Fiery MosaicTemplate


- seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qiiish va olib borish


Download 0.96 Mb.
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1492464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Зилзилалар ва уларнинг турлари (лекция 3)

- seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qiiish va olib borish;

- zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qiiish;

- qutqaruv, kuch va vositalami tayyor holga keltirib qo‘yish;

- aholini xavfsiz, o‘z vaqtida evakuatsiya qiiish tadbirlarini ishlab chiqish;

- moddiy-texnik ta’minoti (palatkalar, oziq-ovqat, dori-darmon) zaxiralarini tashkil qiiish;

- zilzila haqida xabar beruvchi belgilami aholiga tushuntirish va o‘z vaqtida qo‘llash.

Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:

Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:

  • yer ostki suvlarining fizik-kimyoviy tarkibining o‘zgarishi (laboratoriyada aniqlanadi);
  • qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, havoda chaqmoq chaqishi va yorug‘lik paydo bo‘lishi;
  • bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shu’lalar paydo bo‘lishi va luminitsent lampalarining o‘z-o‘zidan yonishi

Zilziladan oldin «Ehtiyot jomadoni» ni tayyorlab qo’ying

Zilziladan oldin «Ehtiyot jomadoni» ni tayyorlab qo’ying

Eng zarur narsalar:

  • Hujjatlar(pasport, shaxsni tasdiqlovchi hujjat)
  • Kerakli dori-darmon, bint-bog’lamlar zaxirasi
  • Fonar va unga qo’shimcha batareya
  • Issiq kiyimlar va oyoq kiyimlar
  • Suv va oziq-ovqat zaxirasi ( 2-3 kunga yetarli zaxirasi)
  • Sham va gugurt
  • Sinmaydigan idish-tovoq
  • Mobil radio

Yer qimirlaganda aholini muhofaza qilish chora tadbirlari

1. Yer silkinishi xavfi bo‘lganda binodan chiqish yo‘lini oldindan belgilab qo‘yish kerak. Yodingizda bo‘lsin - yer silkinishi yarim tunda ham yuz berishi mumkin. Chiqish yo‘llari, eshiklar odamlar bilan tirband bo‘lib, tashqariga tez chiqishni qiyinlashtiradi. Binoni tez tark etish birinchi qavat derazalari orqali ham amalga oshiriladi. 2. Uyingizdagi xavfsiz joylarni oldindan belgilab qo‘ying, bu - xonaning asosiy devorlari orasidagi burchagi, ichki eshiklar o‘rni, stol, karavot, stanoklar osti bo‘lishi mumkin. Yer qimirlaganda uyning eng havfli joylari - ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar, lift va zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak. 3. Oila a’zolari va bolalarga xavfsiz joyni egallashni o‘rgatish zarur. 4. Oilangiz a’zolari va o‘zingiz kvartirangizda, pod’ezdda, uyingizda gaz, elektr, suvni o‘chirish yo‘llarini bilishingiz lozim. 5. Qariya, nogiron va bolalar xavfsizligini ta’minlash yo‘lini oldindan o‘ylab qo‘ying. 6. Xonalardagi shkaf, kitob javonlarni devorlarga mahkamlab qo‘ying. Uy jixozlarni uxlaydigan o‘rinlarga yiqilmaydigan holatda, eshik va chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirish kerak.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling