Fidoying Bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” mustaqillik bayrami ssenariysi Tadbir “Fidoying bo’lgaymiz seni, O'zbekiston!” shiori asosida o’tkaziladi


Download 27.92 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1501507
  1   2   3
Bog'liq
Fidoying Bo\'lgaymiz seni o\'zbekiston ssenariy


Fidoying Bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” mustaqillik bayrami ssenariysi


Tadbir “Fidoying bo’lgaymiz seni, O'zbekiston!” shiori asosida o’tkaziladi.

  1. o‘quvchi:

Assalom, gul Vatan, yashnagan diyor,
Assalom, ona xalq, zahmatkash elim,
Tonglaring xayrli, yurtim baxtiyor,
Paxtaday qalbi oq, pokiza dilim.

  1. o‘quvchi:

Assalom, chamanim, bog‘-u bo'stonim,
Tillarda, dillarda bitmas dostonim.
Yangi tong muborak, jonajon elim,
Assalom, ey ona, O'zbekistonim.

  1. o‘quvchi:

Qutlug' tong, yangi kun boshlanar mana,
Eng toza tilaklar bo'lsin hamrohing.
Yaxshilik doimo qilsin tantana,
Do'stlarga ochiqdir bag'ring, dargohing.

  1. o‘quvchi:

Uylaring bug'doyga, mehrga to'lsin,
Mustaqil diyorim, omad senga yor.
Kelajaging buyuk, iqboling kulsin,
Jon berguvchi asl farzandlaring bor.
Tadbirni o'qituvchi quyidagi so'zlar bilan davom et tiradi:
Aziz o'quvchilar! Yurtimizda mustaqilligimizning 26 yilligi keng nishonlanmoqda. 1991-yil 31-avgust kuni xalqimizning asriy orzusi amalga oshdi. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishdi va 1-sentabr Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Albatta, har bir mus­taqil davlatning o‘z ramzlari bo'ladi. Qani, bolajonlar, davlat ramzlari haqida qanday she’rlarni bilasiz?

  1. o‘quvchi:

Bayrog'i bor, gerbi bor,
Erksevar O'zbekiston.
Madhiyangni kuylayman,
Jonajon, O'zbekiston.

  1. o‘quvchi:

Bayroqdagi moviy rang,
Samodan berar darak,
Oq rangida doimo Yaxshiliklar mushtarak.
Osmon to'la yulduzlar Bayrog'imizga belgi.
Oy istiqlol nishoni,
Mustaqillikka belgi.

  1. o‘quvchi:

Gerbimizda bog'lar bor,
Daryolar bor, tog'iar bor.
So'l tomoni bug'doyzor O'ng tomoni paxtazor.
Chambarakka o'ralgan Vodiy uzra quyosh bor.
Hurligimizning ramzi Humo degan qushi bor.



Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling