TARDU AKS (ar. - teskari qilib takrorlash) - bayt tarkibidagi ikki so‘z yoki birikmani avval muayyan bir tartibda keltirib, so‘ng ularning o‘rnini almashtirib takrorlash san’ati. Mumtoz poetikaga doir manbalarda “aks”, “tabdil” nomlari bilan ham keladi. T.a. dastlabki ma’lumot Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a” (11-a.) asarida keltirilgan bo‘lib, risolada mazkur san’at “aks” nomi bilan keltirilgan: “Aks lug‘atda “qayta takrorlash bo‘lib, bayt tarkibidagi jumla va so‘zlarni hamda oxirgi so ‘zni misra boshida takrorlashni “aks” derlar... Va agar aks amali bayt tarkibida sodir bo‘lsa, bunday aksni “komil aks” derlar va agar misra tarkibida amalga oshsa, bunday aksni “maxraj”, ya ’ni notamom (to ‘liq bo ‘lmagan) aks deb atarlar”.
T.a. san’ati takrorning qaysi o‘rinda kelishiga qarab ikki turga bo‘linadi:
komil (tugallangan) aks - T.a.ning bayt doirasida sodir bo‘lishi, bunda baytning birinchisi misrasidagi ikki so‘z yoki birikma ikkinchi misrada o‘rin almashinib takrorlanadi. Masalan,
Qaro ko ‘zum, kelu mardumlig ‘ emdi fan qilg ‘il,
Ko ‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg ‘il
(G‘aroyib us-sig‘ar, 371-g‘azal)
maxraj (tugallanmagan) aks - T.a.ning misra doirasida hosil qilinishi, bunda bir misradagi ikki so‘z shu misraning o‘zida o‘rin almashinib takrorlanadi:
Ki, haq taqdiridindur olam ichra,
YOmonu yaxshining yaxshi yomoni.
(Navodir ush-shabob, tarji’band)
T.a. san’ati mazmun nuqtai nazaridan ham ikki turga bo‘linadi:
mutahodiy aks. Bunday T.a.da ikki so‘z yoki iboraning tartibini o‘zgartirib takrorlash oqibatida yangi ma’no hosil qilinmaydi.
Har ne ul buzdi, bu barin tuzdi,
Bu barin tuzdi, har ne ul buzdi
(Sab’ai sayyor)
Do'stlaringiz bilan baham: |