FilologhamroyevU ga yoki +998916493524 orqali savol javoblar yuzasidan fikr mulohazalaringizni yo’llang
Download 157.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukur Xolmirzayev Hikoyalari yuzasidan test 2020 yil
filologhamroyevU ga yoki +998916493524 orqali savol javoblar yuzasidan fikr mulohazalaringizni yo’llang. @filologhamroyev “Universal ona tili va adabiyot” kanaliga ulaning. Va bizni kuzatishda davom eting!!! Shukur Xolmirzayev Hikoyalari yuzasidan test 2020 yil 8 sinf 1. Shukur Xolmirzayevning qaysi romanida o‘tgan asrning yigirmanchi yillaridagi birodarkushlik urushining halokatli hodisalari tasvirlangan? A) «Qil ko'prik» romanida B) «Olabo'ji» romanida C) «So'nggi bekat» romanida D) «Yo'lovchi» romanida 2. Shukur Xolmirzayevning milliy hikoyachiligimiz xazinasidan munosib joy olgan hikoyalarini toping. 1) «Olis yulduzlar ostida»; 2) «0‘zbekning soddasi»; 3) «Ziyofat»; 4) «Odam»; 5) «Cho'loq turna»; 6) «Yo'lovchi»; 7) «Ora yo‘l». A) 1,2, 4, 5,7 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4,7 3. Shukur Xolmirzayev sho'ro davrida faqat qoralanib kelgan «bosmachilik harakati»ga yangicha yondashishga urindi va 1987-yilda yaratgan qaysi asarida mazkur hodisani butun murakkabligi bilan chuqur badiiy talqin etdi? A) «Olabo'ji» B) «Qora kamar» C) «So‘nggi bekat» D) «Yo'lovchi» 4. Shukur Xolmirzayevning qaysi qissalari Abdulla Qahhordek ustozlar e’tiborini qozongan? A) «To'lqinlar», «0‘n sakkizga kirmagan kim bor» B) «Yo‘lovchi», «Olabo'ji» C) «To‘lqinlar», «Qil ko‘prik» D) «So‘nggi bekat», «0‘n sakkizga kirmagan kim bor» 5. Shukur Xolmirzayevning qaysi romanlarida 70-80-yillardagi ma’naviy-mafkuraviy tanazzul o‘z aksini topgan? 1) «So'nggi bekat»; 2) «To'lqinlar»; 3) «Yo'lovchi»; 4) «Olabo'ji»; 5) «Dinozavr»; 6) «Qil ko'prik»; 7) «Qora kamar». A) 2, 4, 5, 7 B)1,3, 4,5 C) 1, 2, 3,4 D) 1, 3, 5, 6 6. Shukur Xolmirzayev qaiamiga mansub pyesani toping. A) «To'lqinlar» B) «Yo'lovchi» C) «So'nggi bekat» D) «Qora kamar» 7. Shukur Xolmirzayevning roman janrida yozilgan asarlarini toping. 1) «So’nggi bekat»; 2) «To'lqinlar»; 3) «Yo‘lovchi»; 4) «Olabo'ji»; 7) «Qora kamar». 5) «Dinozavr»; 6) «Qil ko‘prik»; A) 1,2, 4, 5,7 B) 2, 3, 5, 6, 7 C) 1,2,3, 4,6 D) 1, 3, 4, 5,6 8. Noto'g'ri ma’lumotni toping. A) Shukur Xolmirzayev hikoyalari tilida o'zi tug‘ilib o‘sgan yurtda qo'llaniladigan so'zlar, iboralar, atamalarni ham me’yorida ishlatadi va bu bilan, avvalo, qahramonlari, ular harakat qilayotgan hudud, yuz berayotgan hodisaning jonli tasviriga erishadi. B) Shukur Xolmirzayev hikoyalari tilida o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtda qo'llaniladigan so'zlar, iboralar, atamalarni ham me’yorida ishlatadi va bu bilan, adabiy tilimiz leksik qatlamining boyishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi. C) Shukur Xolmirzayev adabiy ijodning turli janrlarida qalam tebratgan bo‘lsa-da, o'zbek adabiyoti tarixida, avvalo, usta hikoyanavis sifatida qoldi. D) Shukur Xolmirzayev esselar yozishga ham tengdoshlariga nisbatan erta kirishgan. 9. Shukur Xolmirzayevning xotin-qizlarimizning sho'ro davridagi fojiali hayotini ro'yirost yoritgan, 1990-yilda sahnalashtirilgan asarini toping. A) «Ziyofat» B) « 0 ‘zbekning soddasi» C) «Xumor» D) «Ora yo‘l» 10. Shukur Xolmirzayevning milliy hikoyachiligimiz xazinasidan munosib joy olgan hikoyalarini toping. 1) «Kimsasiz hovli»; 2) «Bodom qishda gulladi»; 3) «Tog'larga qor tushdi»; 4) «Yashil Niva»; 5) «Qil ko'prik»; 6) «Olabo'ji»; 7) «Xumor». A) 1,2,3, 4,7 B) 3, 5, 6, 7 C)1 ,2 , 4, 6 D) 1,2,3, 4, 5,7 11. «Otning egasi» hikoyasida «birovning mulk-u molini o‘zlashtirishdan vijdoni qiynalmaydigan, birovning ko‘ngil boyligiga ham changal solmoqni xohlaydigan, «birov» deganlari ham odam ekanligi, faqat qorabayiridan ayrilmaslik uchun hamma narsasidan voz kechmoqqa tayyorligini bir zum bo‘lsin o‘ylamaydigan» obraz qaysi? A) Eshmat podachi B) Egamberdi Xudoyberdiyev C) Bo'riboy D) Tangriqul Abdurahmonov 12. «Otning egasi» hikoyasining qahramoni - Inodning xotini qanday halok bo‘ladi? A) Qishloq o'rtasidagi tepada o'rnashgan ikki xonali maktabda beso'roq tajriba o'tkazib, zaharlanib o'lgan farzandlarining dog‘iga chidolmay vafot etadi. filologhamroyevU ga yoki +998916493524 orqali savol javoblar yuzasidan fikr mulohazalaringizni yo’llang. @filologhamroyev “Universal ona tili va adabiyot” kanaliga ulaning. Va bizni kuzatishda davom eting!!! B) Soy bo'yidagi serdaraxt qishlog'ining ko‘p yillik, ichi kovak daraxtlaridan biri qattiq shamolda uyini bosib qolgach, halok bo'lgan bolalarining jasadlarini ko‘rib, yurak pardasi yorilib o'ladi. C) Beda solingan bostirmada gugurt o'ynab, yong'inda qolgan farzandlarini qutqaraman deb o‘zi ham sob bo'ladi. D) Qishloq chetida bosmachilar bilan urushda halok bo'lgan otasining qabri yaqinidagi jarga qulayotgan farzandlarini qutqaraman deb o‘zi ham tushib ketadi. 13. «Otning egasi» hikoyasida Inod otini bermaslik uchun kichik leytenantga nima(lar) beradi? A) bir sog’in sigir B) ikkita ho'kiz C) o‘nta qo‘y D) bir sog'in echki 14. «Omon ovchining o‘limi» hikoyasida qirq yoshida ham kurashda yiqilmagan, keyin bir o‘rta yashar o'rtacha polvon bir qoqmada yiqitib qo'yganida - dardi shunchalik bo‘lib, omborga bo'yra to‘shab, ustidan suv sepib, unga bag’rini berib yota-yota oldin yo'talni orttirib, keyin qon qusa-qusa o‘lib ketgan obraz qaysi? A) Eshmat B) Bo'riboy C) Rahmon D) Egamberdi 15. «Otning egasi» hikoyasida qaysi qahramon o‘z otini o‘z qo‘li bilan nobud qiladi, o'zining ko‘ngil boyligini boshqalar ixtiyoriga, dargumon taqdirga topshirishdan ko‘ra, uni, jonsiz holda bo‘lsa-da, yonidaqolishini istaydi? A) Bo'riboy B) Egamberdi C) Eshmat D) Inod 16. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi obrazga nafaqat tabiat va uning jonzotlariga, balki odam bolalariga nisbatan shafqat ham butkul begona? A) Ultonga B) Hamdamga C) Omonga D) Rahmonga 17. «Omon ovchining o‘limi» hikoyasida qaysi obraz yoshligini eslarkan, onasi otasi bilan urushib ketganlarida o'zining har gal otasi bilan qolganligini, kiyik ovlariga chiqqanda to'rt-besh kunlab kimsasiz kamarlarda yotib, pistirmalarda tunaganliklarini o'ylaydi? A) Omon B) Ulton C) Rahmon D) Hamdam 18. «Omon ovchining o'limi» hikoyasidan olingan quyidagi Omonning o'ylari berilgan parchada tushirib qoldirilgan ismni toping. «Olatog'da jonivor zoti qurisa, nima qilaman? - Uning ko'ziga ...ning uyida televizorda ko‘rgani Kavkaztog‘ manzarasi, kiyiklar ko'rindi. — Bora man. U yerlargayam boraman...» A) Hamdam B) Rahmon C) Ulton D) Bo'riboy 19. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon qaysi jonivorlarni sira otmas, aksincha, uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko'rardi, ularning tundek unlariga singishib o'tirishni istardi? A) kalamush, sichqon, boyqushlarni B) kaltakesak, kalamush, ilonlarni C) kalamush, kaltakesak, kakliklarni D) kaltakesak, toshbaqa, boyqushlarni 20. «Otning egasi» hikoyasining qahramoni - Inodning nechta boyligi bor edi? A) beshta B) to'rtta C) ikkita D) uchta 21. «Otning egasi» hikoyasida bir qadar xo'mraygan, og'irkarvon va allanechuk odamovi, hamma hurmat qiladigan yigit kim edi? A) Hamdam B) Inod C) Rahmon D) Bo'riboy 22. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon ayrim jonivorlarni sira otmas, aksincha, uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko'rardi, ularning tundek unlariga singishib o'tirishni istardi, inson ruhiyatidagi bu aynish holati G'arb psixologiya fanida qanday talqin etiladi? A) «nekrofiliya» — «o'limsevarlik» B) «tragediya» — «fojia» C) «optimizm» — «nekbinlik» D) «pesimizm» — «tushkunlik» 23. Shukur Xolmirzayev qaysi qahramonini: «Uning yuragi ham baquvvat ko'kragidek qattiq», - deya ta’riflaydi? A) «Otning egasi» hikoyasida Egamberdini B) «Otning egasi» hikoyasida Inodni C) «Omon ovchining o‘limi» hikoyasida Omonni D) «Omon ovchining o‘limi» hikoyasida Rahmonni 24. Shukur Xolmirzayevning «Omon ovchining o'limi» hikoyasi qahramoni - Omonning hayoti bilan bog'liq to'g'ri ma’lumotlarni toping. 1) U harbiydan qaytgan yili otasi qazo qildi; 2) Otasi qazo qilgach, u otasining ishini oldi: qishloqchaga tutash sakkiz gektar o'rikzor bo‘lib, otasi unga qorovul, ayni chog‘da bog‘bon ham edi; 3) Otasi vafot etgach, ikki yildan keyin onasi uni uylantirdi; 4) Onani ham tuproqqa topshirgan yili o‘g‘il ko'rdi; 5) O'g'li o‘n ikkiga qadam bosganda xotini o'g'lini olib ketib qoldi. A) 1,2, 3 ,5 B) 1,2, 4, 5 C) 2, 3,4, 5 D) 1,2, 3,4 25. «Otning egasi» hikoyasida bo'lajak fojiadan voqif bo‘lgan jonivorning ichidan o'tgan hislar to'lqini o'quvchiga qaysi birgina gapda to'la sezdiriladi? A) «Ot xuddi dahshatli bir xavfni sezgandek olayib, egasi kirib ketgan иуда qarar, hayratda qotgan antiqa haykalga o'xshar edi». B) «Uning ko'zlariga ko'zi tushib, etijimirlab ketdi». C) «Qorabayir ko‘m-ko‘k yo‘ng‘ichqazorda suvsardek yaltillab, odatdagi otlarnikidan yo‘g ‘on bo'ynini gajak qilib, odatdagi arg‘umoqlarnikidan filologhamroyevU ga yoki +998916493524 orqali savol javoblar yuzasidan fikr mulohazalaringizni yo’llang. @filologhamroyev “Universal ona tili va adabiyot” kanaliga ulaning. Va bizni kuzatishda davom eting!!! keng o'mrovini kerib va odatdagi chopqir otlarnikidan ingichka oyoqlarini yerga qattiq tirab turdi». D) «Ot bird an titroq tovushda kishnab yubordi». 26. «Otning egasi» hikoyasida Inod otining jasadini nima qiladi? A) Qabristonga otasi, xotini va farzandlarining yoniga ko'mib keladi. B) Chorbog'dan bir yorma go‘r qazib, o'sha yerga ko'madi. C) 0 ‘z uyining hovlisidan bir yorma go‘r qazib, o‘sha yerga ko‘madi. D) Tog‘ga qushlar yeb ketishi uchun tashlab keladi. 27. «Otning egasi» hikoyasida chorbog' qorovuli kim edi? A) Inod B) Bo‘riboy C) Egamberdi D) Eshmat 28. «Otning egasi» hikoyasining qahramoni - Inodning nechta farzandi bor edi? A) to'rtta B) bitta C) uchta D) ikkita 29. «Otning egasi» hikoyasida garchi tog' qishloqlarining katta-kichik bolalariga muallimlik qilsa-da, tabiatan sodda va ishonuvchan, chiroyli gaplardan, kitobiy so'zlardan nihoyatda yiroq obraz qaysi? A) Egamberdi B) Inod C) Bo'riboy D) Eshmat 30. «Otning egasi» hikoyasi qahramoni Inodning ismi qaysi tildan olingan va qanday ma’nolarni anglatadi? A) Forschadan olingan bo‘lib, «cho'rtkesar», «takabbur», «mag'rur» ma’nolarini beradi. B) Forschadan olingan bo'lib, «ilmli», «zehnli», «odobli» ma’nolarini beradi. C) Arabchadan olingan bo‘lib, «ishonchli», «e’tiqodli», «iymonli» ma’nolarini beradi. D) Arabchadan olingan bo'lib, «cho'rtkesar», «qat’iyatli», «qaysar» ma’nolarini beradi. 31. «Otning egasi» hikoyasida kichik leytenant kim? A) Eshmat podachi B) Inod C) Bo'riboy D) Egamberdi Xudoyberdiyev 32. Shukur Xolmirzayevning qaysi qahramoni qishloq aholisi cho'lni o'zlashtirish uchun ko'chib ketganda ham oilasidan voz kechib bo'lsada, bo'shab qolgan qishloqda yolg'iz qolishni afzal biladi? A) «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning otasi B) «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon C) «Otning egasi» hikoyasida Ulton piyon D) «Otning egasi» hikoyasida Inod 33. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning ikki oyog'ining to'pig'i shishib ketib, yon-verida jigarrang dog'lar paydo bo'lgach, Omon ko'chadan yurishni xohlamagani sabab qayerdan borib, kasalxonaning etagidan chiqishadi? A) Ichaksoydan B) Bildirsoydan C) Quriqsoy D) Enasoydan 34. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning necha yashar o'g'li qat’iy ravishda dadasiga: «Menga miltiq kerak emas», - deydi? A) yetti yashar B) to'qqiz yashar C) sakkiz yashar D) besh yashar 35. «Otning egasi» hikoyasida qishloq o'rtasidagi tepada o'rnashgan ikki xonali, tog'ning olis-olis burchaklaridan otli, eshakli bo'lib o'quvchilar qatnaydigan maktabning yagona muallimi qanday ma’lumotga ega edi? A) Sakkiz oylik muallimlar tayyorlaydigan kursni bitirgandi, xolos. B) Dorilfununni sirtdan zo'rg'a bitirgandi, xolos. C) O'n sinfni bitirgandi, xolos. D) Sakkiz sinfni bitirgandi, xolos. 36. Shukur Xolmirzayevning hikoyalarida qo'llanilib, asar badiiyatining yuksalishiga xizmat qilgan quyidagi so'zlarning ma’nolarini toping. 1)«inak»; 2) «juvana»; 3) «g'ajir»; 4) «arna»; 5) «kurtuk»; 6) «masliqxo'r». a) selda hosil bo'lgan chuqur ariq; b) sigir; s) yirik yirtqich qush - tasqara; d) buzoqcha; e) o'laksaxo'r; f) qoyasimon qotgan qor, muzlik. A) 1-b, 2-a, 3-s, 4-d, 5-e, 6-f B) 1-a, 2-f, 3-e, 4-b, 5-d, 6-s C) 1-s, 2-d, 3-e, 4-a, 5-f, 6-s D) 1-b, 2-d, 3-s, 4-a, 5-f, 6-e 37. Quyidagi manzara qaysi hikoya qahramonining xarakter jihatlarini yoritadi? «Meni qamashadimi?!» - loqayd o'yladi Inod otliq orqasidan qarab va bu o‘yi korqilmay, ustunga suyandi». A) «Omon ovchinng o'limi» hikoyasi B) «Otning egasi» hikoyasi C) «Olis yulduzlar ostida» D) «Ora yo'l» 38. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi qushlarning urush yillari tog'da yolg'iz qolgan odamlarni ham yeb ketishganligi, bo'riga tashlansayam oldin ko'zini o'yib olishi ta’kidlanadi? A) g'ajirlarning B) juvanalarning C) churpalarning D) inaklarning 39. «Otning egasi» hikoyasida Inodning oti kimdan yodgorlik edi? A) o‘g‘lidan B) bobosidan C) akasidan D) otasidan 40. «Otning egasi» hikoyasida Qorabayirga qarab faqat «zo‘r» tulporni ko'rayotgan, qanday qilib bo'lsa ham uni o'ziniki qilmoqchi bo'lgan obraz qaysi? A) Bo'riboy B) Inod C) Eshmat podachi D) Egamberdi Xudoyberdiyev 41. «Otning egasi» hikoyasida otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan qahramonni toping. A) Eshmat B) Egamberdi C) Bo'riboy D) Inod filologhamroyevU ga yoki +998916493524 orqali savol javoblar yuzasidan fikr mulohazalaringizni yo’llang. @filologhamroyev “Universal ona tili va adabiyot” kanaliga ulaning. Va bizni kuzatishda davom eting!!! 42. «Otning egasi» hikoyasida Inod otini bermaslik uchun kichik leytenantga nima(lar)ni bermoqchi bo'ladi? A) bir sog‘in sigirni B) ikkita ho‘kizni C) o‘nta qo‘yni D) bir sog'in echkini 43. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi obraz xotiniga taloq bergach, «Enam ham otamdan chiqib ketgan edi bir-ikki marta. Keyin qaytib kelib edi. Bular ham keladi hali...», - deb o'ylaydi? A) Ulton B) Hamdam C) Omon D) Rahmon 44. «Otning egasi» hikoyasining qahramoni - Inodning farzandlari qanday halok bo'ladi? A) Qishloq o'rtasidagi tepada o'rnashgan ikki xonali maktabda beso'roq tajriba o'tkazib, zaharlanib o'ladilar. B) Soy bo'yidagi serdaraxt qishlog'ining ko‘p yillik, ichi kovak daraxtlaridan biri qattiq shamolda uyini bosib qolib, halok bo'ladilar. C) Beda solingan bostirmada gugurt o'ynab, yong'inda halok bo'ladilar. D) Qishloq chetida bosmachilar bilan urushda halok bo'lgan bobosining qabri yaqinidagi jarga qulab, halok bo'ladilar. 45. «Otning egasi» hikoyasida qishloq o'rtasidagi tepada o'rnashgan ikki xonali, tog'ning olis-olis burchaklaridan otli, eshakli bo'lib o'quvchilar qatnaydigan maktabning yagona muallimi kim edi? A) Hamdam B) Bo'riboy C) Eshmat D) Inod 46. Shukur Xolmirzayevning qaysi qahramoni uchun insonning dunyoni ruhiy tomondan idrok etishi bilan bog'liq bolgan «qon tutadi», «gunoh», «ko‘z tegadi» degan gaplarning ma’nosi yo'qligi uning ruhiy jihatdan qanchalar qashshoq ekanidan darak beradi? A) «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Rahmon polvon uchun B) «Otning egasi» hikoyasida Inod uchun C) «Otning egasi» hikoyasida Egamberdi uchun D) «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon uchun 47. Shukur Xolmirzayevning hikoyalarida qo'llanilib, asar badiiyatining yuksalishiga xizmat qilgan quyidagi so'zlarning ma’nolarini toping. 1)«qoqma»; 2) «zovboshi»; 3) «churpa»; 4) «kamar»; 5) «miyazor»; 6) «xurma». a) yowoyi cho'chqa - qobonning bolasi; b) urug'i zaharli yowoyi o't; s) kurashda chalib yiqitish; d) sopol ko‘za; e) kichik jarlikning labi; f) berk joy. A) 1-a, 2-e, 3-s, 4-f, 5-d, 6-b B) 1-f, 2-b, 3-a, 4-s, 5-e, 6-d C) 1-s, 2-e, 3-a, 4-f, 5-b, 6-d D) 1-b, 2-d, 3-f, 4-a, 5-s, 6-e 48. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning g'ajirlar cho'qiyotgan jasadini, uning o'rniga o'rikzorga qorovul etib tayinlangan qaysi shaxsning ko'rib qolishida ham ramziy ma’no bor? A) Ulton piyonning B) Rahmon polvonning C) Bo'riboy qorovulning D) Egamberdinng 49. «Otning egasi» hikoyasida qat’iyatli, qaysar, cho'rtkesar obraz qaysi? A) Eshmat B) Egamberdi C) Bo'riboy D) Inod 50. «Otning egasi» hikoyasida otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan qahramonga nimalar madad edi? A) ulardan yodgor, judolik taftini bosib turadigan uyi, bog'i hamda qorabayir oti B) ulardan yodgor, judolik taftini bosib turadigan suratlari, kiyimlari hamda kitoblari C) ulardan yodgor, judolik taftini bosib turadigan qishlog'i, maktabi hamda qorabayir oti D) ulardan yodgor, judolik taftini bosib turadigan bog‘i, qishlog'i, do'koni hamda qorabayir oti 51. 51. «Otning egasi» hikoyasida partiya komitetining nima sababdan shaxsiy ot saqlashni man qilganligi aytiladi? A) otlarning o'rniga mashinalardan foydalanish uchun B) otlardan konserva maxsulotlari tayyorlash uchun C) otlarni urushga safarbar etish uchun D) qimiz ishlab chiqarish uchun 52. Quyidagi fikrlar Shukur Xolmirzayevning qaysi asari qahramoniga tegishli? «...Men baribir otimni bermayman. U menga... juda qadrdon bo‘lib qolgan... Otni bersam, kunim qattiq bo'ladi, Egamberdi. Otamdan yodgorlik. Er yigitning oti bo'iishi kerak, der edilar. Shu ot... mening og‘ir kunimga yaradi». A) «Otning egasi» hikoyasida Bo'riboyga B) «Otning egasi» hikoyasida Inodga C) «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonga D) «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Rahmonga 53. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonga otasi necha yoshida melkokolibr miltig'i olib bergan edi? A) o'n uch yoshida B) o'n besh yoshida C) to'qqiz yoshida D) o'n sakkiz yoshida 54. «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning katta boldir suyagi sinib, yotib qolgach, kim: «Senga ko‘z tegdi. Keyin, hadeb jonlini jonsiz qilishingniyam xosiyatiyo‘q. Qusham Xudoning maxluqi... Uyam bir vaqtlar odam bo'lgan emish...» - deya yig'lab ketadi? A) opasi B) xolasi C) ammasi D) onasi Download 157.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling