Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi
Tajnissiz, ikki qofiyali tuyuq
Download 2.88 Mb.
|
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)
Tajnissiz, ikki qofiyali tuyuq. Namuna:
Bu viloyatqa muqayyad bo’lmag’il, Kel Xuroson jonibig’a azm qil, Gar borur bo’lsang erurman hamrihang, Var turursen men borurmen jazm qil. Bundаy tuyuqlаr Nаvоiy ijоdidа yo’q. Uning аsоsiy xususiyati vаznidаdir. Tаjnissiz tuyuqlаr Lutfiy ijоdidа tеz-tеz uchrаydi. Jumladan. Uning “Sensan sevarim” to’plamiga kirgan Uyqu uchti, jоng’а tushti vаlvаlа, Kеchа xo’blаr sоri o’g’rin ko’z sоlа, Bu yorug’lik jumlа xo’blаr yuzidur, Bir bаhоnа pеsh emаstur mаsh’аlа. Fоilоtun, fоilоtun, fоilun Navoiyning “X.m.” kulliyotining “Bаdое’ ul-vasat” devonida 13 ta tuyuq mavjud. Mazkur janr Navoiydan so’ng Bobur, Shayboniy, Ubaydiy, Munis, Ogahiy, Uvaysiy, Avaz O’tar, XX asr she’riyatida Habibiy, Sobir Abdulla Charxiylar ijodida taraqqiy etdi. N.Narzullayev, Abdumajid Shomirzayevlar ijodida tuyuqning zamonaviy adabiyotga tegishli namunalari kuzatiladi. Tuyuq janri tadqiqi bo’yicha XIX asrning 80-yillarifa Sulaymon Buxoriy, sharqshunoslar P.M.Melioranskiy, E. Gibb, A.I.Samaylovich, F.Kurrulizoda kabilar, XX asrda I.V.Stebleva, S.Aliyev, B.Valixo’jayev, R.Orzibekov, U.To’ychiyev, A.Bagirovlar samarali natijalarni qo’lga kiritdilar. VI. Qit’a arabcha so’z bolib, bo’lak, qism, parcha ma’nolarini anglatadi. X.K.Baranov qit’ani quyidagicha izohlaydi: 1) parcha (adabiy asar); 2) kichik she’r; 3) musiqa asari2. Qit’a adabiy istiloh sifatida mumtoz poeziyaning lirik janr bo’lib, arab, fors-tojik, o’zbek mumtoz she’riyatida keng tarqalgan. Bu janr rus va G’arbiy Yevropa she’riyatida fragment deb nomlangan. II. Qit’aning she’riy shakl sifatida paydo bo’lishi, shakllanishi qasida hamda g’azaldan ham qadimiy va tarixiydir. Ko’rgina poetic janrlar hali qasidadan ajralib chiqmagan davrda ham qit’a deb atalgan mustaqil sheriy badeha, parcha mavjud bo’lgan (I.M.Filshtinskiy). Qit’a ikki va undan ortiq baytdan iborat bo’ladi. Qofiyalanishi: a-b, d-b, h-b, f-b ba’zan a-a, b-b, d-d va h. Masalan, Kamol et kasbkim, olam uyiin a Sanga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq. b Jahondin notamom o’tmak biaynih, d Erur hammomidin nopok chiqmoq. b Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling