Fiery MosaicTemplate


Download 0.96 Mb.
bet4/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1492464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Зилзилалар ва уларнинг турлари (лекция 3)

Epitsentrda tog‘ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u yerda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo‘lish va h.k.) taqqoslangan holda Rossiya Fanlar Akademivasi olimlari tomonidan yer silkinishining kuchini «ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub hamma MDHga kiruvchi davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda MSK (Medvedev, Shponxoyer va Kamik) nomi bilan qo‘llaniladi. Tuproq zarralarining tebranma harakat intensivligi, silkinish o ‘chog‘i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq-yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa omiilarga bog‘liq.

Ikkinchi o ‘lchov birligi - bu Rixter shkalasi bo‘yicha Magnituda (M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935-yilda Amerika seysmologi Ch. Rixter tomonidan taklif qilingan. Magnituda yer silkinishining umumiy energiyasini ko‘rsatib, u yerning maksimal surilish amplitudasining logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi.

Magnituda - giposentrdan ajralib chiqqan energiyaga proporsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bo‘ladi.

Umumiy 12 balli tizimda zilzilalar tavsifi

1 Ball - Sezilar-sezilmas Faqat seysmik asboblar bilan sezish mumkin.

2 Ball - Juda kuchsiz Seysmik asboblar yordamida seziladi. Tinch holatda yotgan ba’zi bir odam lar sezishi m um kin

3 Ball - Kuchsiz Osmalamalar yengil tebranadi. Ochiq eshiklar ham qimirlab qo'yishi mumkin. Aholining bir qismi sezadi.

4 Ball - Sezilarli O‘tirgan va yotgan odamning hammasiga yerning yengil tebranayotgani seziladi. Eshik, deraza va devorlardan qisirlab ovozlar eshitiladi.

5 Ball - Ancha kuchli Ko‘chada va hovlida yurganlarning ko‘pchiligi va uyda bo‘lganlaming hammasi sezadi. Binolar va mebellar tebranayotgani ko‘rinadi. Osma soatlar kapkiri to‘xtab qoladi. Devorlarda va boshqa suvalgan yerlarda yoriqlar paydo bo‘ladi

6 Ball - Kuchli Hamma sezadi. Ko‘p odamlar uylaridan yugurib tashqariga chiqib ketadi. Devorlarda katta yoriqlar paydo bo‘ladi. Suvalgan devorlaming shuvog’i ba’zi yerlari kо‘chib tushadi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling