Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet92/105
Sana30.09.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690255
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

II.Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bog‘laydi, tobelik munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagicha:
1. Aniqlov bog‘lovchilari: ya’ni,-ki,-kim;
2. Sabab bog‘lovchilari: čünki, šuniŋ üčün, negäki, zerāki, nainki;
3. Shart bog‘lovchilari: agar, agarda, bašarti, agarči (garči), garčand, mādāmiki;
4. Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: goya, goyaki.
Ozarbayjon tilidagi bog‘lovchilar:
sodda bog‘lovchilar: ve “va”, hem “yana”, ham, ya, yaki, gah, bazan, yer “agar”, ančag, amma, bıraq, dexi “va”, meselen, ne-ne “na-na”, zira, goyaki, čünki-čünki, neinki “nainki”, hemčinin “yana”, keräk “agar”, jaxud “yoxud”, habele “shunday”, herčend “garči”;
murakkab bog‘lovchilar nisbatan ko‘proq, ular ikki va undan ortiq bog‘lovchilardan yoki ko‘rsatish olmoshining ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi bilan birikuvidan hosil bo‘ladi: ve hem, va yana, ve ne “na u na bunısı”, ve ja “yaki”, veyaxud “va yaxud”, ve heščinin “va šuningdek”, ve herčend “ va garčand”, madamki “madamiki”, herčend ki “garčandki”, kah da “va ba’zida”, hem de “va hamda”, va yainki “va yainki”, yainki de “va yainki”, ve ya ki “va yaki”, ve neinki, “va šuningdek”, ve ya da “unisi ham, bunisi”, ve yaxud da “nafaqat”, ve kah da “ va yaki”.
Chuvash tilida bog‘lovchilar son jihatdan juda kam. Eng ko‘p qo‘llanadigan bog‘lovchilar ta, te, tata “hamda”, ye-ye “yoki”, per-per “o‘sha-o‘sha”, aŋax-saŋax “ammo”, menšen tesen “shuning uchun”, yengen “agar”.
Yuklama. Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘z yuklamadir:čü, oq, ök, kinä, ginä, kïya, mä. Yuklama tuzilishi jihatidan ikki xil: a) affiks holidagi yuklamalar:-mi,-či,-a (-ya),-da,-u (-yu),-oq (-yoq)-ginä (-kinä,-qına); b) so‘z holidagi yuklamalar: axir, faqat, xuddi, nāhātki, hattā, hattāki.
Affiks holidagi yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi, faqat -mi,-oq (yoq),-ginä,-av, -yav yuklamalari so‘zga qo‘shib yoziladi: o‘zb.borasanmi?
Barcha turkiy tillarda yuklamalar alohida yordamchi so‘z turkumi sifatida ajratiladi. Yuklamalar leksik ma’no ifodalamaydi, gapda biror sintaktik vazifani bajarmaydi. Shunga ko‘ra yordamchi so‘zlarning bir turi sifatida qaraladi. Yuklamalar yordamchi so‘zlardan ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, yuklamalar bog‘lovchi va ko‘makchilar kabi so‘zlar o‘rtasidagi munosabatni, sintaktik aloqani yuzaga keltirmaydi.
Yuklamalarni alohida so‘z turkumi sifatida ajratish borasida bir qator olimlar o‘z munosabatlarini bildirishgan. Jumladan, Y. Abdurasulov qo‘shimcha yuklamalarni so‘z turkumi sifatida ajratishni ma’qul topmaydi: “Yuklamani turkumga ajratishning yana bir mushkul tomoni bor. Chunki yuklamalarning asosiy qismini turli modal ma’nolarni anglatadigan affiks-yuklamalar tashkil etadi. Shubhasiz, affikslar qanday ma’no ifodalashidan qat’iy nazar so‘z emas. Shuning uchun ularga so‘z turkumi deb qarash ham u qadar to‘g‘ri emas, balki ularni affikslarning o‘ziga xos guruhi deb qarash maqsadga muvofiqdir. Buni qanday hal qilish ham butun turkiyshunoslik oldidagi asosiy muammolardan biridir”27. Grammatik munosabat ifodalamaydigan qo‘shimchalar lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarga kiradi. Yuklamalarga shunchaki lug‘aviy shakl hosil qiluvchi sifatida qarash to‘g‘ri emas. Yuklamalar gapga so‘roq, ayiruv-chegaralov, gumon mazmunini beradi. Shu bois, yuklamalarning alohida turkum sifatida ajratilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar muayyan turkum doirasiga xoslangan bo‘ladi. Yuklamalar, deyarli, barcha turkum so‘zlariga qo‘shiladi. So‘zga ham, gapga ham qo‘shimcha ma’no beradi.
Turkiy tillarda yuklamalar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. So‘roq va taajjub yuklamalari: – ma//-mi,-či,-a,-ya.
Umumturkiy -ma//-mi so‘roq yuklamasi hozirgi hamma turkiy tillarda mavjud bo‘lib, har bir turkiy tilda kamida ikkitadan sakkiztagacha fonetik shakllariga ega: olt. ba// be, pa//pe, bo//be; xak., shor, qoz., q.qalp., no‘g‘. ma//ba//pa; o‘zb., uyg‘., tat. -mi//-ma va boshqalar. Misollar: tat. aqša barme? o‘zb. sog‘misan; qoz. üydemisin? turk. geldimi? shor. tayğıda aŋ koppe?; q.-qalp. kzba, ul ma? kabi.
Ayrim adabiyotlarda -ma//-mi so‘roq yuklamasining dastlab kuchaytiruv, taajjub yuklamasi sifatida qayd etilganligi, ba’zi tillarda bu yuklamadan keyin ma’noni kuchaytirish uchun ni//na so‘roq olmoshi ham qo‘shilishi aytiladi: qoz. yekevin-be? Üyde-me!?, birpas-pa?!; olt. kelde-be? gag. bulut-mu?, qirg‘. seneiŋ -bi? tuv. inda kim par-il, olarin-be, azi bistarni-be, xak. irah-pa, chagin-ma?,boshq. ol qilgen –me-ni? “u keldimi a?!”, xak. ol kilgen-me-ni, noğala min pargam-ni? “nega faqat men bordim-a?!” kabi.
So‘roq yuklamalaridan -a , -ya shakli faqat o‘zbek tilida mavjud bo‘lib, boshqa turkiy tillarda uchramaydi. So‘roq va taajjub yuklamasi -či ham faqat O‘rta Osiyo turkiy tillariga xosdir: qoz. sen-še?kelse-še, q.-qalp. ciz-še, o‘zb. gapirsang-chi, bolam, dardingni aytsang-chi?! (A.Muxtor), yaxshisi, kitob oqisam-chi, biznikiga bir kelsang- chi kabi.
Ayrim turkiy tillarda -či yuklamasi ifodalaydigan ma’no o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan boshqa yuklamalar vositasida ifodalanadi. Masalan, ozarbayjon tilida bas: bas siz “siz-chi?!”, sanin deyil,bas kimnidir; yoq. duu,daa: istegin-duu “eshiting-chi”.
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: –da// -ta, –ku, ham, -u, -yu,- oq, -yoq, -ki. Hozirgi turkiy tillarda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari kuchaytiruv, ta’kid bilan birga emotsional-ekspressiv, istak-xohish, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi.
Umumturkiy -da//-ta yuklamasi hamda uning variantlari o‘zi birikib kelgan so‘z (yo gap)ning ma’nosiga kuchaytiruv, ta’kid, ajratish kabi ekspressiv-emotsional ma’nolar beradi. Masalan, shor. men-da kerdim; olt. oy-da, qoy-da doq; xak. sin-de urgenerzin, q.-balq. bir zot-da aytalmadım; tat. Bašqalar bilanJixanša babay-da kilgen idi; turkm. tizrak oqıda “tezroq o‘qi-da”; chuv. vutra-da sunmaris, šıvra-da butmaris “o‘tda ham kuymadilar, suvga ham cho‘kmadilar”; qirg‘. jerda, suu da bizdeylerdiki; ne de guzel šey “qanday ajoyib narsa”; olt. bu derde qayın-da, aspak-ta, tit-ta ozup dat “bu yerda archa ham, tut ham, qayin ham o‘sib yotibti”; boshq. qıldı-da kitti; tat. korjik-ta yoklamağan, kurasiŋ; turkm. garrılar-da, yaašlar-da; xak. azıraan-daa adazı čoğıl emisken-de ijezi čoğıl “ularni ovqatlantiradigan otasi ham, sut beradigan onasi ham yo‘q”; chuv. seğet-te irtmere “soat o‘tmay”; tuv. indig bolza-daa “shunday bo‘lsa ham”, o‘zb. o‘zing bilasan-da va b.
-ku, ham, -u,-yu-oq,-yoq,-ki(-kim), asosan, kuchaytirish, ta’kid ma’nolarini bildiradi.
-ki yuklamasi: ozarb. bu-ki, sen-ki bilirsan, o getdi-ki, čališ-ki, bikar gazma-ki “ishlagin, bekor kezmagin”, aaval istädi-ki, ha hağığatı gızdan gizlatsin “u qizdan haqiqatni yashirishni istadi”; turk. išittim-ki kardeši gitmiš; öyle kiziyorum-ki “shunday qiziyapmanki”: o gadar xarjadiki “u shuncha ko‘p pul xarjladiki”; o‘zb. Bildimki, siz kelgan ekansiz; U shunday kattaki, tasavvur qila olmaysiz.
Hamyuklamasi o‘zi kuchaytirib yoki ta’kidlab kelgan so‘zdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Bu yuklama, aksariyat hollarda, ta’kid ma’nosini ifodalaydi: turk. men-em “men ham”, o‘zb. Uni ham o‘qitaman, o‘zim ham o‘qiyman (Shuhrat); Haqqim ham bor, imkonim ham bor ( A.Muxtor).

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling