Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Download 2.88 Mb.
bet4/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Adabiyot tarixini o‘rganishning metodologik asoslari va uni davrlashtirish tamoyillari. Adabiyot tarixi jamiyat tarixi tarkibida. Davrlashtirish tushunchasi, istilohlari va tamoyillari. Adabiy-badiiy hodisalar davrlashtirishning bosh tamoyili sifatida. Mumtoz adabiyot tushunchasi va uning xususiyatlari. O‘zbek adabiyoti tarixining taraqqiyot davrlari.


Islomga qadar yaratilgan adabiy yodgorliklar
(Eng qadimgi davrlardan VIII asrgacha)
Turonzamin qadimgi madaniy markazlardan biri sifatida. Qadimgi davrlardan eramizning VIII gacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar madaniyati, yozuvi va san'ati. Qadimgi shumer madaniyati va turkiy qavmlar tarixi. “Bilgamish” dostonining turk xalqlari eposiga munosabati.
Eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklar. Ularning asosiy manbalari. Mif va afsonalar qadimgi hayot aksi, tabiat haqidagi tasavvurlarining badiiy ifodasi ekanligi. Mif va afsonalarda badiiy xayolotning o‘rni. Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo xalqlariga doir ma'lumotlar.
Qahramonlik eposi. Markaziy Osiyo eposlar vatani ekanligi. Sharq epik adabiyotining mashhur qahramonlari. Qadimgi qahramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari: «To‘maris», «Shiroq». Xalq qissalari haqida ma'lumot. Iskandar to‘g‘risidagi qissalar.
Uyg‘ur yozuvidagi yodgorliklar. «Devonu lug‘atit turk» asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari. Alp Erto‘nga marsiyasi. Qadimgi afsona va qo‘shiqlar poetikasi. «Devonu lug‘otit turk»da munozara janrining ilk ildizlari. «Devon»dagi xalq maqollari poetikasi.
Qadimgi turk moniylik adabiyoti. Moniy va uning ta'limoti xususiyatlari. Moniylik - zardushtiylikning mahsuli sifatida. Moniylik she'rlarining mavzui. «Xuastuanift» (Moniylarning tavbanomasi) asarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Budda mazmunidagi turkiy adabiyot. Markaziy Osiyoda buddaviylikning xos xususiyatlari. «Oltun yoruq», «Shahzoda va bars» afsonalari.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling