Tovushlar cho‘ziqligi.Chuvash tilida shovqinli tovushlar faqat jarangsiz ko‘rinishda bo‘ladi. Tovushlar cho‘ziqligining fonetik holati ikkita unli orasida kelishi bilan aniqlanadi. Masalan, kukka, alla, anne, appa, eppin, perre, atte, čeččeva boshqalar.
Chuvash tilida barcha undoshlar qattiq va yumshoq ko‘rinishda bo‘ladi. Undoshlarning so‘zlardagi yumshoqligi yo, ya, i, u unlilari bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Undoshlar unlilardan oldin yoki keyin kelishidan qat’iy nazar undoshlarga palatalizatsiyalanuvchi bo‘lib ta’sir etadi. Bu xususiyat chuvash tilini rus tilidan farqlaydi. Rus tilida undoshlarning yumshoq talaffuz etilishida faqat regressiv assimilyatsiya holatlari kuzatiladi, chuvash tilida esa assimilyatsiyaning regressiv va progressiv holatlari kuzatiladi.
Chuvash tilining rus tilidan yana bir farqi – oldingi qator unlilarining qattiq undoshlar bilan mos kelmasligi. Bu tartibga rioya qilmaydigan yagona holat s tovushining jarangsiz va jarangli ko‘rinishidir. Bu tovush yumshoq talaffuz etilmaydi: sive “sovuq”, kekse “qisqa”, simes “yashil”, ese “sen”, esir “siz” va h.k.
Chuvash tilida undoshlarning yumshashi old qator unlilarining undan oldin yoki undan keyin keluvchi undoshlarga assimilyativ ta’siri asosida yuzaga keladi. Singarmonizm ta’siri tufayli so‘zlarda faqat old qator unlilar bilan orqa qator unlilari palatalizatsiyalashgan bo‘ladi, ammo shu bilan birga, chuvash tiliga xos bo‘lmagan orqa qator unlilarining yumshoq undoshlar bilan birga kelishi kuzatiladi. Bunday hollarda quyidagi 6ta yumshoq undosh kelishi mumkin: y, s, č, l, n, t. Masalan, tuy, somrak, puslax, čuxan, pačar, tapač va h.k; stovushidan qadimgi dj affrikati shakllangan, shuning uchun turk tilida unga dj, j, d, č, ymos keladi. Masalan, tat. suk, turk.yok, qirg‘.yuk, shor. dok.
Ushbu hollarda yumshoq l, n, t tovushlarining bo‘lishi hamda turli fonetik o‘zgarishlar natijasida y tovushining va oxirgi reduksiyalangan yo unlisining tushib qolishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |