Fikringizni amaldagi qonunchilik asosida tahlil qiling


Yuqoridagilarni tahlil qilish orqali quyidagi xulosani bayon etamiz


Download 25.77 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2021
Hajmi25.77 Kb.
#169109
1   2
Bog'liq
umid aka tanishi 2, MSIYU

Yuqoridagilarni tahlil qilish orqali quyidagi xulosani bayon etamiz:

Har bir ma’muriy ishni olib borishda ma’muriy tartib-taomillarning tegishli prinsiplari qo‘llanilishi talab etiladi. Ma’muriy sud ish yurituvi to‘g‘risidagi kodeksning 26-moddasida sudga taalluqli ishlar, 27-moddasida esa sud tomonidan hal etiladigan ishlar ro‘yxatini keltirilgan. Yuqorida berilgan kazus bo‘yicha, institut rektorining chiqargan buyrug‘I ommaviy huquqiy munosabat hisoblanmaydi va bu individual ya’ni yakka shaxsga qaratilgan hujjat hisoblanadi . bundan tashqari, bu tashkilot ma’muriy organ hisoblanmasligini inobatga olgan holda bu ish ma’muriy sudlarga taalluqli ish emas degan xulosaga kelishimiz mumkin. Bu toifadagi ishlar fuqarolik-protsessual kodeksi 26-moddasi 6-bandiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taalluqli hisoblanadi. shuning uchun birinchi instansiya sudi sudyasi tomonidan MSIYu to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasiga ko‘ra, ariza ish yurituviga qabul qilinmasligi kerak edi. Ammo yuqoridagi vaziyatda sud tomonidan ariza ish yurituviga qabul qilingan va rector buyrug‘ini bekor qilish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarilgan. Bu vaziyatda appelyatsiya instansiya sudi tomonidan ish ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lmaganligi sababli Ma’muriy sud ish yurituvi to‘g‘risidagi kodeksning 108-moddasi 1-bandiga ko‘ra ish yuritishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi..



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik- protsessual kodeksi;

  3. “Ma’muriy tartib- taomillar to‘g‘risida”gi qonun.




Download 25.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling