Bu misollardagi ajratib ko’rsatilgan (aniqlik yoki ijro mayliga) birlashadi. - Bu misollardagi ajratib ko’rsatilgan (aniqlik yoki ijro mayliga) birlashadi.
- O’tgan zamon, ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (bo’lishli shaklda) yoki bajarilmagan (bo’lishsiz shaklda)ini ifodalaydi.
- O’tgan zamon fe’l formalari nutqda o’zaro xususiy modal ma’nolariga ko’ra farqlanadi. Bu esa ularni ichki ma’no turlariga ajratishni taqozo etadi. O’zbek tilshunosligida o’tgan zamon fe’llarining asosan, quyidagi turlari ajratiladi:
- 1) yaqin o’tgan zamon;
- 2) uzoq o’tgan zamon;
- 3) o’tgan zamon hikoya;
- 4) o’tgan zamon davom;
- 5) o’tgan zamon maqsad fe’llari.
- Yaqin o’tgan zamon fe’li -di affiksli sof fe’lni tuslash orqali shakllanadi va u ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so’zlovchining ko’z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalaydi.
- Uzoq o’tgan zamon fe’li nutq so’zlanib turgan paytdan ancha ilgari bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu xaqda nutq so’zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. O’tgan zamonning bu turi nutqda aniq eslash (yoki eslatish), eshitilganlik, kutilmaganda eslash kabi qo’shimcha ma’nolarga ham ega bo’la oladi.
- Uzoq o’tgan zamon fe’li, birinchidan, -gan affiksli o’tgan zamon sifatdoshini tuslash orqali; ikkinchidan, o’tgan zamon sifatdoshiga edi(-di), ekan(-kan), emish(-mish) to’liqsiz fe’llarini tuslash orqali ifodalanadi.
- Masalan: Mirhaydarni kimdir majlisga olib ketgan ekan. (Oybek.)
- O’tgan zamon hikoya fe’li -b(-ib) affiksli o’tgan zamon ravishdoshini tuslash bilan shallanib, u kutilmaganda, qisqa vaqt ichida bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish harakatni hikoya qilish, tasvirlash ma’nosini ifodalaydi.
- I. shaxs. Kel-ib-man, o’qi-b-man
- II. shaxs. Kel-ib-san, o’qi-b-san
- III shaxs. Kel-ib-di, o’qi-b-di
- I. shaxs. Kel-ib-miz, o’qi-b-miz
- II. shaxs. Kel-ib-siz, o’qi-b-siz
- III shaxs. Kel-ib-di(lar) o’qi-b-di(lar)
Do'stlaringiz bilan baham: |