosida farqlanayotganligi uchun buyruq-istak mayli alohida kategoriya sifatida qaralmaydi.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling