Filmlar va ommaviy madaniyat


Download 0.64 Mb.
Sana20.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1103120
Bog'liq
Filmlar va ommaviy madaniyat

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Kitch

Filmlar va ommaviy madaniyat

  • 'Ommaviy madaniyat' deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoyanuqtai nazarkoʻrsatmamem,[1] imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.
  • Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparastsensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi
  • Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.
  • Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega boʻlmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish),
  • komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa — rasm mahsulotlari),
  • starizm (subyektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish),
  • Hippining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan „keskin“ tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjagʻini chiqarish yoxud oʻt qoʻyish orqali vahshiyona, ommaviy „koʻngil ochish“lar uyushtirish) „ommaviy madaniyat“ning ayrim koʻrinishlaridir.
  • „Pop-art“chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling