Neft maxsulotlarini fizik kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish
Download 15.82 Kb.
|
1-Amaliy Neft maxsulotlarini fizik kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar
- 1.Tabiiy gazning kimyoviy tarkibi va fizik – texnik xossalari.
Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish.1-Amaliy “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti A.I.Tog‘ayev Neft maxsulotlarini fizik kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish. Reja: 1. Tabiiy gazning kimyoviy tarkibi va fizik – texnik xossalari. 2. Gazning zichligi va tarkibi. 3. . Neft va uning mahsulotlari kimyoviy tarkibi va fizik – texnik xossalari. 4. Neftning zichligi va tarkibi Tayanch so`zlar: metan qatori uglevodorodlari; to`yinmagan uglevodorodlar, quruq gaz; suyultirilgan gaz; gazli benzin; zichlik; nisbiy zichlik; gaz aralashmasi; molekulyar og`irlik; molyar tarkibi; og`irlik tarkibi; og`ir uglevorodlar; qaynash harorati; erish harorati; o`zicha alanga olish . 1.Tabiiy gazning kimyoviy tarkibi va fizik – texnik xossalari. Gazlar qazib olinishiga va fizik – kimyoviy xossalariga qarab ikkiga bo`linadi. 1. Tabiiy gazlar. 2. Sun‘iy gazlar. Gazlar hozirgi zamonda shahar va qishloqlarning asosiy yoqilg`i hom ashyosi hisoblanib, u 3 guruhdagi tabiiy gazlarga bo`linadi: 1. Gaz konlaridan olingan gazlar (quruq gazlar) – tarkibi 98 foizgacha metan (SN4) dan iborat; 2. Gazokondensat konlaridan olingan gazlar – tarkibi quruq gaz va kondensat aralashma (benzin, ligroin, kerosin) dan iborat; 3. Neft konlaridan neft bilan birga olinadigan yo`ldosh gazlar – tarkibida benzin bo`lgan gazli aralashma va propan – butanli fraktsiyalardan iborat. Ko`p hollarda tabiiy gazlar tarkibida, ularning sifatini buzuvchi aralashmalar bo`ladi, bular: uglekislota, oltingugurt vodorodi, azot va suv bug`i. Sun‘iy gazlar suyuq va qattiq turdagi yoqilg`ilarga termik ishlov berish yo`li bilan hamda ko`mirni yer ostida gazlantirish yo`li bilan hosil qilinadi. Bunday gazlarning tarkibi asosan – uglevodorod oksidi, vodorod va azotdan iborat. Gazlarning asosiy ko`rsatkichlarini ularning harorati va bosimiga bog`liq bo`lgan fizik xossalari harakterlaydi. Bir qancha gazlarning fizik xossalari 1 – jadvalda keltirilgan (Novoselev V.F.)
Toza gaz, neft va gaz kondensat konlaridan olinadigan tabiiy gazlar metan gomologik qatori uglevodorodlari hamda uglevodorod bo`lmagan komponentlar: Azot (N2) uglerod II-oksidi (SO2), vodorodsulfid (N2S), inert gazlar (geliy, argon, kripton, ksenon) dan tashqil topgan bo`ladi. Uglevodorod molekulasi tarkibida uglerod atomlar soni 17 gacha yoki undan ortiq ham bo`lishi mumkin. Metan, etan va etilen normal sharoitda (Rk0.1MPa va Tk273K) da real gaz holatda bo`ladi. Propan (S3N8), propilen (S3N6), izobutan (i – S4N10), normal butan (n – S4N10), butelen (S4N8) lar atmosfera sharoitida bug` holatda (gaz holatda) yoki bosimini oshirsak suyuq holatga o`tadi. Ularni suyultirilgan uglevodorodlar deb ham atash mumkin. Izopentandan boshlab yuqorisi (17>n>5) atmosfera sharoitida suyuq holatda bo`ladi. Ular benzin fraktsiyasi tarkibiga kiradi. Uglevodorod molekulasi tarkibida uglerod atomlari soni 18 dan yuqori bo`lsa atmosfera sharoitida qattiq holatda bo`ladi. Quruq gaz, suyultirilgan gaz va gazli benzin tarkibi quyidagilardan iborat:
Download 15.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling