Fermer xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha biznes-rejani ishlab chiqish
Download 1.25 Mb.
|
ulugbek aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrandachilik yo‘nalishi
- 1 048,0 ming.dollarlik
Qo‘ychilik yo‘nalishida “Klaster obod o‘lka kelajagi” MChJ qorako‘lchilik klasteri tomonidan qiymati 1,5 mlrd. so‘mlik Qirg‘iziston Respublikasidan 2 000 bosh zotli qo‘ylar olib kelinib, 10 ta yangi ish o‘rinlari va “Sharof ota chorvalari” oilaviy korxonasi qorako‘lchilik klasteri tomonidan qiymati 1,5 mlrd. so‘mlik Qirg‘iziston Respublikasidan 100 bosh zotli qo‘ylar olib kelinib, 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Parrandachilik yo‘nalishi bo‘yicha Muxabbat Sarvar fayz MChJ tomonidan Vengrya davlatidan jami 15 000 bosh go‘sht yo‘nalishidagi nasilli jo‘jalar olib kelingan bo‘lib, 45 tonnadan ziyod parranda go‘shti yetishtiriladi. Shuningdek, 20 tonnaga yaqin parranda go‘shti yetishitirilishi belgilangan.Tumanda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ularning daromadini oshirish bo‘yicha ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda 6 ta namunali mahallalarga 1 tadan subsidiya tariqasida 6 ta va 20 ta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kredit mablag‘i hisobiga 20 ta inkubator olib berildi. Shuningdek, tumandagi “Taraqqiyot” MFY hudididagi 15 ta ehtiyojmand xonadonlarga “Sahovat va ko‘mak jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 15 ta inkubator olib berildi. 2 ta xonadonda 15 nafar fuqaroga taqsimlanib tajriba almashish, ko‘nikma hosil qilish uchun jo‘ja chiqarilib, aholiga sotilmoqda. mahallalardagi ijtimoiy daftarda turuvchi va ehtiyojmand oilalarga 20,0 ming.bosh “honaki tovuq” yetkazib berish orqali doimiy daromadga ega bo‘lishi ta’minlandi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida aholi xonadonlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tarqatish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.Joriy yil boshidan, 4,6 mlrd. so‘m kredit va “sahovat va ko‘mak jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 1098 ta xonadonlarga 69375 bosh, shundan tuxum yo‘nalishida 69095 bosh va go‘sht yo‘nalishida 6300 bosh parranda tarqatildi. Shu bilan birgalikda, 510 ta xondonlarga 15,2 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari hisobiga 6671 ta qo‘y-echkilar va 117 ta xonadonlarga 155,0 mln.so‘m kredit va o‘z mablag‘i hisobidan 2132 bosh quyon hamda 155 ta xonadonlarga 2,9 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga 2660 ta asalari uyalari tarqatildi. Bundan tashqari, aholiga sifatli veterinariya servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun tumanning “Paxtakor”, “Darvishiq-TSh”, “Iris Qozoq” va “Ergash o‘g‘li Ismoil” muqobil MTP hududlarida yengil konstruksiyali maxsus zooveterinariya shaxobchasi o‘rnatilib, ushbu shaxobchalar barcha veterinariya jixozlari bilan to‘liq ta’minlandi. Joriy yil yakuniga qadar barcha toifa xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollar 117 238 boshga, shundan sigirlar 60 551 boshga, qo‘y echkilar 122 702 boshga, parranda 689 024 boshga yetkazilib, go‘sht 18 033 tonna, sut 105 260 tonna, tuxum 106 426 ming dona, baliq 2 654 tonna va 279,5 tonna asal mahsulotlari yetishtirilishi ko‘zda tutilgan. 2022-yil yakuniga qadar chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish uchun tumanda 2 ta yirik chorvachilik loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Jumladan:“Payariq Yangier tekstil” MChJ g‘alla klasteri tomonidan joriy yilda qiymati 22 mlrd so‘mlik sig‘imi 1 000 boshga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi tashkil etilib, Niderlandiya davlatidan 1 000 bosh naslli qoramol olib kelinadi va 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. “Samarqand kotton klaster” MChJ paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan joriy yilda qiymati 4 mlrd so‘mlik Avstriya davlatidan 200 bosh “Smintal” zotli qoramol olib kelib, natijada 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ipakchilik sohasida joriy yilning 9 oyida tumanimizda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan joriy yilda pilla yetishtirish 295,0 tonna prognoz qilingan bo‘lib, haqiqatda 296,54 tonna yoki kutilishga nisbatan 100,5 foizga bajarildi va pilla boqish mavsumida 13000 dan ortiq fuqarolar mavsumiy ish bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, shu davr maboynida 1 048,0 ming.dollarlik ipak va ipak mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Ushbu tarmoqni rivojlantirish hamda ipakni qayta ishlash va eksport saloxiyatini yanada oshirish maqsadida bugungi kunda tumanning “Maniobod” mahallasi hududida pillani qayta ishlash korxonasi qurib bitkazilgan bo‘lib, yil oxirigacha ishga tushirilishi belgilangan. 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Ulug‘nor tumanida (44,5 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Andijon shaharda (99,0 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Baliqchi tumanida (6,7 %) qayd etildi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Xonobod shahrida (1,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Ulug‘nor tumanida (51,8 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Xonobod shahrida (0,1 %) qayd etildi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling