B I R L I K - Masalan: Arava bo’lsa alimsoqdan qolgan, yana sinibdi (O.).
- O’tgan zamon davom fe’li nutq so’zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir muddat davomli yoki takrorlanib turgan ish-harakatni ifodalaydi. Bunda davomlilik tushunchasi "doimiy" yoki nisbiy bo’lishi mumkin; unda ma’lum bir muddat davom etgan konkret jarayon tushunchasi ham aks eta oladi.
- O’tgan zamonning bu turi birinchidan, -r(-ar) to’liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali; ikkinchidan,
- -yotgan affiksli hozirgi zamon sifatdoshiga edi to’liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali; uchinchidan, -moqda affiksli fe’l formasiga edi to’liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali shallanadi.
- O’tgan zamon maqsad fe’li, birinchidan, -moqchi affiksli fe’l formasidan so’ng edi to’liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali shakllanadi.
- Bunday fe’l formalari. Asosan, nutq so’zlanib turgan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan ish-harakat tushunchasini ifodalaydi, ammo gap mazmunidan uning voqe bo’lgan-bo’lmaganligi aniq ifodalanmaydi.
- Ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan)ini ifodalaydigan fe’llar hozirgi zamon fe’li sanaladi.
- Ular, birinchidan, -a(-y) affiksli ravishdoshlarni tuslash orqali; ikkinchidan, tarkibida –yap, -moqda, -yotib, -yotir affikslari qo’llangan fe’l formalarini tuslash orqali shakllanadi. Murakkab fe’l tarkibida qo’llangan yot, o’tir, tur, yur ko’makchi fe’llarini tuslash orqali ham hozirgi zamon fe’li hosil bo’ladi.
- I. sh. Kel-a-yotir-man, o’qi-(y)-yotir-man
- II. sh Kela-yotir-san, o’qi-(y)-yotir-san
- III sh. Kel-a-yotir, o’qi-(y)-yotir
- I. sh. Kel-a-yotir-miz, o’qi-(y)-yotir-miz
- II. sh. Kela-yotir-siz, o’qi-(y)-yotir-siz
- III sh. Kel-a-yotir(lar), o’qi-(y)-yotir(lar)
Do'stlaringiz bilan baham: |