Filologiya fakulteti
Download 167.93 Kb.
|
Xaydaraliyeva Nozima 17.59. M.T.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI
- Asosiy adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI “O’ZBEK TILSHUNOSLIGI”KAFEDRASI “MATNSHUNOSLIK” FANIDAN XAYDARALIYEVA NOZIMAning MUSTAQIL ISHI Manbalar, tarixiy manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan. Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M.ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fan i shugʻullanadi.Manbashunoslik - tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] izlab topish, qayd etish, toʻplash, oʻrganish va qoʻllanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. M. tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshunoslik, metrologiya — oʻlchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshunoslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizmatika — tangashunoslik va sfragistika — muhrshunoslik) qatorida yetakchi oʻrinda turuvchi alohida ilmiy soha. M.ning bevosita tadqiqoti yozma manbalar ustida boʻlsada, ammo, uning asosiy ilmiy va amaliy uslubiyati tarixiy qadriyatlarning barcha turlarini oʻrganishda va tanqidiy tahlil etishda qoʻllaniladi. M. ikkiga — amaliy va nazariy M.ka boʻlinadi. Amaliy M. tarixning ayrim soha va yoʻnalishlari hamda davr va bosqichlari bilan shugʻullanib, izlab topilgan tarixiy manbalarni arxiv, muzey va kutubxonalarning maxsus xazinalarida toʻplash, qayd etish, saqlash, taʼmirlash va taʼriflash kabi ishlarni amalga oshiradi. Nazariy M. tarixiy manbalarning yaratilishi va ularda tarixiy voqeliklarning rivojlanish jarayonlarini aks ettirish tartibi, usullari, axborotlarning tarkibi va joylashish xususiyatlarini tadqiq etadi. Manbalarni tartibga solish va turkumlarga ajratish asoslarini ishlab chiqadi, ularning umumiy va maxsus turlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish uslubini belgilab beradi. M.ning nazariy masalalari, asosan, yozma manbalar zaminidagi tarixiy asar va hujjatlarga binoan hal etiladi Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayonida quyidagi masalalar belgilab olinadi: qoʻlyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va soʻnggi qoʻshimcha yoki ilovalarini belgilash; manbaning yuzaga kelishi, asliy yoki koʻchirma nusxaligini aniqlash; M. jihatidan qoʻlyozma matni qanchalik toʻliqligi, unda berilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va anikligi hamda bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayoni M. jihatdan keng qamrovlik va mukammallikni taqozo etadi. Shu boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davrining anikligi M.da muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, yozilgan yoki koʻchirilgan vaqti qayd etilmagan asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi. Bunday holat ayniqsa qad. dunyo va oʻrta asrlar yozma yodgorliklariga xosdir. Yozma manbalarni yuzaga kelish tarixini oʻrganish borasida asarning yili, yozilish uslubi, matnda uchraydigan davr va sanalar, ogʻirlik va uzunlik oʻlchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgilash M.da ayniqsa muhimdir. Chunki tarixiy asarlarning aksariyati oʻz davrida muallifi tomonidan maʼlum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar kiritilgan boʻlsa, keyinchalik esa uning muharrirtarjimonlari yoki tegishli nazoratchilari tomonidan qandaydir oʻzgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshka tilga tarjima etilgan boʻlishi mumkin. Natijada matn, mazmun va gʻoyaviy yoʻnalish jihatidan aslidan oʻzgacha nusxalari paydo boʻlgan. Shu boisdan tarixiy manba muallifi, tarjimoni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir. Manbalarning asliy va koʻchirma nusxalarining yaratilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan muarrixlarni belgilab olish bilan manba nusxalari, ayniqsa tarjimalarining qanchalik asliga monandligi hamda ularda keltirilgan tarixiy atama, nom va sanalarning haqqoniyligi aniqlab olinadi. M. koʻp asrlik tarixga ega. Amaliy M. dastavval Sharqning Misr va Mesopotamiya kabi qad. madaniyat uchoklarida qad. podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshq-aruv tizimlari shakllanayotgan davrlarda yuzaga keldi. M.ning ilk omillari dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdosotiq kabi xoʻjaliklarning kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy ehtiyojlar yaratgan eng qad. yozuvlar (Misr iyerogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy bilimlarning vujudga kelishi bilan chambarchas bogʻliq holda paydo boʻldi. M.ning asosi hisoblangan ilk yozuvlar miloddan avvalgi 4ming yillikda shakllandi. Eng qad. hujjatlar tosh, sopol, poʻstloq, xom gisht, yogoch, teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar, nasihatnoma va diniy sheʼrlar yozilgan boʻlsa, keyinchalik podsholiklar tashkil topgach, podshoh qonunlari (Hammurapi, miloddan avvalgi 1792—1750 yil, Xett, miloddan avvalgi 2-ming yillik — qonunlari toʻplami), madhiya (gimn)lar, davlatlararo bitimlar (miloddan avvalgi 1280 yil Xattusili III va Ramzes II larning tinchlik shartnomasi) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va oʻlka haritalar (Misr, Urartu, Bobil va ularning tevarak atroflari) chizilgan. Haqiqiy tarixiy hujjat tusini olgan bunday qad. lavhalar miloddan avvalgi 4ming yilliklarda kuchirilib, uziga xos kitoblar yaratilgan va ularni saklash uchun kutubxona va ar-xivlar tashkil etilgan (Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur shaharlari). Mas, birgina Ossuriya podshohi Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. Oʻsha davrlardayoq Shumer, Akkad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar kuchiruvchi va ularni jamlab saklovchi davlat kotib (mirzo)lari tayyorlanib, amaliy M.ka asos solingan. Mesopotamiya arxivi va kutubxonalaridan esa hatto miloddan avvalgi 3ming yillikka mansub mamlakat tarixi va geografiyasiga oid maʼlumotlar topilgan. Tarixiy hujjatlar va yozma manbalarga tanqidiy yondashish, ularda keltirilgan maʼlumotlarni taxlil qilish va asarlar yaratishda manbalardan foydalanish yullari qad. dunyo tarixchilarining nomi va tarixnavislik ijodi bilan bogʻliqdir. Dastlab yunon muarrixi Gerodot ayrim yozma manbalarga shubha kuzi bilan boqqan boʻlsa, Polibiy, Livii, Tatsit, Iosif Flaviy kabi tarixchilar oʻz asarlarida manbalarni tanqidiy ajratish, bir-biriga zid maʼlumotlarni solishtirish bilan tarixiy manbalarni tekshirib koʻrish yoʻlini qoʻllaganlar. Oʻrta asrlarda manbalarga tanqidiy munosabatda boʻlish deyarlik barham topgan boʻlsada, ammo Uygʻonish davrida u qayta jonlandi. Uning rivojiga maʼlum darajada gumaiistlar oʻz hissalarini qoʻshdilar. 16— 17-asrlarda M.ning rivojlanishi, asosan, diplomatiya ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻlangan boʻlsada, ammo bu davrda yozma manbalar, tarixiy hujjatlarni ilmiynazariy tadqiq qilish uslubiyati va amaliy usullari (B. G. Nibur, L. Ranke, T. Mom-mzen) ishlab chiqildi. Oʻzbekistonda amaliy M.ning yuzaga kelishi va rivoji, agarda arxeologik topilmalarga asoslanilsa, bir necha ming yillik tarix bilan uzviy bogʻlanadi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestonint charmga bitilgan ilk nusxalari hamda qad. Niso vaTuproqqalʼa shahar harobalaridan topilgan charm, yogʻoch va sopol boʻlaklariga yozilgan xoʻjalik hujjatlarining guvohlik berishicha, qad. Turon hududlarida ilk qoʻlyozma manbalar miloddan avvalgi 1ming yillikda yuzaga kelgan. Ular shahar ibodatxonalari va poytaxtlarda qad koʻtargan podshoh qarorgohlarida saqlangan. Mac, Koʻhna Niso harobalarida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida 2 mingdan ortiqroq sopol boʻlaklariga parfiya yozuvi bilan bitilgan xoʻjalik hujjatlari topilgan. Ularda Nisoning 17 bogʻdorchilik tumani va 10 ta qishlogʻidan qaysi yilda qancha miqsorda musallas keltirilib topshirilgani qayd etiladi. Xorazmshoxlarning qad. poytaxti Tuttroqqalʼa harobalaridan qazib ochilgan podsholik arxividan esa teri va yogʻochga yozilgan 100 dan ortiq kirim hujjatlari topilgan. Ularda podsho xazinasiga tushgan soliqlarning nomi, miqdori va qayerdan keltirilgani belgilangan. Yogʻochga bitilgan hujjatlarda esa, ozod, qul, xizmatkor, malika choʻrilari, shahzoda xizmatkorlari, qullari kabi qad. Xorazmda hukm surgan ijtimoiy hayot bilan bogʻliq tabaqalarni belgilovchi atama va iboralar tilga olingan. Oʻzbekiston hududida qayd etilgan bunday yozma yodgorliklar va ularning ibodatxona va podsho saroylarida saqlanishi, shubhasiz, bu hududda Baqtriya, Sugʻd va Xorazm kabi dehqonchilik vohalarida ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (ziroatkorlik, chorvachilik, hunarmandchilik) va savdosotiq mu-nosabatlarining kengayishi oqibatida tashkil topgan qad. davlat birlashmalarining va ularda boshqaruv tizimlarining shakllanishi bilan chambarchas bogʻliq tarzda yuzaga kelganidan dalolat beradi. Oʻrta asrlarda Arab xalifaligi, somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar boshqargan yirik davlatlarning tashkil to-pishi, poytaxt shaharlarda masjid, Madrasa va rasadxonalar qad koʻtarib "Bayt ulhikmat" (Bagʻdod), Dor ul-ilm (Xorazm, Samarqand), Dor ushshifo (Hirot) va kitobxonalar kabi ilm-fan va amaliyot dargohlarida bilimdon olimu-fuzalolarning toʻplanishi bilan, shubhasiz, M.ka eʼtibor kuchayadi. Bu davrda amaliy M. faoliyati birmuncha kengayib qoʻlyozma manbalarni ilmiy jihatdan tadqiq qilishga kirishiladi. Yozma asarlarni toʻplash, saqlash va nusxalar koʻchirish, noyoblarini oʻzga tillardan tarjima qilish bilan bir qatorda asar matnlarini qisqartirish, soʻnggi maʼlumotlar kiritilib, qisman boʻlsada, ularni toʻldirish ishlari kabi tahririyat ishlari ham amalga oshiriladi. Birgina "Bayt ul hikmat"da 9—11-asrlarda oʻrtaosiyolik olimlardan Yahyo ibn Abu Mansur, Muso al-Xorazmiy, Xolid Marvarrudiy, Abul Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy, Abul Fazl ibn Turk Xuttaloniy, Ahmad Fargʻoniy, Bonu Muso, Ahmad Saraxsiy, Abu Homid Sagʻoniy, Abdulloh ibn atTurk, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Talxa Xuzoiy, Ali ibn Rabbon atTabariylar faoliyat koʻrsatgan edilar. Bagʻdodda kutubxonalar ochilib Sharq va Gʻarb antik dunyosining ilmiy va maʼnaviy merosi oʻrganiladi. Hind, yunon, suryoniy, paxlaviy, sankskrit tillaridan koʻpgina asarlar arab tiliga tarjima qilinadi. 10—12-asrlarda Movarounnahrda tarix va geogr.ga qiziqish va mahalliy aholi tilida yozilgan asarlarga boʻlgan ehti-yojning ortishi bilan tarixiy kitoblar arab tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda Gardiziynij "Zayn ul-axbor" ("Xabarlar koʻrki"), Bayhaqiyinng 30 jildli "Tarixi oli Mahmud" ("Mahmud xonadoni tarixi") tarixiy asari, Maji-duddin Adnoning "Tarixi muluki Turkiston" ("Turkiston mamlakati tarixi"), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Tarixi Buxoro" kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan. 943—944 yillarda arab tilida yozilgan "Buxoro tarixi" kitobining tarjimoni va muharriri Abu Nasr Axmad Kuboviy asarning arab tilidan fors tiliga tarjima qilinishi haqida quy-idagilarni yozgan edi: "...Koʻpchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni oʻqishga ragʻbat koʻrgazmaganliklari sababli, doʻstlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qshshilar... 522 yilning jumad ul-avval oyida" (1128 yil may) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Birok, arab tilidagi nusxada keraqsiz va buning ustiga oʻqiganda [kishi] tabiatiga malollik orttiradigan narsalar [haqida ham] soʻzlangan ekan. U narsalarning bayoni [tarjimaga] kiritilmadi". 1178 yilda esa "Tarixi Buxoro" kitobi Muhammad ibn Zufar tomonidan 2marta qisqartirildi va tahrir etilib qayta bayon etildi. Ushbu asarning 2 marta qisqartirilib qayta yozilgan nusxasi hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda M.da tarixiy asardan nusxa koʻchirish bilan bir qatorda ularning tarjimasi muhim oʻrin tutgan. Asar matnlarini koʻchirib, tarjima qilishda, ayniqsa, joy nomlari (toponim), suvlar (gidronim), togʻlar (oronim)lar hamda shaxs ismlarini aniq va toʻgʻri yozilishi, buzilish hollari hamda oʻzga tillarga agʻdarish oqibatida yuzaga kelgan oʻzgarishlar kabi masalalarga jiddiy ahamiyat berilgan. Abu Rayhon Beruniy "Hindiston" asarida bu haqda quyidagilarni taʼkidlaydi: "Boshqa xalq mahalliy nomlarni buzib talaffuz etadi... tili boshqa boʻlgan qabilalar biron joyni egallaganlarida nomlar teztez oʻzgarib turadi... nomlarning maʼnosini boshqa tilga tarjima qilganda yoki talaffuzini osonlashtiradigan tovushlar bilan yozganda nomlar oʻzgarib ketadi. Koʻpincha, arablar chet el nomlarini, arabchalashtirib, shunday oʻzgartiradilar va buzib aytadilar" ("Hindiston"). Mac, Xasart (Sirdaryo) boʻyidagi shaharni turkiy aholi Yangikent va Janikent, arablar "Qariyat ulhadisa" (Yangi qishloq) va "Madinat ul-Jadida" (Yangi shahar), tojiklar Dehinav deb atashgan. Shy boisdan oʻrta asr M.da kutubxonalarda faoliyat koʻrsatadigan tarjimon, musannif va kotiblar tanlovida ularning tub joyligiga alohida eʼtibor bilan qaralgan. Chunki qoʻlyozma matnlarining bexato koʻchirilishi, joy nomlarining buzilmasdan toʻgʻri yozilishi va tarixiy asar tarjimalarining benuqsonligi koʻp jihatdan kotibu musanniflarning lingvistik salohiyatiga bogʻliq boʻlgan. Abulgʻoziy Bahodirxon "Shajarayi turk" nomli asarini yozishga kirishganida Rashiduddin Fazlullohning "Jome attavorix" va "Chingiznoma" kabi kitoblar va ularning nusxalaridan istifoda etgani haqida yozar ekan kitob nusxalarining qaytaqayta koʻchirilishi oqibatida matnlarining de-yarlik yarmi gʻaliz boʻlib qolganini taʼkidlaydi. M. tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti sifatida 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlarida shakllandi. M.ning rivojida Gʻarbiy Yevropa va Rossiya olimlaridan G. Droyzen, E. Berngeym, E.Frimen, Sh. V. Langlua, Sh. Senobos, N. M. Karamzin, V. N. Tatishchev, S. M. Solovyev, N. I. Kostomarov, V. O. Klyuchevskiy, A. A. Shaxmatov, A. S. Lappo — Danilevskiy va boshqa olimlarning tadqiqotlari va asarlari muhim ahami-yat kasb etdi. Bu davrda Sharq qoʻlyozma asarlarini toʻplash, tadqiq etish, boshqa tillarga tarjima qilish va nashrdan chiqarish bilan bogʻliq ilmiy-amaliy ishlar yoʻlga solinib, M.ning ilmiynazariy uslub iyati ishlab chiqildi. Bu borada SanktPeterburg kabi qator i. t. markazlarida faoliyat koʻrsatgan sharq-shunos olimlar — V. V. Bartolʼd, V. V.VelyaminovZernov, N. I. Veselovskiy, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, K. G. Zaleman, N. I. Ilminskiy, P. M. Melioranskiy, V. V. Radlov, V. R. Rozen, A. N. Samoylovich va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi. Turkistonda bu davrda, boshlangʻich tusda boʻlsada, arxeologiya, etn. va numizmatikaga oid topilma va maʼlumotlarni toʻplash, tadqiq etish, koʻrgazma va muzey fondlarini tashkil qilish boshlanadi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda (V. V. Bartold, V. L. Vyatkin, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, L. A. Zimin) dastlabki arxeologik qazishlar oʻtkaziladi. Bu izlanishlar va mahalliy havaskor oʻlkashunlar (Akram Askarov, Mirzo Abdulloh Buxoriy, Muhammad Vafo) jalb etiladi. Oʻzbekistonda shoʻrolar davrida, garchi fanga maʼlum darajada ahamiyat berilib, yetuk mutaxassis olimlar voyaga yetib, M. fani ilmiy-amaliy jihatda yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, ammo shoʻrolarning tuzumi xudbinlik va mahsudlik mafkurasi tufayli butun bir tarixiy davrlar (Amir Temur va temuriylar), oʻzbekona Sharq maʼnaviyati, serqirra davlatchilik va xoʻjalik yuritish hamda xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti bilan uzviy bogʻlangan sulolalar shajarasi va maʼrifat maktablari tarixiga doir noyob yozma manbalar va hujjatlar tadqiqot rejalaridan chetda qoldi. Oʻrta Osiyoda oliy taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqot institutlari tashkil to-pib keng koʻlamda rivojlanishi bilan tarixiy tadqiqot ishlari yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonda, xususan, FA tizimida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik, Tarix va Arxeologiya institutlarida olib borilgan i. t.lar natijasida M. alohida fan sifatida shakllandi va taraqqiy topdi. Oʻrta asr Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish, tarjima qilish va ularni toʻla sharhlar bilan nashr qilish ishi keng rivojlandi. Oʻzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutining Sharq qoʻlyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild qoʻlyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952—2000 yillar mobaynida "Sharq qoʻlyozmalari toʻplami"ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur toʻplamlarda fanning turli sohalari boʻyicha 8 mingdan ortiq arab, fors, oʻzbek va boshqa tillarda yozilgan qoʻlyozmalar sharhlab berilgan. Shular bilan bir qatorda bu davrda oʻrta asrlarning mashhur mutafakkirlari Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari"; Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya", "Masʼud qonuni", "Maʼdanshunoslik", "Farmakognoziya", "Munajjimlik sanʼati boshlangʻich tushunchalar"; Abu Bakr Roziyning "Sirlar siri kitobi"; Ali Qushchining "Astronomiyaga oid risola"; Mirzo Ulugʻbekning "Koʻragoniyning yangi jadvali", "Toʻrt ulus tari-xi"; Abu Bakr Narshaxiyning "Buxoro tarixi"; Abul Fazl Bayhaqiyning "Masʼud tarixi"; Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi"; Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"; Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy"; Hofiz Tanish alBuxoriyning "Abdullanoma"; Muhammad Yusuf Munshiyning "Muqimxon tarixi"; Mir Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma"; Mirzo Badeʼ Devonning "Raqamlar yigʻindisi"; Mirzo Abdulazim Somiyning "Mangʻ-it xonlari tarixi" va boshqa koʻpgina qoʻlyozma manbalar oʻzbek va rus tillarida nashr etildi. Shuningdek, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga doir muhim rasmiy hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovnoma, tilxat va boshqalar)ni kataloglashtirish va tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14— 16-asrlar va 20-asr rasmiy hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva, Koʻqon xonliklari va Buxoro amirligi arxiv materiallarini tadqiq etishga kirishildi. A. L. Troitskaya tomonidan "Qoʻqon xonligi arxiv hujjatlari" katalogi, A. R. Muhammadjonov tahriri ostida "Buxoro amirligi joy nomlari" (hujjatlar foto faksimili bilan) kitobi nashr etildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozma asarlar fondida saqlanayotgan manbalarni soha fanlari boʻyicha sharxlash va kataloglashtirish ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1997— 2001 yillar mobaynida "tarix", "tabiiy va aniq fanlar", "tabobat", YUNESKO hamkorligida "Sharq mini-atyuralari", Yaponiyaning Kioto unti bilan birgalikda "Xivaning qozilik hujjatlari" (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) kabi toʻplamkataloglar nashrdan chiqarildi. Bu maxsus toʻplamlarda arab, fors, oʻzbek tillarida yozilgan 4300 dan ziyodroq qoʻlyozma manbalar qisqacha sharhlangan. Bulardan tashqari, bu davrda "kabrtoshlar epigrafikasi" bilan shugʻullaniladi. 1997 yilda Visbaden shahrida doktor Lyudvig Rayxert nashriyotida "Shayboniylar qabr toshlaridagi bitiklar" (B. Bobojonov, A. Moʻminov, Yu. Paul) oʻzbek, nemis va rus tillarida chop etildi. Bu uziga xos bitiklar toʻplamida 16-asrga mansub 84 ta qabrtosh yozuvlari sharhlangan. Qab-rtosh epigrafikasi M.da alohida soha boʻlib, oʻrta asrlarda butun islom du-nyosida, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan yozuv sanʼati hisoblanadi Oʻzbekistonda M.ning taraqqiyotiga S. A. Azimjonova, M. A. Salye, A. A. Semyonov, A. K. Arende, P. G. Bulgakov, I. Abdullayev, B. Ahmedov, B. Valixoʻjayev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. Yepifanova, R. Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzayev, Q. Munirov, S. Mutalibov, G. Ostanova, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rustamov, H. Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fayziyev, A. Xoʻjayev, X. Hikmatullayev, Sh. M. Shoislomov, Olim Sharafuddinov, P. Shamsiyev, D. Yusupova, A. Oʻrinboyev kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. Ularning saʼyharakatlari va betinim tadqiqotlari tufayli Oʻzbekistonda milliy M. maktabi tashkil topdi. Hozirgi kunda bu maktabda B. Abduhalimov. A. Aytboyev, B. Bobojo-nov, O. Boʻriyev, Gʻ. Joʻrayeva, H. Karomatov, S. Karimova, A. Madraimov, X. Toʻrayev, M. Hasaniy kabi manbashunos tadqiqotchilar ijod qilmoqdalar Arab yozuvidagi manbalar qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va arxiv hujjatlari shaklida bo‘lib, ular arab, fors va turkiy tillarda bitilgan tarix, madaniyat, dunyoviy va diniy ilmlarga oid asarlardan iborat. Bu qo‘lyozmalarda o‘z davri san’ati darajasini ifodalovchi miniatyuralar, turli bezaklar, chizmalar ham mavjud. Ular Movarounnahrda kitobatning rivoji haqida muhim ma’lumotlar beradi. Mazkur kitoblar aholining turli qatlamlari uchun mo‘ljallanganligi bilan ham e’tiborga molik. Bunday qo‘lyozma fondlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida mavjud. Istiqlol yillari xalqimizning boy qo‘lyozma merosini saqlash, boyitish, undan foydalanish, targ‘ib qilish, tadqiq qilish va nashr etish sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi qurildi. Institut fondi 28 mingga yaqin jildga joylashgan 70 mingdan ortiq asar, risola, bayozlardan iborat. Fond yillar davomida to‘ldirilib, boyitib kelinmokda. Bu yerda 6 mingdan ortiq turli qo‘lyozma hujjat, maktublar ham saqlanadi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘lyozmalar, turli hujjatlar, rasmlar, xotiralar, fotosuratlarni to‘plovchi, saqlovchi va ko‘rgazmali materiallar tarzida namoyish etuvchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy maskandir. Muzeyda alohida qo‘lyozmalar fondidan tashqari O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivi ham mavjud. Qo‘lyozmalar fondida arab, fors va turkiy tillardagi turli fan sohalariga oid qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivida XX-XXI asrlarda yashab ijod qilgan o‘zbek shoir va yozuvchilari hamda adabiyotshunoslarining qo‘lyozmalari saqlanadi. Bulardan tashqari, maxsus ekspeditsiyalar va ilmiy safarlar chog‘ida mamlakatimizning turli shahar va tumanlaridan topilgan, chet ellardagi ajdodlarimiz ilmiy va adabiy merosiga oid materiallar yig‘ilib, filmlar qilingan va shu asosda qo‘lyozmalar va mikrofilmlar fondi barpo etilgan. Qo‘lyozmalar fondida 2000 ga yaqin qo‘lyozma va toshbosma kitoblar hamda fotonusxalar mavjud. Mazkur fondlardagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni ilmiy muomalaga kiritishning muhim bosqichi bo‘lgan tavsiflash va kataloglarini nashr qildirish sohasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Noyob qo‘lyozma asarlarning faksimel va albomlari nashr qilinayotir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yetakchi olimlari bilan uchrashuvi, qator ilmiy-tadqiqot muassasalarini Fanlar akademiyasi tizimida qaytadan shakllantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, chet ellarda malaka oshirish, xorijlik olimlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan farmonlari fan taraqqiyoti, xususan, ma’naviy merosimiz manbalari bo‘lgan qo‘lyozma asarlarni tadqiq etishni yangi bosqichga olib chiqdi. Ayni chog‘da mazkur uchrashuv va hujjatlar olimlarning ruhiyatini ko‘tarib yubordi. Yangicha g‘ayrat bilan qo‘lyozma merosimizni har tomonlama tadqiq va tashviq etish bo‘yicha tadbirlar tizimi ishlab chiqilmoqda. Vatanimizda qo‘lyozma merosimizni tadqiq va targ‘ib etish sohasida akademik ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tizimlarida samarali ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramay, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar ham mavjud. Oliy ta’lim tizimidagi o‘zbek filologiyasi fakultetlarida mumtoz o‘zbek adabiyoti o‘qitiladi. Lekin ularda mumtoz adabiyotimizning ayrim jihatlari shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan arab va forsiy tildagi adabiyotning xususiyatlari haqida ma’lumot berilmaydi. Zero, Vatanimizdan yetishib chiqqan ko‘plab ijodkorlar o‘z davrida arab yoki forsiy tillarda ijod qilganlar va o‘sha tildagi adabiyotning rivojiga barakali ta’sir o‘tkazgan. Bir paytlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar institutida qadimgi turkiy til, o‘rxun-enisey va sug‘d yozuvlari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan bo‘lim faoliyat olib borardi. Afsuski, ana shu bo‘lim ba’zi sabablarga ko‘ra tugatildi. Kelgusida Fanlar akademiyasi tizimidagi biron institutda ana shu bo‘lim faoliyati qaytadan tiklansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Sharq falsafasini qo‘lyozma manbalar asosida tadqiq etadigan mutaxassislar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Buning uchun mavjud falsafa fakultetlari qoshida Sharq falsafasi turli yo‘nalishlarda bakalavriyat bosqichidan boshlab o‘rgatilib, unda asosiy e’tibor talaba qaysi xalq falsafasini o‘rganayotgan bo‘lsa, o‘sha xalq tili va qo‘lyozma asarlarini o‘qiy oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. Zero, har qanday xalq falsafasiga bevosita birlamchi manba asosida milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bera oladigan o‘z olimlarimizni tayyorlashga zarurat sezilmoqda. Adabiy va tarixiy manbashunoslik sohasida ham xuddi shunday jihatlarni ko‘rishimiz mumkin.Bular bilan bir qatorda, xorijiy qo‘lyozma fondlar bilan yaqinroq aloqalarni o‘rnatib, ularda saqlanayotgan Vatanimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlari elektron bazasini tashkil qilish ham zarur. Ma’naviy merosimizning manbalari bo‘lgan qadimiy yozuvlarimiz va qo‘lyozma asarlarni asrab-avaylash, jamlash, foto yoki elektron nusxalarini xorijdan olib kelish, ilmiy tadqiq qilish bilan bir qatorda kelgusida ularni yana ham chuqurroq o‘rganish, tadqiqotlarning qamrovini kengaytirish va davomiyligini ta’minlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
Lixachev D.S. Tekstologiya. –M.-L.: ANS. 1962. SH.Sirojiddinov, S.Umarova. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b. Zufarov T. Xat ta’limi. –T.: Meriyus, 2010.. Qo‘shimcha adabiyotlar Alisher Navoiy. Hayrat-ul-abror. Ilmiy tanqidiy matn. (Tuzuvchi: Porso SHamsiev), –T.: Fan, 1970. Zohidov R. Sabotul ojizin – ilmiy-adabiy manba. –T.:Muharrir, 2012. Ismoilov M. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Akademnashr, 2010. Ishoqov F. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari. T.: “Fan”, 1976. Download 167.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling