Fermentli biosensorlarning oziq ovqat sanoatida qo’llanilishining ishlatilishi Reja


Download 38.84 Kb.
bet2/3
Sana20.09.2023
Hajmi38.84 Kb.
#1681787
1   2   3
Bog'liq
Ramanov Shahzod

Mikrobiologiya sanoati - sanoat tarmogʻi; ishlab chiqarish jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va boshqalarning donini sanoatda kayta ishlash chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi.
Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan bakteriyali va virusli lre-paratlar, bakteriyali oʻgʻitlar, shunin-gdek, oʻsimlik xom ashyosini kompleks qayta ishlash mahsulotlari — furfurol, ksilit va boshqa ishlab chiqaradi. Mikrobiologiya sanoati fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va mikrobiologiya texnikasi, kimyo, fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va boshqalarning eng yangi yutuqlariga tayanadi.
Mikroorganizmlarga xos boʻlgan moddalarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishlarida yuzaga keladigan ulkan energiyadan qishloq xoʻjaligi va sanoat uchun zarur mahsulotlarni maqsadga muvofiq sintez qiladigan mukam mal muhandislikbiologik sistemalar barpo etilgan.
Mikrobiologiya sanoati mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifatli aralash yem ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yemga qoʻshilgan 1 t yem achitqi tirik vaznda qoʻshimcha 1,5—2 t parranda goʻshti yoki 15—25 ming dona tuxum olishni taʼminlaydi va 3,5—5 t donni tejash imkoniyatini beradi. Yem achitqilari bilan birga ratsionda yetishmaydigan vitaminlar va aminokislotalar, yem antibiotiklari, fermentli preparatlar mollarning ozuqa ratsioniga qoʻshiladi.
Mikrobli va virusli insektitsidlar odamlar, foydali hayvonlar va hasharotlar uchun xavfsiz hisoblanadi.
Fermentli preparatlar qishloq xoʻjaligi xom ashyolariga ishlov berishda bir qator texnologik jarayonlarni ancha tezlashtiradi, oziq-ovqat, goʻsht, sut sanoati, yengil sanoatda mahsulot chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Fermentli preparatlar, shuningdek, kimyo va qora metallurgiya sanoatida, sanoat va kommunal oqova suvlarini tozalash tizimlarida qoʻllaniladi. Mikrobiologiya sanoati mahsuloti boʻlgan lizin, fermentli va oqsilli preparatlar non va non mahsulotlarini, oziq-ovqat kotsentratlarini oqsil bilan boyitish, ularning ozuqalik qimmatini oshirishda foydalaniladi.
Oʻzbekistonda Mikrobiologiya sanoati mahsulotlari "Qoʻqon spirt zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1989; don (bugʻdoy)dan rektifikatsiya qilingan etil spirti), "Andijon biokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1953; furfurol, spirt, etil spirti, quruq xlorella va boshqa mikrobiologiya mahsulotlari); Yangiyoʻl "Biokimyo" aksiyadorlik jamiyati (1949; etil spirti, oʻsimlik xom ashyosidan texnik spirt, yem-xashak achitqisi, quruq yem-xashak qoʻshimchasi), Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi (1946; chigit shulxasi, sholi qipigʻi, paxta lin-ti va boshqalardan furfurin, etil, texnik spirtlar)da ishlab chiqariladi. Mikrobiologiya sanoatining ayrim mahsulotlari "Oʻzfarmsanoat" kompaniyasi korxonalarida tayyorlanadi.
Mikroorganizmlarning biotexnologiyasi. 1970 yillarda molekulyar genetika, hujayra biologiyasi va kimyosi yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli-biotexnologiya paydo bo’ldi. Lekin biologik usulda ishlab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan bizga ma’lum. Masalan, non, vino, sut mahsulotlari, pishloq ishlab chiqarish, bijg’itish, tibbiyotda ishlatiladigan dorilarni ishlab chiqarish va boshqalar biotexnologik jarayonlar bo’lib, boshqa ishlab chiqarish usullariga qaraganda energiya va xom ashyoni ko’p talab qilmaydi. Biotexnologiyaning yana bir qulaylik tomoni shundaki, bu jarayon natijasida hosil bo’lgan chiqindilar kam va ular albatta yana bir boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Biotexnologiya keyingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda. DNK molekulasini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar yaratila boshlandi. SHunday tarmoqlar dastlab 1976 yili Amerikada, keyinchalik esa, Evropada va YAponiyada paydo bo’ldi. Biotexnologiya jarayonlaridan mikrobiologiya sanoati, o’simlik va hayvon seleksiyasida fermentlar ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, tibbiy dori-darmonlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda biotexnologiya usullari asosida ko’plab (4500ga yaqin) antibiotiklar olinmoqda. Biotexnologiya fani molekulyar genetika, mikrobiologiya va biokimyo fanlarining rivojlanishi asosida vujudga keldi.Tirik mavjudotlarda (virus, bakteriya, zamburug’lar usimlik va hayvon hujayralarida) kechayotgan hayotiy jarayonlar to’g’risidagi bilimlardan foydalanib, tirik mavjudotlar yoki ularning hujayralari ishtirokida sanoat miqyosida mahsulot ishlab chiqaruvchi texnologiyalar majmuasiga biotexnologiya deb ataladi.
Qadim zamonlarda insoniyat hayotiy jarayonlar asosida ongsiz ravishda sutdan qatiq, bug’doydan bo’za va xamirturush, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tayyorlash texnologiyasidan foydalanganlar. Lekin bu mahsulotlar mikroblar yoki bakteriyalar ishtirokida hosil bo’lishini bilmaganlar.
Buyuk fransuz olimi Lui Paster tomonidan pasterizasiya usuli yaratilishi (sut yoki meva sharbatini 1000 S qizdirish yo’li bilan ularni bijg’ish jarayonidan xalos qilish pasterizasiya deb ataladi) biotexnologiyada mikroorganizmlardan ongli ravishda foydalanishga asos soldi. Bakteriya klonlari va shtammlarini olish. Bir bakteriya hujayrasining bir necha marta izchilbo’linishi tufayli hosil bo’lgan bakteriyalar avlodining koloniyasi bakteriya kloni deb ataladi. Klon tarkibidagi har bir hujayra barcha irsiy xossalari jihatidan ona hujayraga o’xshashdir. Klondan ajratib olingan har bir hujayra bo’linganda irsiy belgilari o’zgarmasdan avlod hujayraga o’tadi. Bakteriyalarni klonlash quyidagicha amalga oshiriladi: sun’iy suyuq ozuqada o’sayotgan bakteriya steril sharoitda agar-agar moddasi bilan aralashtirilgan qattiq sun’iy ozuqa sathiga o’tkaziladi.
Qattiq agar-agar sathiga tushgan har bir bakteriya hujayrasi ketma- ket bo’lina boshlaydi. Natijada bir ona hujayradan hosil bo’lgan bakteriyalar avlodining koloniyasi qujudga keladi va bu koloniya klon deb ataladi. Biotexnologiya jarayonlarida faqat maqsadga muvofiq xossalarga ega bo’lgan bakteriya klonlari tanlab olinib o’stiriladi, ko’paytiriladi va ishlatiladi.
Insoniyat XIX asr o’rtalarigacha bakteriyalar plastik o’zgaruvchandir, ya’ni irsiyatsizdir deb hisoblab kelgan. Lui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularning irsiyati mavjudligini va xususiyatlarining irsiyatga to’la bog’liqligini, bakteriyalarni klonlash usulini kashf etish bilan ilk bor bor ko’rsatib berdi. Tabiatdagi mavjud mikroorganizmlar maqsadga har doim ham mos kelavermaydi. Tadqiqotchilar ma’lum irsiy xossaga ega bo’lgan bakteriya shtammlari (shtamm irsiy o’zgargan klon) xilma-xilligini mutagaen moddalarni qo’llash natijasida ko’paytiradilar, klonlash orqali seleksiya qiladilar va biotexnologik jarayonda ishlatiladi. Sunggi yillarda gen injenerligi usuli bilan xohlagan genning istalgan nukleotidini almashtirish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda bu usul mukammallashtirilmoqda. Bu usul yo’naltirilgan mutasiya deb ataladi (Transformasiya, transduksiya, kon’yugasiya va boshqalarni yuqorida o’rganildi).
Mikroorganizmlar biotexnologisi sutni qayta ishlash (tvorog, smetana, suzma, kefir, qimiz, pishloq va boshqa mahsulotlar), sirka ishlab chiqarish, aminokislota va oqsillar ishlab chiqarish, antibiotiklar ishlab chiqarish, achitqi (droji) lar ishlab chiqarish, spirt ishlab chiqarish, vino va pivo ishlab chiqarish sanoatlarida keng qo’llanmoqda. SHu bilan birga hozirgi kunda mikroorganizmlardan foydalangan holda bioo’g’itlar ishlab chiqarish ham sanoat asosida yo’lga qo’yilmoqda.



Download 38.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling