Filologiya fakulteti
Download 32.52 Kb.
|
kurs ishi 4- kurs
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi MAHMUDOVA MASHHURAning tayyorlagan KURS ISHI MAVZU: Formalizm ILMIY RAHBAR: M. Jo’rayeva Farg’ona -2020 Mutaxassislar adabiy asar tarkibini tizim sifatida o‘rganish uchun asos qilib oladigan tushuncha va istilohlar ham bir xil emas. An’anaviy ravishda bunday asos sifatidam ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ juftligini olish keng ommalashgan va ko'pchilik tomonidan e’tirof etilgan. Adabiyotshunoslikda, shuningdek, ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ tushunchalarini adabiy asarga nisbatan qo'llash o'rinsiz, umuman ortiqcha deguvchilar ham, ularning o'rniga boshqa tushunchalarni asos qilib olishni taklif etuvchilar ham bor. Jumladan, rus formal maktabi vakillari adabiyotda ≪mazmun≫ tushunchasi ortiqcha, ≪shakl≫ o‘rnida esa ≪material≫ tushunchasini qollagan ma’qulroq degan fikrni olg‘a surishgan. Yoki mashhur adabiyotshunos Y.M.Lotman ham ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ juftligini biryoqlama dualistik deb biladi va ularni mohiyatan monistik bolmish ≪struktura≫ va ≪ideya≫ tushunchalari bilan almashtirishni ma’qul ko'radi. Boshqa strukturalistlar bu kategoriyalarni yana ≪belgi≫ va ≪ma’no≫ tarzida almashtirishga Adabiyotshunoslikda badiiy asar ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ tarzida ikki asosga emas, uch asosga quriladi degan qarash ham mavjud. Bunday qarash kurtaklari harn antik davrlarga borib taqalsa-da, uni ilmiy jihatdan asoslagan holda fanga A.A.Potebnya olib kirgan, keyinchalik uning shogirdlari, davomchilari tomonidan rivojlantirilgan. Unga ko‘ra, san’at asarining uch jihati bor: tashqi shakl, ichki shakl va mazmun. Adabiyotga tatbiqan olinganda bu mos ravishda so‘z, obraz va g'oya demakdir. Bundan tashqari, fenomenologik adabiyotshunoslik vakillari (R.lngarden, N.Gartman) tomonidan taklif etilgan adabiy asarga ko‘p sathli hodisa sifatida qarash ham mavjud. Sirasi, ikki asosli va ko‘p sathli yondashuvlar bir-birini inkor qilmaydi, aksincha, ular bir-birini toldiradi. Zero, strukturasiga ko'ra adabiy asar ko‘p sathli, biroq uning mavjudligi hamisha ikki tomonli: oldingi plani - biz hissiy idrok etadigan predmetlilik (shakl), orqa plani - mohiyatida esa muayyan mazmun botindir. Tushunarliroq bolishi uchun umumiydan xususiyga borish ma’qulroq ko'rinadiki, avval bilish bilan bogliq universal tushunchalar sanaluvchi ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ga qisqacha to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Voqelikda mavjud narsalarning bari o'zining tashqi ko'rinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashiiayotgan mohiyatiga (mazmun) ega. Shu sababli ham ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ kategoriyalari umumfalsafiy xarakterga ega bo'lib, ular voqelikni (narsa-hodisani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya deyilishining boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bolinish shartli, negaki, ular - yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bolgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zero, shakl narsaning biz bevosita ko'rib turgan, his qilayotgan tomoni bo’lsa, ayni shu shakl bizga o'sha narsaning nima ekanligini - mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda stul turgan bo'lsa, biz uning shaklini ko'ribgina ≪stul≫, ya’ni ≪0‘tirish uchun mo'ljallangan moslama≫ deb ayta olamiz. Stulga xos bo‘lgan tashqi ko’rinish uning shakli bolsa, mazmuni shu shakl ifodalayotgan ≪o'tirish uchun moljallangan moslama≫ ekanligidir. Ko'ramizki, shakl mazmunni ifodalaydi, mazmun esa muayyan shakldagina reallashadi, mavjud bola oladi. Deylik, o‘sha stulning shaklini parokanda qilsak - qismlarga ajratib yuborsak, shaklning yo'qolishi bilan mazmun ham yo‘qoladi, zero, endi narsaning o‘zi ham mavjud emas. Demak, mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bolmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Shakl va mazmun munosabati haqida so‘z borganda mazmunning yetakchiligi, uning shaklni belgilash xususiyati haqida aytiladi. Darhaqiqat, ikkilamchi tabiat (inson tomonidan yaratilgan narsalar)ga nazar solinsa, buni yaqqol ko'rish mumkin bo'ladi. Misol uchun, yana o‘sha stulni olaylik. Yuqorida ko'rganimiz ≪o'tirish uchun mo'ljallangan moslama≫ degan mazmun yasalajak buyumning parametrlarini belgilaydi: baiandligi, kengligi, suyanchiqqa eg bo’lishi, o‘tirg‘ichning old tomoni biroz ko‘tarilgan bo’lishi va hokazo. Ya’ni bu o'rinda shaklning mazmunga muvofiq bo'lishi talab qilinadi. Tasavvur qilingki: usta stulning oyoqlarini bir yarim metrdan qilib yasadi, natijada o‘tirg‘ich kishining yelkasi barobarturibdi; yoki o‘tirg‘ichning kattaligi shapaloqdek bo‘lsin. Albatta, har ikkala holda ham shaklning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga keladiki, oqibatda buyum 0‘zining qimmatini yo'qotadi. Mazmun 0‘zgarishga, yangilanishga moyil bolgani holda, shakl konservativlik xususiyatiga ega, ya’ni o‘zgarishga u qadar moyil emas, shakldagi o‘zgarishlar juda sekin kechadi. Aytaylik, ≪0‘tirish uchun mo'ljallangan moslama≫ degan mazmunga ≪bolalarning≫ aniqlovchisi qo'shilsa, shakl parametrlari o'zgaradi, stul kichikroq yasaladi. Endi unga ≪go‘daklarning≫ aniqlovchisini qo‘shsak, shaklga yana biror-bir qo'shimcha, masalan, go'dakni yiqilib tushishdan saqlovchi oid to‘siq qo'shiladi. Biroq, shunisi borki, barcha hollarda ham ≪o'tirish uchun mo'ljallangan moslama≫ o‘zining asosiy shakl ko'rsatkichlarini saqlab qolaveradi. Boshqa har qanday narsa singari badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun ≪badiiy shakl≫, ≪badiiy mazmun≫ degan tushunchalarning atigi ilmiy abstraksiyalar ekanligini unutmasligimiz kerak. Ya’ni biz yaxlit butunlik - badiiy asarni atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish maqsadidagina shu xil shartli bolishga yo‘1 qo’yamiz. Aslida esa, yuqorida ham aytdik, shakl mazmunsiz, mazmun esa shaklsiz mavjud bolmaydi. Zero, badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi bo‘lsa, mazmun o'sha shaklning ichki ma’nosi, mag'zidir. Badiiy asarda shakl va mazmun o‘zaro dialektik aloqada bo'lib, ular blr-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta’sir qiladi, bir-biriga o'tadi. Badiiy shakl bilan badiiy mazmun munosabatida ham mazmun yetakchiroq mavqega ega bo'lib, u shaklni hosil qilishda juda faoldir. San’atkor ijodiy niyatidan kelib chiqqan holda bo‘lg‘usi asarning shaklini belgilaydi, yana ham aniqrog'i, bo‘lg‘usi asarning mazmuni uning shaklini belgilaydi. Masalan, jamiyatning joriy holatini badiiy idrok etish, u haqdagi hukmini badiiy konsepsiya tarzidashakllantirish va ifodalash maqsadini ko'zlagan ijodkor roman shaklini tanlaydi. Chunki ayni shu shakl ijodiy niyatda ko‘zda tutilgan mazmunga har jihatdan muvofiq keladi va o‘sha niyatning ijrosi uchun imkon beradi. Shu bilan birga, badiiy shakl nisbiy mustaqillikka ham ega. Deylik, har bir davr adabiyotida ko'pchilik ijodkorlar tomonidan qollanib kelayotgan, o‘quvchi omma uchun tushunarli va o'zining nisbatan turg'un ko'rsatkichlariga ega shakllar mavjud. Shunga ko‘ra, san’atkor ifodalashni ko'zda tutgan mazmunni o'sha shakllar doirasiga sig’dirishga intiladi. Masalan, sahna uchun asar yozayotgan ijodkor uni pardalarga, ko‘rinishlarga boladi, syujet voqealarini ijro vaqtiga sig'di radi, dialoglarni sahna ijrosi uchun mos holga keltiradi, ularni remarkalar bilan ta’minlaydi va hokazo. Shu bilan birga, shakl va mazmun munosabatini tushuntirish maqsadi bilan keltirgan misollarimiz ijod jarayonining jo‘n tushunilishiga olib kelmasligi kerak. Zero, aslida, ijod jarayonida mazmun shakllanadi deyilgani to‘g‘riroq, chunki shu holdagina mazmun voqelanishi mumkin. Ya’ni Gegel aytmoqchi, ≪... mazmun shaklsiz emas, shakl esa ayni vaqtning o'zida mazmunda mavjud bo'lib, unga nisbatan tashqi narsadir1≫.1 Shundan kelib chiqqan holda faylasuf shaklning mazmunga, mazmunning esa shaklga o‘tib turishi haqida so‘z yuritadi. Mazmun va shaklning bir-biriga o'tishi genetik asosga ega. Buni muayyan turg'un janrlar misolida ham ko'rish mumkin. Masalan, g‘azal janri dastlab paydo bolganida mazmun hodisasi edi. Lining mazmun hodisasi bo‘lganini so‘zning lug'aviy ma’nosi ham yaqqol ko'rsatib turadi. Ya’ni so‘z ma’nosidan kelib chiqilsa, ≪ayollargaxushomad, maqtov, muhabbat≫ mazmunidagi she’riy asar borki g'azal deb yuritilgan. Keyinchalik, g‘azal ayni mazmunni ifodalash uchun eng optimal shakl kasb etgach, u shakl hodisasiga - turg'un she’riy janrga aylandi. Endi g'azal deb ataluvchi shaklda tamoman boshqa (mas., falsafiy, tasavvufiy, hajviy) mazmunni ifodalash ham mumkin bo'ldi. Xuddi shu gapni ≪novella≫ga nisbatan ham aytish mumkin. Italyancha ≪yangilik≫ so'zidan olingan ≪noveila≫ dastlab janr, ya’ni shakl hodisasi bo'lmay, mazmun hodisasi edi. Novella deyilganda an’anaviy voqeaband asarlardagi syujetlarni takrorlamaydigan, o'quvchida jonli qiziqish uyg'otuvchi yangi voqea-hodisadan xabar beruvchi asar tushunilgan. Ayni paytda, novella o'ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo‘lgan: qisqalik, syujetning shiddat bilan rivojlanishi, kutilmagan burilishlarga egaligi kabi. Keyinchalik novellaga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, o'ziga xos shakl - novella janri yuzaga keladi. Shuningdek, shakl va mazmunning bir-biriga o'tishini bir asar doirasida ham ko'rish mumkin. Bunda endi badiiy asarning ≪sistema≫ ekani, har qanday sistema quyi va yuqori darajadagi strukturaviy bo'laklardan, sathlardan iborat ekanligidan kelib chiqamiz. Deylik, asarning istalgan parchasini o‘qiganimizda bizga ≪eshitiladigan≫ nutqning moddiy tomoni (ritm, intonatsiya, vazn, qofiya) shu nutqiy bo‘lak mazmuniga nisbatan shakl bo'ladi. Ayni chog'da, nutq mazmuni kengayib borib ko‘z oldimizda voqealarni namoyon etadi, ya’ni u endi syujetga nisbatan shakldir. 0 ‘z navbatida, syujet xarakter va sharoitni namoyon etish shakli bolsa, xarakter va sharoit asarning yaxlit badiiy konsepsiyasini ifoda etish shaklidir. Ko'ryapmizki, har bir yuqori sath o'zidan oldingi sathga nisbatan mazmun, quyidagisi esa o'zidan keyingisiga nisbatan shakl o'laroq namoyon bo'lar ekan. Shakl konservativroq hodisa bo'lganidan o'zgarishga u qadar moyil emas, muayyan bir ko'rinishida uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega. Mazmun esa o'zgaruvchanlikka moyil hodisa bo‘lib, har bir badiiy asar mazmunan o'zicha originaldir. Sababi, o‘sha asarni yaratgan ijodkor - individ, u dunyoni o'zicha ko'radi va baholaydi. Shunga ko'ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham mazmunan original (originallik bu o'rinda ijobiy baho - o'ziga xoslik ma’nosida emas, balki boshqalarga aynan o'xshamaydigan degan ma’noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya badiiy adabiyotda o‘zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqlagan holda uzoq o‘tmishdan beri yashab keladi. E’tibor berilsa, mumtoz adabiyotimizdagi hikoyatlar bilan zamonaviy hikoya o'rtasida mushtarak nuqtalar borligini ko'rish qiyin emas, ya’ni o‘tgan vaqt ichida sodir bolgan tub shakliy o‘zgarishlar yo‘q. Holbuki, xuddi shu vaqt davomida ayni shu shakl doirasida minglab yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlarning son-sanog‘iga yetib bo'lmaydi. Al batta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o'ziga xosliklar kuzatiladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy belgilar saqlanib qolaveradi. Badiiy asar qimmatini belgilashda mazmun va shaklning uyg'un muvofiqligi eng muhim mezonlardan sanaladi. Badiiyat go'zal shaklda !fodalangan aktual, umuminsoniy qadriyatlarga mos mazmunni taqozo etadi. Adabiyotshunos badiiy asarni tahlil qilarkan, uning diqqat markazida shakl yoki mazmun iurishi mumkin. Lekin asosan shaklga e’tibor qaraigani holda ham adabiyotshunos uning mazmun tomonlarini nazardan soqit qilolmaydi; asarning mazmun jihatini tekshirayotgan olim ham o'sha mazmunning muayyan shaklda ifodalanayotganini unutmasligi shart qilinadi. Modomiki badiiy asarda shakl va mazmun uyg‘un birikarekan, shaklni badiiyat, mazmunni g'oyaviylik (bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi sifatida tushunib, har ikkisiga birdek e’tibor berish zarur, bu adabiyotshunoslikning ≪oltin qoida≫si sanaladi. E.Vohidovning "Ixlos" deb ataladigan she'ri bor. She'rdagi to’rt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va Grammatik qoidalarga mos tarzda o’zgaritirilganda, asar jozibasi yo’qqa chiqadi: Yigit qaytdi orzulari yoshdek to’kilib, Barbod bo’ldi qalbidagi buyuk ehtiros. Tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib, Sundi u kun pok yurakdan buyuk bir ixlos. Bu to’rtlikning birorta ham so’zini o’zgartirmagan holda grammatik qoidalarga muvofiq tarzdajoylashtirish mumkin: "Yigit orzulari yoshdek tukilib qaytdi. Qalbidagi buyuk ehtiros barbod bo’ldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib u kun pok yurakdan so’ndi". She'rda ifodalangan mazmunga zarracha ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan to’rtlikdagi gaplar juda to’gri joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan girt noto’gri yo’l tutildi va shaklga tajovuz qilingani uchun go’zal badiiy hodisa yo’qqa chiqarildi. Ko’rinadiki, badiiyat uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy asarlarda so’z emas, balki biror tovush yoki belgi o’zgartirib yuborilishi ham katta estetik talofatlarga sabab bo’ladi. Xullas, badiiy tahlilda o’quvchiga badiiy shaklni his etish, uning ahamiyatini anglash yo’llari o’rgatilsa, asardan tabiiy yusinda kelib chiqadigan badiiy ma'noni to’liq ilgab olishga muvaffaq bo’linadi. Shaklning ustuvor maqomi, badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda, shaklningmazmundan ajratib qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan "Hayrat ul-abror" asarida go’zal yo’sinda tasvir etilgan: So’z aro yolgon kibi yo’q nopisand, Aylar aning nazmini dono pisand. O’rnida tishlar duri manzum erur, Chun sochilar qiymati ma'lum erur. Vardu shajar shohid erur bog aro, Lek o’tin silkidadur tog aro. Munda parishonligi noxush qilib, Anda murattabligi dilkash qilib... Daftari nazmida chu sherozadur, Gul varagi gulshan aro tozadur. Uzdi chu sherozani daftari, El uchurur har varagin bir sari. Nazm anga gulshanda ochilmogligi, Nasr qaro yerga sochilmogligi. Bo’lmasa e'joz maqomida nazm, Bo’lmas edi Tengri kalomida nazm. Nazmda ham asl anga ma'ni durur, Bulsin aning surati har ne durur. Nazmki ma'ni anga margub emas. Ahli maoniy qoshida xo’b emas. Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida ma'ni dogi dilkash anga. Yorab, ani xalq dilafruzi et, Xasta Navoiyga dagi ruzi et. Shu o'rinda ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ tushunchalarini farqlash, adabiy asar tarkibini shu ikki asosga tayangan holda anglash XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida nemis estetik tafakkurida, xususan, Gegel falsafasida qaror topganini eslatish joiz. Bunga qadar esa antik zamonlardan boshlab asarga bir butun sifatida qaralgan, uni ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ tushunchalariga (garchi ular yaxshi ma’lum bo‘lsa-da), ajratib o'rganilmagan. Ta’kidlash kerakki, bu xil farqlash adabiy asarni, uning uzvlarini teranroq tahlil qilish imkoniyatini yaratdi. Avvaliga, buni Gegel misolida ham ko‘rish mumkin, adabiy asarning mazmun tomonlariga ustuvor ahamiyat berildi, badiiy g‘oya, badiiy xarakter masalalari chuqur tadqiq etildi. Ayni hol idealistik dunyoqarash bilan bogliq holda yuzaga keladi, Negaki, uning uchun eng muhimi - mutlaq g‘oya ifodasidir. Keyinchalik, realizm bosqichiga o'tilgani sari, har ikki tomonga birdek ahamiyat berish tamoyili kuchayib boradi. Shunisi ham borki, ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ farqlanishi bilan ularning dialektik birligini tushunmasdan mexanik tarzda ajratish ehtimoli ham yuzaga keldi. Natijada yuqorida aytganimiz ≪oltin qoida≫dan chekinish hollari ham kuzatiladi. Adabiyotshunoslikda shaklga ustuvor rutba beradigan oqim formalizm (shaklchilik) deyiladi. Sho’ro adabiyotshunosligida formal yondashuvga salbiy munosabatda bo’lib kelingan. Rasmiy o’zbek adabiyotshunosligi falsafiy va estetik ma'nodagi shakl hamda mazmun munosabati orasidagi farqqa e'tibor qilmaganligi uchun xam, formalizm mazmunni tan olmaydi, uni inkor qilish xisobiga shaklga e'tiborni kuchaytiradi deb xisoblagan. Xolbuki, formalistik yondashuvda ham mazmunli shakl (soderjatelnaya forma) muhim hisoblangan. hamma gap nimani mazmun deb hisoblashda ekani tan olingan. Formalistlar uchun badiiy asarda inson kayfiyatining qay yo’sinda ifodalanganligini aniqlash muhim sanalgan. Ular kayfiyatning o’zini, uning berilish Yo’sinini mazmun hisoblashgan. Formalizm turli shakliy jimjimalarga uchib, suzlar yaltiroqligiga mahliyo bo’lib, uning mazmunini nazardan qochirish hollari ham bo’lgan, albatta. Ammo formalistik yondashuvning syurrealizm, avangardizm, futurizm, konsturktivizm, dadaizm, neoavangardizm, imajanizm, shoizm va boshka kurinishlari tuzukkina badiiy namunalar bergan. Badiiy adabiyot mohiyatan har xillikka, rang-baranglikka intilishdir. Formalizm ana shu yo’ldagi ekstremistik, jangari izlanishlardir. Formalizm adabiy oqim sifatida Botishda 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida paydo buldi. Uning namoyandalari mazmunli shaklning jozibali, dilni kuvontiradigan, kuzga tashlanadigan bo’lishiga e'tibor qaratganlar. Botishdagi formalistlardan Andre Breton (1896-1966) "Syurrealizm manifesti" asarida: "Men kelajakda tush va ung singari" bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki holat qo’shilib va mutlaq reallikka, ya'ni syurreallikka aylanib ketishiga ishonaman,- deb yozadi. Chikish, ayniqsa, o’zbek adabiyoti bu xildagi izlanishlar bilan hamisha shug’ullanib kelgan tarafayn, musalsal, muammo, muvashshax, chiston, kitobat, topishmoq singari janrlar shakliy izlanishga asoslangan. Bu boradagi tajribalarning ayrimlari muvaffakiyatli, ba'zilari nochor bo’lgan. Formalizm bir tarkibli xodisa emas. Unda jangari betokatlik ham, kutilmagan shakliy mundarijaviy kashfiyot xam, dadil badiiy tajriba ham mavjud. Italiyalik futuristlar, ayniqsa, ularning doxiysi Filippo Marinetti (1876-1944) "Futurizmning birinchi manifesti" asarida: "Yashasin urush - faqat ugina dunyoni tozalashga qodir!" -deb yozadi. Buning bahosi o’zi bilan, albatta. Futuristik izlanishlar 20 asrning 20-30-yillari uzbek she'riyatida xam uchraydi (Eminjon Abbos ijodi). 20 asr adogidagi uzbek adabiyotida xam bu xildagi izlanishlar bo’lgan. B.Ruzimuxammad, Faxriyor, I. Otamurod, Go’zal Begim she'rlari, O.Muxtor, Xayrullo, Nabi Jaloliddin, Asad Dilmurod, Arslon Ne'mat, Abdugani Abdiyev kabi adiblarning hikoya, qissa va romanlari shu hildagi izlanish samaralaridir. Xullas, formalizmga bir qatlamli xodisa deb qaramaslik maqsadga muvofiqdir. Adabiyotshunoslik ilmida formal metod deb nomlanadigan nazariy konsepsiya xam borki, uni jumladan, shaklning ahamiyatini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mezoni deb biluvchilar formalistlar, ularning faoliyati o'laroq yuzaga keluvchi hodisa formalizm deb yuritiladi. Formalizm ko'rinishlari XIX asr oxiri - XX asr boshlaridan ham ijod amaliyotida, ham adabiyotshunoslik ilmida yuz ko'rsatdi. Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi futurizm, !majinizm, dadaizm kabi oqimlar badiiyatni asosan shaklda ko'rib, turli yangi badiiy shakllar ixtirosiga o‘tdilar. Biroq ularning aksar ixtirolari ≪shakl - shakl uchun≫ shiori ostida kechib, mazmundan ko'pincha ayro tushgani uchun-da samarasiz yakun topdi. 0‘z vaqtida ayni shu xil qarashlarni yoqlagan, ularni nazariy jihatdan asoslamoqchi bo‘lgan adabiyotshunoslarning ishlari ham badiiy asar tabiatiga nomuvofiq bo'lgani bois aksar biryoqlama bo'lib qoldi. Ta’kidlash kerakki, formalizmga batamom salbiy munosabatda bo’lish, uning adabiy-nazariy tafakkur rivojidagi o'rni va ahamiyatini mutlaqo inkor qilish ham to‘g‘ri bo'lmaydi. Avvalo, formalizm adabiyotshunoslikdagi psixologik maktabga zid o‘laroq maydonga chiqqanini yodda tutish kerak. Gap shundaki, biryoqlamalikka og‘ib ketgan psixologik maktab vakillari adabiyotshunoslikning maqsadi ijodkor ruhiyatini o‘rganish, adabiy asar esa shu maqsadga erishish vositasi deb bildi. Ya’ni adabiyotshunoslik uchun adabiy asar ilmiy o'rganish obyekti bo‘lmay qoldi. Formalizm vakillari shunga qarshi borib, adabiyotda ilmiy o‘rganish mumkin bo'lgan, ya’ni ilmiy tadqiqot obyekti bo‘ta oladigan yagona real narsa asarning shakli degan g'oya bilan chiqdi. Shuning uchun ham o‘z vaqtida B.Eyxenbaum: ≪Formal metod≫ maxsus metodologik tizim yaratilishi natijasida emas, balki adabiyot ilmining mustaqilligi va aniqligi uchun kurash jarayonida shakllandi≫1, - deb yozgan edi. Ikkinchi tomondan, formalistlarning badiiy asar shaklini o'rganishga ayricha e’tibor qilganlari adabiyotshunoslikda izsiz ketdi deyish ham insofdan emas. Ular badiiy asar shakliga xos ko‘p jihatlarni: badiiy til, uslub, she’r tuzilishi, she’r kompozitsiyasi, ritm, metr, syujet qurilishi, badiiy asar kompozitsiyasi kabi muhim poetika masalalarini maxsus va chuqur tadqiq etdilar. Xususan, rus formai maktabi vakillari bo’lmish V.B.Shklovskiy, B.M.Eyxenbaum, Y.N.Tinyanov, V.M.Jirmunskiy, V.V.Vinogradov, B.V.Tomashevskiy, G.Vinokur, R.Yakobson kabi olimlar amalga oshirgan tadqiqotlar adabiyotshunoslik rivojida muhim ahamiyatga molik bo‘ldi. Ularning izlanishlari keyinchalik struktur adabiyotshunoslik, semiotik tahlil kabi yo'nalishlar uchun asos, rivojlanish omili bo'lib xizmat qildi. Formal maktab namoyandalarining asarlari hozirda ham poetika sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar uchun boy manba, ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, adabiyotshunoslikda badiiy asarning shakliga ko‘z yumib, uning qimmatini mazmundan kelib chiqibgina baholashga urinishlar ham bo'lgan. Xususan, 20-yillar sho'ro adabiyotshunosligida mafkuraning sinfiy shartlanganligi haqidagi marksistik ta’limotni bayroq qilib oigan adabiyotshunoslar faoliyatida badiiy asarni faqat g‘oyaviy mazmunidan, sinfiy mohiyatidan kelib chiqib baholash amaliyoti kuzatiladi. 0 ‘zlarini mutlaqo yangi - proletar adabiyoti vakillari deb bilgan bu adabiyotshunoslar badiiy ijod toMaligicha jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar va ijodkorning sinfiy mansubligi bilan bevosita bog'liq deb hisoblaydilar. Ularning talqinidagi badiiy adabiyot bilan ijtimoiy fanlarning mazmun-mohiyati-yu maqsadlari mutlaqo farqsiz, adabiyot ijtimoiy hayotning shunchaki ≪obrazli illyustratsiyasi≫, xolos. Badiiy adabiyotning mohiyatini bunday tor va siyqa talqin qilish sho'ro adabiyotshunos- 1 Эйхенбаум Б. О литературе. Работы разных лет. - М., 1987. - С.375. ligida o‘sha yillariyoq keskin qoraiandi, unga ≪vulgar sotsiologizm ≫ degan nom berildi. Sirasi, ushbu nom hodisa mohiyatini aniq-ravshan ifodalaydi ham. Zero, birikmadagi ≪sotsiologizm≫ so‘zi ijtimoiy hayot bilan bog‘iiqlikni anglaisa, uni aniqlayotgan ≪vulgar≫ so'zi ≪siyqa≫, ≪qo'pol≫, ≪jo‘n≫ ma’nolarini ifodalaydi. Ya’ni vulgar sotsiologizm adabiyotning tabiatiga xos ijtimoiylikni jo'nlashtirib, siyqalashtirib talqin qiladi. Adabiyotga vulgar sotsiologik yondashuvning mohiyati, tahlil va baholash tamoyillari uning V.M.Friche, V.A.Keltuyala, V.F.Pereverzev kabi nazariyotchilari asarlarida, shuningdek, mafkuralashgan turli proletar yozuvchilar uyushmalarining nashrlari bo‘lmish ≪На литературном посту≫, ≪На посту≫ kabi jurnallarda chop qilingan maqolalarda aks etgan. Ta’kidlash kerakki, vulgar sotsiologizm badiiy adabiyotning san’at hodisasi ekanini inkor qilish, uni mafkura quroliga aylantirishning qo‘pol ko‘rinishi edi. Bunday deyishimizning boisi shuki, garchi sho‘ro adabiyotshunosligi vulgar sotsiologizmga o‘z vaqtida keskin zarba bergan bo‘lsa-da, uning o‘zi ham to oxirgi kunlariga qadar bir oyog‘i bilan shu mavqeda turdi, ya’ni mohiyatan u badiiy adabiyotga shu xil yondashuvning ≪yumshoq≫ variant edi, xolos. Sho‘ro davrida yangi tuzumni, kommunistlar partiyasini, proletariat dohiysini u!ug‘lagan badiiy jihatdan nochor asarlarning rag‘batlantirilib, chinakam badiiyat hodisasi sanalgan asarlarning e’tibordan chetda qolgani, eng yomoni, tazyiq ostiga olingani buning yorqin dalilidir. Ko‘rinadiki, badiiy asarni o‘rganishga jazm etgan adabiyotshunos, avvalo, uning tabiatidan kelib chiqishi, asarning shakl va mazmun jihatlarini birlikda olib tekshirishi zarur ekan. Tabiiyki, badiiy asarni o'rganayotgan adabiyotshunos uning qaysidir bir jihatini diqqat markaziga qo'yishi mumkin. Biroq shunda ham, masalan, asar shakli haqida fikr yuritayotgan tadqiqotchi uning mazmunni uyushtirish va ifodalash, ta’sirchanligi-yu badiiy jozibasini oshirishdagi ahamiyatini; mazmun haqida fikr yuritganda uning shaklga qay darajada muvofiqligini nazardan qochirmasligi lozim boladi. Mazkur iasniflarning hammasida ham asosli va bahsli nuqtalarning mavjudligi shubhasiz. Shu bilan birga, agar ≪shakl≫ va ≪mazmun≫ iarzida farqlashning o‘z! shartli ekanini etiborga olsak, qachondir hammani birdek qanoatlantiradigan, hech bir savolga o'rin qoldirmaydigan tasnif amalga oshiriiishi mumkinligiga ham ko‘z yetmaydi. Deylik, agar syujet asardagi bir-biriga bog'liq voqealar jami deb tushunilsa - ham shakl, ham mazmun; agar unga voqealar orasidagi bog'lanishlar qanday amalga oshganini ko'rsatuvchi qolip (sxema) deb qaralsa - shakl; agar shu qolip uyushtirayotgan hayot materiali deb bilinsa – mazmun hodisasi sifatida tasnif etilishi lozim bo'ladi. Ya’ni tasnifning qanday bo'lishi ko‘p jihaidan masalaga yondashuv bilan ham bog'liq ekan. Shunga ko‘ra, masalaga yondashuvimizdan kelib chiqqan holda o‘z tasnifimizni aniqlab olishimiz zarur bo'ladi. Zero, ayni tasnif faoliyatimizda konkret adabiy asar tarkibini qanday tasavvur qilishimiz, pirovardida esa uni qanday tushunishimiz va baholashimizni belgilaydigan muhim omillardan biridir. Adabiy asar tarkibini tasnif etishda biz mazmunning shakini belgilovchilik xususiyati va badiiy ijod jarayoni algoritmini asos qilib olarniz. Shu asoslardan kelib chiqilsa, bizningcha, quyidagicha tasniflash to‘g‘ri bo'ladi: problema, tema, tendensiya, g ‘oya - mazmun unsurlari; til, ritm, obrazlar sistemasi, syujet, konflikt, kompozitsiya - shakl unsurlari. 1 , Гегель. Энциклопедия философских наук. Т.1. - М.: Мысль, 1974. - С.298. Download 32.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling