Fenollar guruhiga kiruvchi dori moddalar tahlili. Fenol xosilalari bo’lgan dori moddalar fenol, rezortsin. Ularning tahlili


Download 0.59 Mb.
bet3/6
Sana04.12.2020
Hajmi0.59 Mb.
#158680
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- mavzu



So‘ngra, uni natriy gidroksid eritmasi solingan idishga qo‘shilsa, natijada hosil boMgan natriy fluoresseinat suyuqlikda sariq va yashilsariq ranglanib tovlanadi:





Rezorsinning chinligini yana, timolga o‘xshash trifenilmetan turidagi bo‘yoq modda hosil qilish reaksiyasi bo‘yicha ham aniqlanadi. Buning uchun preparatga natriy gidroksid va xloroform qo'shib isitilsa, aralashma qizil rangga bo‘yaladi:

Fenol guruh preparatlaming miqdori bromatometrik va yodxlorometrik usullar yordamida aniqlanadi. Me’yoriy hujjat ularni bromatometrik usul bo'yicha aniqlashni tavsiya qiladi. Fenol va rezorsinni ushbu usul bilan aniqlash reaktivning ortiqchasi bo‘yicha qayta titrlashga asoslangan. Bunda ma’lum miqdordagi preparatning eritmasiga sulfat kislota, kaliy bromid va aniq hajmda kaliy bromatning 0,1 mol/1 eritmasidan ortiqcha qo‘shiladi. Suyuqlik ma’lum vaqt turishi bilan unga kaliy yodid eritniasi qo‘shiladi, so‘ngra ajralib chiqqan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:



Fenol va rezorsinning miqdorini yodxlorometrik usulda aniqlash ham yaxshi natija beradi. Bu usul bo‘yicha ulaming suvdagi eritmalariga ma’lum hajmda ortiqcha yodxlorning 0,1 mol/1 eritmasi qo‘shiladi va ma’lum vaqt o‘tgach, unga kaliy yodid eritmasi qo‘shib, so‘ngra ajralib chiqqan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:



Fenolning 3-5 %li eritmalari kasalxona buyumlarini, har xil asboblami, ich kiyimlami va boshqa narsalami dezinfeksiya qilishda qo‘llanadi. Farmatsevtika amaliyotida fenolning 0,5-0,1 %li eritmasi ba’zi bir dori moddalar (zardob, shamchalar va boshqalar)ni buzilishdan saqlash maqsadida konservant sifatida ishlatiladi. Rezorsinniig 2-5 %li suv va spirtdagi eritmalari, shuningdek, 5-20 %li surtma dorisi turli teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Timolni gijja haydovchi modda sifatida, shuningdek, antiseptik xossasiga ko‘ra 0,1 g dan kuniga 2-3 marta ich ketish kasalliklarida va ichakdagi achish jarayonini kamaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Shuningdek, uning 0,05-0,1 %li eritmasi og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va burunni zararsizlantirishda ishlatiladi.

Fenol guruh preparatlami og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, qorong‘i joylarda (timol «В» ro‘yxati bo‘yicha) saqlanadi


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling