Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!


Download 17.23 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi17.23 Kb.
#1427143
Bog'liq
303- guruh talabasi Hasanova Nargizaning musiqa fanidan musttaqil talim mashg\'uloti


“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!”
(bayram ertaligi ishlanmasi)
Bayram ertaligining maqsadi: Bolalarni mustaqil O’zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, kichkintoylar qalbida o’z Vataniga, ona xalqiga, shu bilan birga, butun insoniyatga mehr-muhabbat uyg’otish.
Ishtirokchilar: katta va maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari
Kerakli jihozlar: O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i, sharlar, rangli lentalar, bayroqchalar, rangli qog’oz yoki matolar.
O’tkazish joyi: Maktabgacha ta’lim muassasa hovlisi.
Boshlovchi: — Mustaqil diyormiz, millat, Vatanmiz. Yurt ishqi, xalq, mehri qalbda namoyon. Onam - O’zbekiston, bir jonu tanmiz, Ulug’ Istiqloling qutlaydi jahon. Hurmatli mehmonlar va kasbdoshlar! Bugun sizlar bilan vatanimiz mustaqilligining 26 yilligini tantanali bayram qilish uchun yig’ildik. Barchangizni ushbu bayram bilan tabriklagan holda davraga jajji kichkintoylarni taklif etaman. Musiqa sadosi ostida bolalar qo’llarida kaptarlar va sharlar bilan kirib keladilar va musiqiy kompozitsiyani namoyish etadilar. Sultonali Raxmatovning “O’zbekiston” musiqasi Bolalar kompozitsiyani ijro etganlaridan so’ng belgilangan joylariga borib yarim doira bo’lib turadilar.
BOLA:
Har sahar yangragan Ulug’ madhiyam.
Har satri hikmatga To’liq Madhiyam.
Eng go’zal qo’shig’I

Ozod elimning,


Muqaddas Madhiyam, Qutlug’ Madhiyam.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi
Boshlovchi: Bolajonlar O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat ramzlari bo’lmish – bayroq, gerbi, madhiyasiga ega.
Bola: “Bayroqcha ” (M. Asqarxo’jaeva) Bayrog’imizga qarang ─ yashil,oq va havo rang Mustaqillikni yoqlab turibdi u hirpirab. Yulduzlar va yangi oy bayroqqa berib chiroy, Osmon uzra yaltirar, uzoqlardan ko’rinar.
Bola: “ Tamg’a “ (I.Yo’ldosheva) Tamg’amizga bir qarang, tovlanadi rang─barang Unga beradi chiroy, tepasidagi hilol oy Bir tomoni paxtazor, quyosh nurin sochadi Amudaryo, Sirdaryo, chanqog’ingiz bosadi O’rtasida Xumo qush, bizga omad tilaydi. O’zbekiston nomini jahon ichra taraydi Bolalar bilan o’yin o’tkaziladi, bayroqni yasash. (tarbiyachining ixtiyoriga ko’ra rangli matolardan yoki rangli qog’ozlardan)
Boshlovchi: Bugun katta bayram O’zbekiston respublikasi o’z mustaqilligiga erishgan kun. Mustaqilligimiz bugun 26 yoshga to’lgan kun. Barchangizni ushbu bayram bilan chin qalbimizdan tabriklagan holda, bayramga tayyorlangan kuy qo’shiqlar va she’rlardan bahramand bo’ling...marhamat
Bola:
O’zbekiston O’zbekiston─ Nurli bo’ston,
Noming sening─ Tilda doston.
Jahon ichra Yagonasan,
Xalqing ulug’, Mardonasan.
(Maxmudjon Dadaboev)
Avaz Mansurovning “VATAN” qo’shig’i ijro etiladi.
Bola: Kenja avlod qo’shig’i
Lim─lim to’ldi baxt jomi
Yetdik dorul zamonga
Xumodek “O’zbek”nomi
Qanot yoydi jaxonga.
Istiqlol─Ozod vatan
Quyoshiga tashakkur!
“Sog’ bo’l, avlodim!”degan
Yurtboshiga tashakkur!
(Ma’mur Qahhor she’ri)
Boshlovchi: Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qildilar. Har bir yurtda adolat hukm sursa xalq baxtiyor bo’ladi, millat ravnaq topadi. Ko’rib turibmizki, Prezidentimiz bolalarning sog’lom, baquvvat bo’lib har tomonlama komil inson etib tarbiyalanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib beryaptilar. Bu ham bo’lsa inson manfatlarini himoya qilishning eng oliy mezoni ekanidan dalolatdir.
Bola: Men har kuni kattalardan, televizordan “Harakatlar strategiyasi” degan gapni eshityapman. Bu nima degani o’zi, nega shu haqida gapirishganda kamalakday ranglarni ko’rsatishyapti?
Boshlovchi: Bu jiddiy savolingizga javobimiz shunday. Mana siz har kuni maktabgacha ta’lim muassasasiga kelasiz, kun tartibiga rioya qilasiz, turli o’yinlarni o’ynaysiz, mashg’ulotlarda qatnashasiz. Tarbiyachi opangiz bergan topshiriqlarga uyda ota-onangiz, buvi-bobojonlaringiz bilan javoblar topasiz. Biz yashayotgan Mustaqil O’zbekistonimizning ham yaqin 5 yil ichida xar tomonlama rivojlanishi uchun reja tuzgan. Bu katta reja Vatanimizning, bizning va siz aziz bolajonlarimizning kelajagimiz uchun xizmat qiladi. Tanlangan rejamiz esa “Harakatlar strategiyasi” deb ataladi. O’zbekiston qanday rivojlanadi dersiz. “Harakatlar strategiyasi” ning ramziy timsolida unga ajoyib javob berilgan. Siz kamalakka o’xshatgan timsollarni bolajonlarimiz ta’riflab berishadi.
1-bola: Osmonga o’xshagan timsolning birinchi rangi bu ko’k rangda. Bu rang musaffo osmon va zilol suvni eslatadi. Ko’k rangdagi rejada O’zbekistonning rivojlanib, kuchli davlat bo’lishi uchun jamiyat, ya’ni hamma odamlar baravar ishtirok etsin, degan ezgu tilak bor. Darvoqe buyuk Sohibqiron Amir Timur davlatining bayrog’i ham ko’k rangda bo’lgan.
2-bola: Timsolning ikkinchi rangi esa siyoh rangda. Siyoh rang, ustivorlik, adolat rangi, taraqqiyot rejasida, odamlar qonun-qoidalarga amal qilib yashasin, sud va xuquq idoralari, adolat va odillik bilan muammolarni xal etishga yordam beradi, deya ishonch bildirildi.
3-bola: Tillaning rangi qanaqa, sariq albatta. Uchinchi rang, boylik va qudrat, iqtisodiyot rangidir. O’zbekistonning iqtisodiyoti kuchli bo’lsa, tadbirkorlar ko’paysa, bozorlarimizda sizga yoqadigan hamma narsa mo’l bo’ladi. Oilangiz dasturxoni but, ota-onangiz pullari ham ko’p bo’ladi.
4-bola: Xarakatlar strategiyasining keyingi rangi, tomirimizda oqib turgan xayotga o’xshaydi, ya’ni qizil rangda. Bu degani, jamiyat xayoti rivojlanadi, ya’ni bizning sog’lom katta bo’lishimiz, chiroyli uylarda yashashimiz, zamonaviy bog’cha va maktablarga borishimiz uchun Vatanimiz doimo harakat qiladi.
5-bola: Oxirgi rang, bizning orzularimizdek oppoq, o’zimizdek beg’ubor. Bu rang nimani anglatadi? O’zbekistonda odamlar bir-birini hurmat qiladi, ahil va inoq yashaydi, xuddi biz tengdosh bolalarni do’stlarimizdek bilganimiz kabi, O’zbekiston ham, uzoq yaqin davlatlar bilan, yaqin hamkorlik qilishni reja qilgan.
Boshlovchi: Hozir qizlarimiz ana shu kamalaklar rangidagi lentalar bilan raqs ijro etadilar.
Rangli lentalar bilan raqs. Shuxrat Zokirovning “Vals” musiqasi
Boshlovchi: Bolalar, O’zbekiston bu bizning tug’ilib o’sgan yurtimiz. Kim aytadi, Respublikamiz O’zbekistonning poytaxti qaysi shahar? (bolalar javobi) To’g’ri, Toshkent. Toshkent shahrining kundan-kun chiroyiga-chiroy qo’shilmoqda. Yangi-yangi uylar, osmono’par binolar, chiroyli, ravon yo’llar qurilmoqda. Bolajonlar Jonajon o’zbekistonimizda yana qanday viloyatlar bor? Bilasizlarmi? (bolalar javobi)
Boshlovchi: Hozir o’rtoqlaringiz ijrosida sevimli O’zbekistonimiz-ning chiroyli go’shalari haqida she’rlar tinglaymiz.
Bola: Paxta ekib dong taratgan, mehnat bilan baxt yaratgan. Bog’laringa gul yarashgan, ozod o’lkam obod o’lkam. O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Ko’rkam Toshkent senga poytaxt, istiqlolga to’lgin har vaqt. Quchog’ingda kulgandir baxt, yashil shahar bag’ring bahor. O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Bog’larga boy keng Samarqand, uzumlari shakar payvand. Undan butun el bahramand , bog’laring soz to’kindir yoz . O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola: Qashqadaryo bug’doylari , rosa pishsa yoz oylari . Shunda fermer saroylari , to’lar donga tog’ xirmonga. O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Ko’hna shahar Shaxrisabzing , Temur qurgan oq saroying . Ketdi dong’i bor jahonga, bu hur diyor yashnamoqda . O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Tug’ishgan el Qoraqalpoq, bir maktabda olar saboq . Baxtga mamnun yashar quvnoq , senga o’rtoq yo’li porloq . O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Quvada ham Namanganda ,anor, anjir g’arq pishganda . Rossiyada yeyishganda, qilib rohat derlar “ Rahmat “. O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Namanganu, Andijoning ,Farg’onang bor sening shoning . Yashnamoqda to’rt tomoning ,paxta maydon oltinga kon . O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Yozyovonning cho’llari bor , bog’u – bo’ston yerlari bor . Burgutlari baland parvoz , o’tadi yoz juda ham soz . O’zbekiston , O’zbekiston !
Boshlovchi: Barakalla. Xozir bolajonlarimiz ijrosida turli viloyatlarning chiroyli raqslarini tomosha qiling. Raqs “Terma”.
Buxorocha raqs, Xorazm “Lazgisi”, “Andijon polkasi” va x.k. (musiqa rahbari ixtiyoriga ko’ra)
Bola: Har doim bo’lsin quyosh, koinot gulga to’lsin. Vatanimiz qo’ynida, xalqlar shod omon bo’lsin Har doim bo’lsin quyosh, Vatan nurlarga to’lsin . Istagimiz yagona, tinchlik barqaror bo’lsin . Qo’shiq «Aziz bo’ston» Dilorom Omonullaeva musiqasi. Mirpo’lat Mirzo she’ri
Boshlovchi: Porloq diyorimizning ertangi kun soxiblari. Mana bayramimiz ham o’z nixoyasiga yetay deb qoldi. Bolalar, biz yaxshi va tinch yashashimiz uchun, osmonimiz musaffo, yerimiz go’zal, gullar va o’simliklarga, meva-yu sabzavotlarga boy bo’lishi, ariq va daryolarimizda suvlar oqib turishi uchun doim ona tabiatimizni asrashimiz, unga to’g’ri munosabatda bo’lishimiz lozim. Men sizlarni O’zbekistonning mustaqillik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Yakunlovchi musiqiy kompozitsiya ijro etiladi Yuzduz Usmonovaning “O’zbekiston” qo’shig’i, Muhammad Yusuf she’ri
NAZORAT SAVOLLARI
1.Maktabgacha ta’lim muassasasida bayram ertaliklari va o’yin kulgi kechalari.
2.Musiqali ta’limiy o’yinlardan bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida foydalanish.
3.Musiqa mashg’ulotlarda fasllar, bayram va tadbirlarga oid musiqa asarlari ustida ishlash.
4.Bayram va tadbirlar stsenariysini ishlab chiqish va o’tkazish
5.Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bayramini tashkil etish
6.Musiqali ta’limiy o’yinlardan bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida foydalanish uslubiyoti
7.Bayram ertaliklari stsenariylarini tuzish.
8.Bolalarning qo’shiq aytishlari, raqsga tushishlari va she’rlarni yoddan atish metodikasini shakllantirish
9.Maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbarlari va tarbiyachi pedagoglari ijodiy yondoshuvi
Download 17.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling