Fikringizni amaldagi qonunchilik asosida tahlil qiling
Download 25.77 Kb.
|
umid aka tanishi 2, MSIYU
KAZUS№2 Fuqaro D.B. Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'i bilan talabalar safidan chetlashtirilgan. D.B. institut rektori nomiga ariza bilan murojaat qilib uni talabalikka qayta tiklashni so'ragan. Biroq, uning murojaatiga institut rektori tomonidan rad javobi berilgan. Shu sababli, D.B. ma'muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakatini qonunga xilof deb topishni, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'ini bekor qilish va D.B.ni o'qishga qayta tiklash majburiyatini yuklashni so'ragan. Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakati qonunga xilof deb topilgan, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'ini bekor qilish va D.B.ga o'zlashtirmagan fanlari bo'yicha imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan.Vaziyatga huquqiy baho bering. Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori asoslimi? Fikringizni amaldagi qonunchilik asosida tahlil qiling. Yuqorida bizga berilgan muammoli kazusni qonunchilik asosida tahlil qilishda quyidagi muammoli holatlarni aniqlab olishimiz kerak hamda aniqlangan savollarga javob berish asosida umumiy vaziyatga yechim berishimiz mumkin: Ma’muriy sudlarda ishlarni olib borishda qanday prinsiplar qo‘llaniladi? Ma’muriy sudga taalluqli ishlar doirasini tahlil qilish; Yuqoridagi vaziyatda ish qaysi sudga taalluqli ish hisoblanadi. Yuqorida muhokama qilinishi kerak bo‘lgan holatlarni aniqlab oldik. Endi esa mazkur muammoli holatlarni tahlil qilishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga tayanish talab etiladi: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks; O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik- protsessual kodeksi; “Ma’muriy tartib- taomillar to‘g‘risida”gi qonun. Eng birnchi ma’muriy sud ishlarini yuritishda qo‘llaniadigan prinsiplarga e’tibor qaratsak, “Ma’muriy tartib- taomillar to‘g‘risida”gi qonunda ma’muriy ishlarni yuritishda qo‘llaniladigan prinsiplar keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari, ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 8-16—moddalarida ham ma’muriy sud ishlarini yuritishda amal qilinishi lozim bo‘lgan prinsplar keltirib o‘tilgan. Ularga quyidagilar kiritiladi: Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; Qonun va sud oldida tenglik; Sudyalarning mustaqilligi va faqqat qonunga bo‘ysunishi; Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi; Sud muhokamasining oshkoraligi; Sud muhokamasining bevositaligi; Ma’muriy hujjatlarni qonunlar asosida hal qilish; Ma’muriy sud hujjatlarining majburiyligi. Yuqorida ma’muriy sud ishlarini yuritish prinsiplariga to‘xtalib o‘tdik. Endi esa bevosita berilgan kazus yuzasidan muhokama qilishni boshlaymiz. Buning uchun, eng avvalo, ma’muriy sud ishlari tushunchasiga ta’rif berishimiz kerak. ma'muriy ish yuritish — ma'muriy tartib-taomil orqali tartibga solingan ma'muriy ishni ko'rib chiqish, ma'muriy hujjatni qabul qilish, uni ma'muriy shikoyat bo'yicha qayta ko'rish, shuningdek ma'muriy hujjatni ijro etish jarayoni hisoblanadi. Yuqorida aniqlangan savollar yuzasidan tahlil qilsak, Ma’muriy sud ish yurituvi to‘g‘risidagi kodeksning 26-moddasiga ko‘ra, Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. Bundan tashqari, mazkur kodeksning 27-moddasida sud tomonidan hal etiladigan ishlar ro‘yxati ham berilgan. Unga ko‘ra, 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 2) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan hal qiladi. Yuqoridagi normalarda ma’muriy sudlarga taalluqli ishlar hamda sud tomonidan hal etiladigan ishlar ro‘yxatini ko‘rib chiqdik. Berilgan vaziyatni to‘laroq tushunish uchun ma’muriy sud ishtirokchilari haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘lib olish talab etiladi. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, shda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari hisoblanadi. Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir. O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir. Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir. Endi bevosita berilgan kazus bo‘yicha keltirilgan ishni taalluqliligi mo‘yicha tahlil qilsak, yuqorida bizga berilgan kazusda Fuqaro D.B. Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'i bilan talabalar safidan chetlashtirilgan. D.B. institut rektori nomiga ariza bilan murojaat qilib uni talabalikka qayta tiklashni so'ragan. Biroq, uning murojaatiga institut rektori tomonidan rad javobi berilgan. Shu sababli, D.B. ma'muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakatini qonunga xilof deb topishni, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'ini bekor qilish va D.B.ni o'qishga qayta tiklash majburiyatini yuklashni so'ragan. Bu holatda ish ma’muriy sudlarga taalluqli ish hisoblanmaydi. Bu ish fuqarolik ishlariga taalluqli hisobalandi. Ta'lim muassasasi va talabalar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ommaviy uquqiy munosabatlar bo'lib hisoblanmaganligi sababli, ta'lim muassasasi rahbarining xatti-harakatlari va uning buyrug'i yuzasidan kelib chiqqan nizolar ma'muriy sud sudloviga taalluqli emas. bunday ishlar Fuqarolik- protsessual kodeksi 26-moddasiga ko‘ra fuqarolik sudlariga taalluqli hisoblanadi. unda quyidagicha qoida keltirilgan: korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sudiga taalluqlidir. Bunday ariza bilan ma'muriy sudga murojaat qilinganda Ma’muriy sud ish yurituvi to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi 1-bandiga ko‘ra( ish ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa), arizani ish yurituviga qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakati qonunga xilof deb topilgan, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'ini bekor qilish va D.B.ga o'zlashtirmagan fanlari bo'yicha imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan. Bu holarda birinchi instansiya sudining qarori bekor qilinishi kerak. Negaki, sud ariza kelib tushganda uni o‘rrganib chiqishi natijasida arizani ish yurituviga qabul qiish, qabul qilishni rad etish yoki arizani qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda chiqargan ajrimi asoslangan bo‘lishi talab etiladi. Yuqoridagi holat ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lmaganligi tufayli arizani ishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi kerak edi. Ammo, birinchi instansiya sudi bu arizani ish yurituviga qabul qilgan. Bu vaziyatda birinchi instansiya sudining qarorini bekor qilish yuzasidan appelyatsiya instansiya sudiga shikoyat qilish kerak. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori bilan birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinishi, arizani qanoatlantirish rad etilishi kerak. Institut davlat ta'lim muassasasi bo'lsa-da, u ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot bo'lib hisoblanmaydi. Shu sababli sudlov hay'ati institut va talabalar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ommaviy huquqiy munosabatlar bo'lib hisoblanmasligi bois, D.B.ning arizasidagi talablar ma'muriy sud sudloviga taalluqli emas degan xulosaga kelishi kerak va Ma’muriy sud ish yurituvi to‘g‘risidagi kodeksning 108-moddasi 1-bandiga ko‘ra ish yurituvni tugatish to‘g‘risda qaror qabul qiladi. Download 25.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling