Fermentlar. Fermentlarning kimyoviy tuzulishi


Download 30.18 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi30.18 Kb.
#1307511
1   2   3
Bog'liq
Fermentlar.Fermentlarning kimyoviy tuzulishi

Oksidoreduktazalar. Bu fermentlarning katalizlash reaksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Substrat + Aktseptor Substrat (oksidlangan) + Aktseptor (qaytarilgan)
Keng tarqalgan oksidoreduktazalarning kichik sinflaridan oksidaza va degidrogenazalar uchraydi. Oksidazalar bular oksidoreduktazalar bo`lib, yuqorida ta'kidlanganidek, vodorod atomi yoki elektronlarning bevosita kislorod atomiga uzatishda yoki substrat molekulasiga kislorodni biriktiradi:


Degidrogenazalar vodorod atomini ajratuvchi oksidoreduktazalardir. Degidrogenazalar xoloferment bo`lib, ularning kofermentlari sifatida nikotinamidadenindinukleotid (NAD), flavinadenindinukleotid (FAD) va xinonlar uchraydi.


Transferazalar tabiatda keng tarqalgan fermentlar bo`lib, maxsus guruhlarni ko`chirish bo`yicha ular fosfotransferaza, aminotransferaza, glikoziltransferaza, atsiltransferaza va boshqalarga bo`linadi.
Fosfotransferazalar fosfat kislota qoldiqlarini ko`chirish reaksiyalarini katalizlaydi. Bu ferment ishtirokida fosforlangan birikmalar modda almashinuvida osonlik bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarga aylanadi. Mazkur kichik sinfga mansub bo`lgan barcha enzimlar odatda fosfat kislotaning donori sifatida ATF yoki boshqa nukleozidtrifosfatlardan foydalanadi va ularni kinazalar deb ataladi. Kinazalarga ATF dan fosfatni glitseringa ko`chiruvchi glitserolkinaza misol bo`ladi:


Aminotransferazalar aminoguruhlarni ko`chirishda qatnashadilar. Bu fermentlar ikki komponentli bo`lib, koferment tariqasida peridoksalfosfat (fosforlangan vitamin В6) ishtirok etadi.
Gidrolazalar. Mazkur fermentlar substratning ichki molekulyar bog`larini suv ishtirokida uzish yo`li bilan katalizlaydi. Gidrolazalar kimyoviy bog`larni uzish xarakteriga qarab bir necha kichik guruhlarga bo`linadi: esteraza, glikozidaza, peptidgidrolaza va boshqalar. Bu fermentlar boshqa enzimlardan farqli o`laroq, bir komponentlidir.
Esterazalar murakkab efir bog`larini uzadilar:

Lipazalar triglitseridlardagi murakkab efir bog`larini gidroliz qiladilar. Esterazalar fosfat kislotasining murakkab efirlari va uglevodlarni katalizlaydi. Bunday guruhdagi fermentlarni fosfotazalar deyiladi.
Download 30.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling