Ферментлар


Download 1.11 Mb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1375064
  1   2   3
Bog'liq
Fermentlar [Alimuhamadiyon Mirabror]


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Kimyo-texnologiya fakulteti
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnoligiyasi yo’nalishi
76-21 – guruh talabasi
ALIMUHAMADIYON MIRABAROR

FERMENTLАR

  • Fermentlar tirik organizmlarning barcha hayotiy protsesslarida va fiziologik funktsiyalarining hamma jarayonlavrida ishtirok etadigan biologik katalizatorlardir:
  • Ovqat hazm qilish
  • Mexanik ish bajarish
  • Tashqi va ichki taʼsirlarga javob berish
  • Hujayra va toʼqimalardagi hayotiy jarayonlarning fiziologik va avtonom boshqarilishi
  • Moddalar va energiya almashinuvi
  • Irsiy informatsiyalarning tashilishi
  • Hujayra komponetlarining yangilanishi
  • Organizm uchun begona va zaharli boʼlgan moddalarning zaharsizlantirilishi

Fermentlar — biologik katalizatorlar

Fermentlar ham boshqa barcha katalizatorlar kabi, bir qator xususiyatlarga ega:

Ular juda kam miqdorda ham yuksak samara beradilar: 1 minut davomida 1 molь ferment ishtirokida oʼzgaradigan substrat miqdori 100 molь dan 3 000 000 molь gacha boʼlishi mumkinligi fermentativ reaktsiyalarning qanday tezlik bilan kechishini koʼrsatadi.

Katalizatorlar reaktsiya oxirida oʼzgarmay qoladi. Fermentlar reaktsiya davomida ferment — substrat kompleksini hosil qilib, oralik reaktsiyaga kirishadi, lekin reaktsiya sikli tugashi bilan ferment qayta tiklanadi.

Katalizator reaktsiya muhitida substratga qaraganda juda kam mikdorda boʼladi, qaytalama reaktsiyaning muvozanat xolatiga taʼsir etmaydi va reaktsiyani tezlatadi.

Fermentlar va boshqa katalizatorlar ham ximiyaviy reaktsiyalarni tezlatishda spetsifiklikka (oʼziga xoslikka) ega, yaʼni katalizatorlarning katalitik taʼsiri maʼlum tipdagi ximiyaviy reaktsiya bilan chegaralanadi.

FERMENTLАR TАRIXI

  • Ferment soʼzi, birinchi marotaba, XUII asrning boshlarida mashhur golland tabiatshunosi Van-Gelьmont tomonidan kiritilgan.
  • Bu soʼz lotincha fermentare- toʼlqinlatuvchi degan maʼnoni anglatadi.
  • K.S.Kirxgoff 1814 yili arpa doni ekstrakti taʼsirida kraxmal parchalanib, maltozaga aylanishini koʼrsatdi.
  • 1883 yilda Payon va Perso arpa ekstraktidan diastaza deb ataladigan fermentni ajratgan.
  • Dastlabki davrda ferment soʼzi faqat achish jarayoni bilan bogʼliq holda qabul qilinib (Lui Paster-spirtli bijgʼish), achitqilarning oʼzi achish fermentlari deb qaraldi.
  • 1878 yilda Kyune tomonidan fanga kiritilgan enzim (yunoncha enzyme-achitqi ichida) nomi bilan yuritila boshladi.
  • 1897 yili Byuxner xujayradan glyukozani etil spirt va SO2 parchalaydigan ekstrakt ajratib oldi. Shu bilan ferment va enzim soʼzlari orasidagi farq yoʼqoldi (sinonim soʼzlar).
  • Birinchi kristall ferment-ureaza 1926 yilda Samner tomonidan olindi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling