Fe’lning sifadosh shakli haqida Fe’llardagi ravishdosh shakli Harakat nomi shakli haqida
Download 133.92 Kb.
|
Fe’lning vazifaviy shakllari
Fe’lning vazifaviy shakllari REJA: Fe’lning sifadosh shakli haqida Fe’llardagi ravishdosh shakli Harakat nomi shakli haqida Fe'lning vazifadosh shakllari deganda fe'lning gapda ma'lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari tushuniladi. Fe'lning vazifadosh shakllari 3 xil: Fe'lning vazifadosh shakllari deganda fe'lning gapda ma'lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari tushuniladi. Fe'lning vazifadosh shakllari 3 xil: Sifatdosh. Ravishdosh. Harakat nomi. Bu shakllarning mavjudligi uchun fe'llar gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi bo’lib kela oladi. Sifatdosh Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe'l shakli hisoblanadi. Ular gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi. Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe'l shakli hisoblanadi. Ular gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi. Sifatdosh fe'lning sifatga yaqin shakli bo’lib, xuddi sifatlar kabi otga bog’lanadi va uning belgisini aniqlab keladi. Sifatdoshlar quyidagi qo’shimchalar yordamida hosil - qilinadi:gan (-kan, -qan) . O’qigan bola, cho’kkan kema, oqqan daryo. -digan, -yotgan. keladigan mehmon, yugurayotgan kishi. -r, -ar (bo’lishsizi -mas). qaytar dunyo, uchar уigit, so’nmas hayot. -ajak. Bo’lajak kuyov, qurilajak bino. -asi. kelasi киn, kelasi zamon. -vchi, -uvchi. azon aytuvchi, kechira oluvchi. Tarixiy asarlarda sifatdoshning -mish (kelmish mehmon), -g’lik (yasatig’lik uy, chirog’i yoqig’lik xonadon), -rlik (qorin to’ydirarlik bir kasb) kabi affikslar bilan yasalgan shakllari ham uchraydi. Sifatdoshlar ham barcha fe'llar singari o’timli-o’timsiz, bo’lishli- bo’lishsiz va zamon ma'nosini ifodalash xususiyatiga ega: rasm chizgan qiz -o’timli, rasm chizilgan daftar - o’timsiz, o’qigan - bo’lishli, o’qimagan – bo’lishsiz, kelgan – o’tgan zarnon, kelayotgan - hozirgi zamon, bo’lajak - kelasi zamon. Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo’ladi. Harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini bevosita ko’rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umumiy inazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi: Topshiriqni birinchi bajargan (bajaradigan) o’quvchini taqdirlayman. Buning ustiga, mamlakatning har yeridan sen tanimagan (tanimaydigan) odamlardan har xil xatlar, g’alati-g’alati sovg’a kelib turadi (A.Qahhor). Download 133.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling