Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Download 2.88 Mb.
bet48/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

P. Qaydli mutlaq qofiya. Uning bir necha turlari bo‘lib, raviy harfidan keyin keluvchi harflar: vasl, xuruj, mazid va noira bilan bog‘liq holda vujudga keladi (ushbu harflar orasida keluvchi qisqa unlilar: majro va nafoz nomlanishda e’tiborga olinmaydi).
1. Qayd va vaslli mutlaq qofiya - qator undoshdan so‘ng vaslning kelishi orqali hosil bo‘ladi. Masalan:
Yubordi yor bazmidin manga bir pistai qandi,
Olib optumki, bor erdi labiyu og‘zi monandi.
(Favoyid ul-kibar, 589-g‘azal)
Bunda “qandi”, “monandi” so‘zlari qofiya, “d” - raviy, “n” harfi - qayd, raviydan keyin to‘rgan “i” unlisi vasl hisoblanadi.
2. Qayd va noyirali mutlaq qofiya - qator undoshdan keyin vasl, xuruj, mazid va noyira harflarining kelishi orqali hosil bo‘ladi. Masalan:
Dedimki, ko‘zga chekay gardi rahnavardingni,
Fig‘onki, topmadi ko‘z to‘tiyog‘a gardingni. -
(G‘aroyib us-sig‘ar, 615-g‘azal)
baytida “rahnavardingni” va “gardingni” so‘zlari qofiya, “d” - raviy, undan oldin to‘rgan “r” harfi - qayd, raviydan keyin to‘rgan qisqa “i” unlisi - majro, majrodan keyingi “n” undoshi - vasl, “g” - xuruj, keyingi “n” - majro, qofiya oxiridagi “i” unlisi noyira hisoblanadi.
MUASSAS QOFIYA - Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Ta’sisli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida cho‘ziq “o” unlisi bilan raviy o‘rtasida bir undosh va undan keyin bir unli keladi. Cho‘ziq “o” unlisi ta’sis (q.) deb, undan keyingi undosh daxil deb, raviy oldidagi qisqa unli esa ishbo‘ deb ataladi.
M.q.haqidagi ma’lumotlar Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”(1218-1233), Nasiruddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” (1253) asarlarida keltirilgan. Ushbu asarlarda M.q. raviydan avval keluvchi (moqabli raviy) harflar bilan bog‘liq holda talqin qilinadi.
M.q. raviy harfidan keyin harflarning qo‘llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad (q.) va mutlaq (q.) ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida M.q.ning quyidagi turlari qo‘llanilgan:

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling