Filologiya fakulteti
Download 87 Kb.
|
Dilshoda kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Ishning umumiy tavsifi Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
- Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim omil – bu ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir.
- - deganida ham ta’lim va tarbiyaning inson ma’naviyatidagi o’rniga to’xtalgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa
- I Bob.Fonetika.Boginning tuzilishi va tiplari haqida 1.1. Bog`in tuzilishi.
- 1.2. Bo` g`in tiplari. Bo` g`in tiplari
- II bob.Boginning til va nutqdagi ahamiyati.Bogin kochirish qoidalari 2.1.Bo`g`inning til va nutqdagi ahamiyati.
- 2.2.Bogin kochirish qoidalari Ko`chirish qoidalari
- Foydalanilgan adabiyotlar
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) Ta’lim yo`nalishi 6-3UZB-17-guruh talabasi Panoyeva Dilshodaning « Bo'g'in (sillabema)ning til va nutqdagi ahamiyati » mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent: A.R.Ahmedov BUXORO – 2020 Mavzu:Bo'g'in(sillabema) ning til va nutqdagi ahamiyati Reja: Kirish: Kurs ishining umumiy tavsifi I Bob.Fonetika.Bo'g'inning tuzilishi va tiplari haqida 1.1. Bo`g`in tuzilishi. 1.2. Bo`g`in tiplari. II bob.Bo'g'inning til va nutqdagi ahamiyati. Bo'g'in ko'chirish qoidalari 2.1.Bo`g`inning til va nutqdagi ahamiyati. 2.2.Bo'g'in ko'chirish qoidalari Umumiy xulosa Kirish Ishning umumiy tavsifi Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’rsatilganidek yosh avlodni jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk, yuksak ma’naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalashda barcha ta’lim sohalari kabi ona tili va boshlang’ich ta’limning ham muhim ahamiyati bor. Chunki o’quvchilarning ma’naviy kamol topishi ana shu davrdan e’tiboran shakllanadi. Shunday ekan, o’quvchilar tafakkurini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning o’rni muhimdir. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim omil – bu ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmuma’rifat, ta’lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan”1 - deganida ham ta’lim va tarbiyaning inson ma’naviyatidagi o’rniga to’xtalgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa, umumta’lim maktablari o’quvchilarining ma’naviyat kamolotini o’stirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatishda, nutq o’stirish va noannanaviy dars o’tishning o’rni beqiyosdir. Til – millat qiyofasining bir bo`lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o`zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog`liq. Mutaxassislarning so`zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo`qolib bormoqda. Bu o`z navbatida o`sha tilda so`zlashuvchi xalqlarning yo`qolishini anglatadi. YuNeSKO vakillarining so`zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so`zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo`lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo`lib, ularning 90 foizi yo`qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so`zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo`lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so`zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o`z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta'lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo`q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo`ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o`z tillaridan ko`ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo`lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to`g`ri keladi. To`g`ri, avvallari ham tillar paydo bo`lgan, muammolada bo`lib, ma'lum vaqtdan so`ng yo`q bo`lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo`qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo`qolib ketish havfida bo`lgan tillarning saqlab qolish yo`lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta'minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o`tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo`qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo`ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta'lim tizimida keng foydalanishni yo`lga qo`yish kerak. Til – millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o`z navbatida o`zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo`llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o`z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
Tilning o‟zаrо bоg‟liq vа bir-birini tаqоzо etuvchi bir nеchа qаtlаmlаrdаn ibоrаt ekаnligi hаqidаgi qаrаsh o‟zining uzоq tаriхigа egа. Хususаn, til tuzilishining аn‟аnаviy tilshunоslikdа uch qismgа: (fоnеtik, lеksik vа grаmmаtik qismlаrgа) bo‟linishi vа bu qismlаrni o‟rgаnаdigаn tilshunоslikning uchtа bo‟limining аjrаtilishi tilni аnа shundаy qаtlаmlаr butunligi sifаtidа tushunishning yorqin nаmunаsidir. Fоnеtikа – (gr. phone - tоvush) tilning kеng mа‟nоdа tоvush tuzilishini o‟rgаnuvchi tilshunоslikning bo‟limi. U tоvushlаr bilаn bоg‟liq bo‟lgаn hаr qаndаy hоdisаlаrni tеkshirаdi. SHu sаbаbli ungа tilning fаqаt tоvush tizimini tеkshiruvchi bo‟lim sifаtidа qаrаsh nоto‟g‟ri Hаr bir til o‟z fоnеtikаsigа egа. U shu tildаgi tоvushlаrning hоsil bo‟lishi vа tаlаffuzining o‟zigа хоs хususiyatlаrini, uning tаsnifi bilаn bоg‟liq mаsаlаlаrni o‟rgаnаdi, tаlаffuz vа yozuv munоsаbаtlаrini hаmdа urg‟u vа bo‟g‟in хususiyatlаrini tеkshirаdi. Fоnеtikа vа fоnоlоgiya. O‟zbеk tili fоnоlоgiyasinig shаkllаnishidа Е.D.Pоlivаnоv, G‟.Юnusоv, А.G‟ulоm, V.V.Rеshеtоv, А.M.SHchеrbаk, F.Аbdullаеv, SH.SHоаbdurаhmоnоv, А.Mаhmudоv, S.Оtаmirzаеvа, E.Umаrоv, А.Nurmоnоv kаbi tilshunоslаrning хizmаti kаttа bo‟ldi. А.А.Аbduаzizоv esа o‟zbеk tili fоnеmаlаrini pаrаdigmаtik vа sintаgmаtik аspеktdа mахsus o‟rgаnib, o‟zbеk tili fоnоlоgiyasini yuqоri cho‟qqigа ko‟tаrdi.U o’zbеk tilshunоsligidа birinchi mаrtа nutqning hаr bir fоnеtik bo’linishidа umumiylik-хususiylik diаlеktikаsining nаmоyon bo’lishini оchib bеrdi, ulаrni fаrqlоvchi mахsus аtаmаlаr tizimini o’zbеk tilshunоsligigа Еvrоpа tilshunоsligidаn оlib kirdi. А.Аbduаzizоv nutqni fоnеtik jihаtdаn o’zigаchа mаvjud bo’lgаn bаrchа muаlliflаr kаbi ibоrа (frаzа), tаkt, bo’g’in vа tоvushlаrgа bo’lаdi. Uning bоshqаlаrdаn fаrqi shundаki, bu birliklаrni u pаrаdigmаtik qаtоrdа bir-birigа qarama-qаrshi qo’yish mumkin bo’lgаn emik birliklаrgа zidlаydi: tоvush – fоnеmа, tаkt – tаktеmа, bo’g’in – sillаbеmа vа bоshqаlаr. SHuningdеk, u sеgmеnt birliklаr bilаn ustsеgmеnt birliklаrni аn’аnаgа ko’rа аjrаtgаn hоldа, urg’u, intоnаtsiyalаrni ustsеgmеnt birliklаrgа kiritаdi. Ustsеgmеnt birliklаrdа umumiylik-хususiylikni fаrqlаmоq uchun urg’u- аktsеntеmа, оhаng-intоnеmа аtаmаlаridаn fоydаlаnаdi. Emik birliklаrni аjrаtishdа bоsh mеzоn qilib mа’nо fаrqlаsh funktsiyasi оlinаdi. Muаyyan mа’nо fаrqlаsh хususiyatigа egа bo’lgаn bo’g’ingа sillаbеmа (хitоy, Undоsh fоnеmаlаrni tаsniflаshgа аsоs bo’lаdigаn bеlgilаr bilаn unli fоnеmаlаrni tаsniflаshgа аsоs bo’lаdigаn bеlgilаr bir хil emаs. Hаttо unli fоnеmаlаrni tаsniflаshdа hаm tаdqiqоtchilаr unlilаrning turli хil bеlgilаrigа tаyangаnining guvоhi bo’lаmiz.O’zbеk tilshunоsligidаgi аdаbiyotlаrdа unlilаrning ko’prоq uch bеlgisigа аsоsаn tаsnifi uchrаydi: 1) pаydо bo’lish o’rnigа ko’rа (оld qаtоr - оrqа qаtоr); 2) оg’izning оchilish vа tilning ko’tаrilish dаrаjаsigа ko’rа (kеng - o’rtа kеng - tоr); 3. lаbning ishtirоkigа ko’rа (lаblаngаn - lаblаnmаgаn). Unlilаrning pаydо bo’lish o’rnigа ko’rа tаsnifigа hоzirgi kundа ikki хilyondаshuvni ko’rаmiz. Birinchi yondаshuvgа muvоfiq, unlilаrning pаydо bo’lish o’rni, to’g’rirоg’i, tilning gоrizоntаl hаrаkаti e’tirоf etilаdi. Ikkinchi yondоshuvgа muvоfiq, unlilаrning pаydо bo’lish bеlgisi rаd etilаdi vа shuning uchun hаm bu bеlgigа ko’rа unlilаrning tаsnifi аsоssiz hisоblаnаdi. Unlilаrning pаydо bo’lish o’rnini e’tirоf etuvchilаrning o’zlаri hаm ikki guruhgа bo’linаdilаr. Birinchi guruh tilshunоslаr uch o’rinni (qаtоr) аjrаtаdilаr: til оldi (оld qаtоr), оrаliq (indiffеrеnt), til оrqа (оrqа qаtоr). Ikkinchi guruh tilshunоslаr esа ikki o’rinni - til оldi (оld qаtоr) vа til оrqа (оrqа qаtоr) ni e’tirоf etаdilаr. Fоnеtik o‟zgаrishlаr hаqidа. Fоnеmа so‟z vа mоrfеmаlаr ichidа yashаydi. Dеmаk, fоnеmаlаr so‟z vа mоrfеmаlаrning ichidа diskrеt elеmеnt sifаtidа o‟zаrо sintаgmаtik munоsаbаtdа bo‟lаdi. Hаr bir tildа so‟z vа mоrfеmаlаrning mа‟lum fоnеtik strukturа tiplаri mаvjud. Аmmо bu mаsаlа shu vаqtgа qаdаr tilshunоslikdа еtаrli o‟rgаnilmаdi. SHu bilаn birgа, mа‟lum so‟z bir nеchа mоrfеmаlаrdаn tаshkil tоpishi vа mа‟lum mоrfеmа turli mоrfеmik qurshоvdа turlichа аllоmоrflаr sifаtidа юzаgа chiqishi mumkin. Mаsаlаn, qizil+аr-qizаr (il-Ø), sаrig‟+аy-sаrg‟аy (i- Ø), bilаk+i-bilаgi (k-g) kаbi so‟zlаrdа qizilqiz, sаrig‟-sаrg‟, bilаk-bilаg mоrflаri bir mоrfеmаning mа‟lum pоzitsiyagа хоslаngаn turli vаriаntlаridir. Bu o‟rindа fоnеmа аlmаshinuvlаri hеch qаndаy fоnоlоgik funktsiya bаjаrmаydi.Tоvush аlmаshinuvi uzоq vаqtlаrdаn buyon lingvistlаr tоmоnidаn o‟rgаnilib kеlinаdi. Qiyosiy tilshunоslik o‟zining dаstlаbki tаrаqqiyot bоsqichidаyoq tоvush аlmаshinuvigа kаttа e‟tibоr bеrdi. Аyniqsа, gеrmаn tillаri tаdqiqоtchilаri bu mаsаlаni аlоhidа o‟rgаnаdilаr, chunki tоvush аlmаshinuvi gеrmаn tillаri mоrfоlоgiyasidа аsоsiy o‟rin egаllаr edi. O‟zbеk tili uchun singаrmоnizm o‟tkinchi hоdisа bo‟lgаnligi uchun, bu tildа аnglаsh (pеrtsеptiv) vа аjrаtish (dеlimitаtiv) funktsiyani lеksik urg‟u bаjаrаdi. Bo`g`in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasidir. Masalan: (o-na), ota(o-ta), bola(bo-la) kabi. Bo`g`in nutq oqimining tovushdan katta, so`zdan kichik (ba`zan bir so`zga teng) segment birligidir. Fonologik nuqtai nazardan bo`g`in sillabema deyiladi, uni O`rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi. Bo`g`in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo`g`inning markazi hisoblanadi- u undoshlarni o`ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytiladigan fonetik bo`lakni (bo`g`inni) hosil qiladi. Undoshlar o`zicha bo`g`in yasamaydi (sonorlar bundan mustasno). Ular unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi. kitob so`zidagi «ki-» bo`g`ini boshida kelgan «k» undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so`ng kuchsizlanib tugaydi, kitob so`zidagi «-tob» bo`g`ini oxirida kelgan «b» undoshi shunday. Ba`zan ikki bo`g`in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi, muddat (mud-dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala «dd» bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli boshlanib, kuchli tugaydi, oralig`ida esa bir oz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo`g`in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakterida bo`ladi. (16,q6-bet). Shunga ko`ra bo`g`in uch qismga bo`linadi. a) bo`g`in boshi- bo`g`in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo`lgan qism. b) bo`g`in markazi (bo`g`in balandligi). v) bo`g`in markazidan keyingi qism (bo`g`in balandligidan so`nggi qism). Unli (V) yoki unli qundosh (VC) tipidagi bo`g`inning boshi nulga teng bo`ladi, oqta (birinchi bo`g`in boshi nulga teng), olqma (birinchi bo`g`in boshi nulga teng). undoshqunli (CV) tipidagi bo`g`inning oxiri ham nulga teng, olqma («-ma» bo`g`inining oxiri nulga teng) kabi. O`zbek tilidagi umumturkiy so`zlarda, a) boshi nulga teng bo`g`in faqat so`z boshida uchraydi, oqta, uchqta kabi. b) boshi nulga teng bo`lgan bo`g`in birinchi bo`g`indan keyin qo`llanmaydi. Bu tipdagi bo`g`inning so`z o`rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha leksik o`zlashmalarda uchraydi, ma-o-rif (arabcha), a-or-ta (ruscha-baynalmilal) kabi. v) oxiri nulga teng (CV tipidagi) bo`g`in so`zning barcha qismlarida qo`llanishi mumkin, boqla, daqla kabi. g) bo`g`in boshida undoshlarning qatorlashib kelishi faqat ruscha-baynalmilal so`zlarda uchraydi, traktor (birinchi bo`g`in sxemasi- CCVC) kabi.
1) berkitilgan bo`g`in. U undosh bilan boshlanadi, olti so`zining ikkinchi bo`g`ini (-ti). 2) berkitilmagan bo`g`in. U unli tovush bilan boshlanadi, olti so`zining birinchi bo`g`ini (ol-). 3) yopiq bo`g`in. U undosh bilan tugaydi, olti so`zining birinchi bo`g`ini (ol-). 4) ochiq bo`g`in. U unli bilan tugaydi, olti so`zining oxirgi bo`g`ini (-ti). Tasnifning bu turida o-ta, o-na so`zlaridagi bir unlidan iborat bo`g`in, shuningdek, tartib, maktab so`zlaridagi «un-doshqunliqundosh» (CVC) tipidagi bo`g`inlar nazardan chetda qolgan. Shuning uchun mavjud adabiyotlarda bo`g`in tiplari tasnifining boshqa ko`rinishlari ham uchraydi. Masalan, M. Mirtojiev bo`g`in tiplarini shunday tasnif qiladi,
ochiq boshlanuvchi ochiq bo`g`in, aqna,oqla,iqliq kabi so`zlarning birinchi bo`g`ini. g`) ochiq boshlanuvchi yopiq bo`g`in, olqtin, ilqgak, asqliy, arsqlon kabi so`zlarning birinchi bo`g`ini. q) yopiq boshlanuvchi yopiq bo`gin, borqmoq, qiyqshiq, nonqvoy, rasqsom kabi so`zlarning barcha bo`g`inlari. 4) yopiq boshlanuvchi ochiq bo`g`in, daqla, qoqra, saqra kabi so`zlarning barcha bo`g`inlari. M.Mirtojiev unli va undoshlardagi ovoz va shovqin miqdori har xil bo`lishini nazarda tutib, bo`g`inning akustik tasnifini ham beradi. U shunday deydi, «Unli va undosh tovushlar tarkibida, bizga ma`lumki, un va shovqin miqdori turlichadir. Agar ularni ball tizimiga asoslangan shkala bo`yicha hisoblasak, unlilar 4 ball, sonorlar q ball, jaranglilar g` ball, jarangsizlar esa 1 ball deb qaralishi mumkin. Shunga ko`ra bo`g`in tovushlarini tavsiflasak, bo`g`inlar har xil turlarga bo`linadi. Albatta, bunda bo`g`inning boshi va oxiri nazarda tutiladi, 1) silliq (bo`g`in boshi va oxiri yo`q, kesilgan holatda). Masalan, aqeqroqplan so`zining birinchi va ikkinchi bo`g`ini shunday. 2) kuchayuvchi (yopiq boshlanuvchi ochiq bo`g`in tiplari e`tiborda tutiladi). Masalan, ma, de, shu, bu so`zlarini tarkib toptirgan bo`g`in shunday. q) pasayuvchi (ochiq boshlanuvchi yopiq bo`g`in tiplari e`tiborda tutiladi). Masalan, ot, ol, it, et kabi. 4) kuchayuvchi-pasayuvchi (to`la, ya`ni yopiq boshlanuvchi yopiq bo`-g`in...tiplari e`tiborda tutiladi). Masalan, ko`z,non, bir, tur kabi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, briqgaqdir so`zining birinchi bo`g`ini ham kuchayuvchi bo`g`in deb qaraladi. Ammo uning bo`g`in boshi ikki undoshdan iborat. Shunga qaramay ular ball shkalasiga ko`ra har xil, ya`ni g`-q-4 deb olinadi. Unda tovushlar kuchayib borganligi kuzatiladi...»(16,4q-44). Ilmiy adabiyotlarda bo`g`in tiplari tasnifining yana boshqa turlari ham bor. Xususan, taniqli fonetist A. Mahmudov bo`g`inlarni quyidagicha tasnif qiladi, 1)to`la ochiq bo`g`in. U faqat unlidan iborat bo`ladi, aqna, aqka, oqpa so`zlarining birinchi bo`g`ini. 2)to`la yopiq bo`g`in. Bunday bo`g`in undosh bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi, tar-tib, tar-vuz so`zlaridangi barcha bo`g`inlar. q)boshi yopiq bo`g`in. Bunday bo`g`in undosh bilan boshlanib, unli bilan tugaydi, boqla, taqna so`zlaridagi barcha bo`g`inlar. 4)oxiri yopiq bo`g`in. Bunday bo`g`in unli bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi, orqtiq, O`rqta so`zlarining birinchi bo`g`inlari. Muallif to`la yopiq bo`g`in strukturasi 7 xil bo`lishini ta`kidlaydi, 1)CVC -bet,kuch. g`)CCVC-qrim,plan. q)CVCC- qirq, hind. 4)CCVCC –Dnepr,sport. O`)CVCCS–tekst,punkt. 6)CCCVC– shtraf,skver. 7)CCVCCC–Dnestr,Bratsk. Boshi yopiq bo`g`in uchga bo`linadi, 1)CV–bu. 2) CCV–drama,smena so`zlarining birinchi bo`g`ini. q) CCCV–Brno kabi. Oxiri yopiq bo`g`inning to`rt xil bo`lishi aniqlanadi, 1)VC-O`q, el,uy. 2)VCC- ayt,ilm,ark.q)VCCC- Omsk. 4)VCCCC- Ernst. Shunday qilib, muallif O`zbek tilidagi bo`g`inlar O`n besh strukturada ifodalanayotganligini ko`rsatadi 1 Bunda O`zbek tilining O`z va o`zlashgan qatlam so`zlari birga qaralgan.
Bo`g`inning til va nutqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat, 1. So`zning, xususan, fonetik so`zning shakllanishida «qurilish materiali» va qoliplovchi vazifalarni bajaradi. Ayrim tillarda bo`g`inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funktsiyasi ham bor. Masalan, koreys, v`etnam, xitoy tillarida bo`g`in ohang turiga qarab so`z ma`nosini farqlaydi, ayni shu xususiyati bo`lgan tillarda u sillabema hisoblanadi. O`zbek tilida bo`g`inning bu funktsiyasi nihoyatda kuchsizdir. 2. bo`g`inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor, birinchi sinf O`quvchilarini to`g`ri o`qish va to`g`ri yozishga O`rgatishda, ularda to`g`ri talaffuz va imlo ko`nikmalarini shakllantirishda bo`g`inlab o`qitish va bo`g`inlab yozdirish yaxshi natija beradi. q. Orfografiya qoidalarining bir qismi bo`g`in ko`chirilishiga asoslanadi. 4. Bo`g`inning she`riyatdagi turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta`minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she`riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn O`lchovi bo`lib xizmat qiladi. Quyidagi she`riy parchalarni qiyoslab ko`raylik,
Kuy avjida uzilmasin tor, She`r yarmida sinmasin qalam. Yashab bo`lmay umrini zinhor, Bu dunyodan ketmasin odam. (E.Vohidov. «Kuy avjida uzilmasin tor»). She`rlarim- chechagim, hayotim, She`rlarim boylikdir, bisotim, Yomg`irdan namlanmas qanot Oshaman bulutlar tog`idan! (A. Umariy. «Yomg`irda»). Keltirilgan bu ikki she`riy parchani bir-biriga ohang jihatdan solishtirsak, ularning to`qqizlik turkumiga mansubligi ma`lum bo`ladi, shunga qaramay bu ikki she`rning ritmik xususiyatlari bir xil emas. Buning sababi shuki, ularning har birida bo`g`inlar turlicha guruhlanib kelmoqda.
Ko`p bo`g`inli so`zning oldingi satrga sig`may qolgan qismi keyingi satrga bo`g`inlab ko`chiriladi: to`q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo`g`inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi. So`zning bosh yoki oxirgi bo`g`ini bir harfdan iborat bo`lsa, ular quyidagicha ko`chiriladi: 1) so`z boshidagi bir harfdan iborat bo`g`in yolg`iz o`zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi; 2) so`z oxiridagi bir harfdan iborat bo`g`in yolg`iz o`zi keyingi satrga ko`chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi. O`zlashma so`zlarning bo`g`inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko`chiriladi: 1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko`chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi; 2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko`chiriladi: silin-drik kabi. Bir tovushni ko`rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko`chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi. Bosh harflardan yoki bo`g`inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko`p xonali raqamlar satrdan satrga bo`lib ko`chirilmaydi: AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi. Harfdan iborat shartli belgi o`zi tegishli raqamdan ajratib ko`chirilmaydi: 5- “A” sinf, “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko`chirilmaydi: “Navro`z – 2015” (festival), “O`qituvchi – 91” (ko`rik tanlov), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (g`o`za navlari), “Boing – 767” (samolyot), “Foton -774” (televizor) kabi. A.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko`chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so`zdan ajratib ko`chirilmaydi. Umumiy xulosalar Bo'g'in so`zning, xususan, fonetik so`zning shakllanishida «qurilish materiali» va qoliplovchi vazifalarni bajaradi. Ayrim tillarda bo`g`inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funktsiyasi ham bor. Masalan, koreys, v`etnam, xitoy tillarida bo`g`in ohang turiga qarab so`z ma`nosini farqlaydi, ayni shu xususiyati bo`lgan tillarda u sillabema hisoblanadi. O`zbek tilida bo`g`inning bu funktsiyasi nihoyatda kuchsizdir. Bo`g`inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor, birinchi sinf O`quvchilarini to`g`ri o`qish va to`g`ri yozishga O`rgatishda, ularda to`g`ri talaffuz va imlo ko`nikmalarini shakllantirishda bo`g`inlab o`qitish va bo`g`inlab yozdirish yaxshi natija beradi. Orfografiya qoidalarining bir qismi bo`g`in ko`chirilishiga asoslanadi. 4. Bo`g`inning she`riyatdagi turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta`minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she`riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn O`lchovi bo`lib xizmat qiladi.
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent, 2005. 2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent. 1992. 3. G.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. Toshkent,1995. 4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O`zbek tili. Toshkent, 2004. 5. Sh.Ranmatullayev. Nozirgi adabiy O`zbek tili. Toshkent, 2007. 6. R.Sayfullaeva va b.Nozirgi O`zbek titi. Toshkent, 2009. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling