Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»
Turkiy tillarda unlilar o‘zgarishi
Download 0.84 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unlilarning o‘zgarishi.
Turkiy tillarda unlilar o‘zgarishi.Chuvash adabiy tilida unlautdaа ning u ga o‘tishi kuzatiladi: baš chuv. пuс4; turk.tаp- “топмоқ”, chuv.tuр-; no‘g‘. jar- “yormoq” – chuv. čur.
Uyg‘ur tilida birinchi bo‘g‘indagi а ning keyingi bo‘g‘indagi i ta’sirida umlautlashuvi kuzatiladi: etи “uning oti”, белик “baliq”, elip “olib”, bеšim “boshim” (ko‘plikda bаšiм). a >ı: a fonemasining ıga o‘tishi bir qator turkiy tillarda uchraydi:tap-, tart- tuv. tıp-;tırt; jat- “yotmoq” – yoq. sıt-; jaz- “yozmoq” – chuv. šır-;saqla- – chuv. šıxla-, altın – chuv. ıldan;bal “asal” – chuv. пıл. a >i: al-“olmoq” – chuv. il-. Ba’zi so‘zlardagina a saqlanib qolgan: ata “ota” – chuv. atte. e >a: chuvash tili uchun xarakterli: ozarb. tən, “teng”, uyg‘. tən, chuv. tan; ozarb. kəs- “kesmoq”, uyg‘. kəs, chuv. kas; ozarb. tər “ter”, uyg‘. tər, chuv. tar. ə >i o‘zgarishi tatar, boshqird, chuvash, xakas tillari uchun xos: ozarb. ət, uyg‘. ət “tana”, tatar it “go‘sht”, boshq. it, xak. it. o>u o‘zgarishi tatar, boshqird, qisman, chuvash tillariga xos: toğız “to‘qqiz”: qoz., toğız, qirg‘: toğuz, turk. dokuz, boshq. tuğız, q-qalp. toğız, qum. toğuz, tat. tuğız. Bobo til davriga xos bo‘lgan cho‘ziq o:unlisi faqat turkman tilida uchraydi: jo:l, o:t “olov”, o:n, jo:q. Cho‘ziq ӧ:unlisiningүӧdiftongiga o‘tishi yoqut tilida kuzatiladi: turkm. gӧ:l - yoqut kүӧl; turkm. cӧ:k - yoqut. yӧx; turkm. dӧ:rt - yoqut. tүӧrt; ө: >’va. Chuvash tilida bir qator so‘zlardagi ӧ: unlisi -’va- birikmasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: chuv. kvak “ko‘k”, t’vada “to‘rt”. Diftonglar. Turkiy tillarda j(i) komponentli diftonglar mavjud. aj: tat. qajda “qayda”, “qozoq. qajda, qum. qajda, xak. xajda. əj: chuv. kajik “kiyik”; tat. kiək. oj: tat. ujna- “o‘ynamoq”, qirg‘. ojno-, xak. ojna-. Turkiy tillarda soxta diftonglar ham uchraydi: qazaq. tav “tog‘”; boshq. hiv “suv”, tat. kiəv “kuyov”; o, ө unlilari qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, qorachoy-balqar tillarida so‘z boshida diftonglashgan holda talaffuz etiladi: q-qalp. uoq “o‘q”, q-balq. uot “olov”, uon “o‘n”, qoz. uoraq “o‘roq”. Shunga o‘xshash talaffuz singarmonizm saqlangan ayrim o‘zbek shevalarida ham kuzatiladi. Chuvash tili turkiy tillardagi so‘z oxirida unli orttirilishi bilan ham xarakterlanadi: chuv. kule “ko‘l”: turk. gӧl; qirg‘. kӧl, tat. kül, chuv. uğ “o‘q”, turkm. oq; turk. ot. Bu hodisa oxirgi bo‘g‘inning aksariyat hollarda chuvash tiliga xos ochiq holatda bo‘lishi natijasidur. Chuvash adabiy tilida quyidagi unli tovushlar mavjud: a, a, e, yo, ı, o, u, ö,i. Chuvash tilidagi “a” tovushi rus tilidagi “a” tovushidan kelib chiqqan. Ba’zi bir so‘zlarning chuvash va rus tillarida talaffuz qilinishini solishtirish jarayonida, mazkur tovushlarning farqini kuzatish mumkin: qarantaŝ, karta, učitel “o‘qituvchi”, osen “kuz”, kofe “qahva”, parikmaxer “sartarosh” va h.k. a va yo reduksiyalangan unlilar bo‘lib, ular qadimgi u va o‘ tovushlaridan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. a tovushi urg‘uli bo‘g‘indan keyin xuddi rus tilidagi “o” tovushi kabi talaffuz qilinadi. a va o tovushlari urg‘u qabul qilishi mumkin: vakar, xerex, dene va boshqalar. Adabiy tilda birinchi bo‘g‘indagi so‘z kuchsiz seziluvchi urg‘u bilan aytiladi. o tovushi xuddi nemis tilidagi til oldi ifonemasi kabi talaffuz qilinadi. Qolgan jarangli unlilarning talaffuzi rus tilidagi unlilarga mos keluvchi tovushlar talaffuzidan farq qilmaydi. Chuvash tili dialektida o tovushi bo‘lgani holda chuvash adabiy tilida uning o‘rnida u fonemasi ishlatiladi. o tovushi esa faqatgina o‘zlashgan so‘zlarda uchrashi mumkin. Ayrim turkiy tillarda unlilar uyg‘unlashuvining buzilish holatlari kuzatiladi. Ushbu holat chuvash tilida ham uchraydi. Chuvash tilida qo‘shimcha bo‘g‘inlarda unlilar uyg‘unlashuviga hamma hollarda ham amal qilinavermaydi. Masalan, - sem ko‘plik qo‘shimchasi chuvash tilida orqa qator asoslariga ham, old qator asoslariga ham bir xil ko‘rinishda birikadi: ıvilmzem “o‘g‘illarim”, lajazem “otlar”, ešsem “ishlar”, enezem “sigirlar”. Chuvash tili vokalizmining boshqa bir o‘ziga xosligi shundaki, bunda ikki unlining yonma-yon kelishi mavjud emas. Biror bir unli tovushdan keyin boshqa unli kelmaydi. Agar so‘z yasalishida yoki morfologik tuzilishda ikkita unlining ketma-ket kelishi zarur bo‘lsa, bu holatda har ikki unlini bir-biridan ajratuvchi y yokin tovushi keladi. Hozirgi vaqtda ikkita qo‘sh unlilarni talaffuz qilishning artikulyatsion qiyinchiliklari bartaraf etilgan va ular chuvash tilida erkin muomaladadir. Masalan, kooperatsiya, poet, poema va h.k. Unlilarning o‘zgarishi.Chuvash tilida unlilarning o‘zgarishi juda keng tarqalgan hodisadir.a,o unlilari gap oxirida talaffuz etilmaydi. o unlisi so‘z oxirida kelganda, ayniqsa, murakkab so‘zlarda III shaxsga tegishli qo‘shimchasi bo‘lsa, bu affiksdan oldin sh tovushi keladi va qarindoshlik munosabatlarini, ya’ni kattalik va o‘lchamni bildiradi. Reduksiyaga uchragan unlilarning o‘zgaruvchanlik holati ba’zan so‘z o‘rtasida ham kelishi mumkin. So‘z yasalishida va so‘z o‘zgarishida esa tushib qoladi. ava younlilari so‘z o‘rtasida kelganda o‘zi bilan alohida bo‘g‘in hosil qiluvchi undosh tovushlarni ham tushirib qoldiradi, masalan, karantak-kantak “oyna”, ankarti- karti “poliz”, asatte- atte “bobo” va h.k. Urg‘u.Chuvash tilidagi urg‘u rus tiliga nisbatan kuchsizroqdir, agarda urg‘u reduksiyalangan unliga ega bo‘lmasa, u taqdirda hammavaqt so‘zning oxirgi bo‘g‘inida keladi. Agar so‘zning oxirgi bo‘g‘inida ayoki yo tovushi bo‘lsa, urg‘u to‘la unlili eng yaqin bo‘g‘inga ko‘chadi, so‘zda hamma unlilar reduksiyalangan bo‘lsa, adabiy tilda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi. Hozirgi turkiy tilarning, deyarli, hammasida har bir unli paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra oppozitsiya (ziddiyat) hosil qiladi: Orqa qator unlilar Old qator unlilar Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling