Buxoro Davlat Universiteti
Xorijiy tillar fakulteti “Filologiya va
Tillarni o’qitish: Ingliz tili” yo’nalishi
4-bosqich talabasi Iskandarova Marjonaga
amaliyot jarayoni yuzasidan Buxoro
viloyati Shofirkon tumanidagi
1-maktab ma’muriyati tomonidan
T A V S I F N O M A
Berildi ushbu tavsifnoma pedagogik amaliyotchi Iskandarova Marjonaga shu haqdakim: u ped amaliyot davomida darslarda yangi interfaol usullardan foydalangan holda o’quvchilarni qiziqishlarini rivojlantirdi.
Iskandarova Marjonaga darslarni asosan kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Davlat ta’lim standartlari talabi asosida o’tdi. Amaliyotda o’z tajribasini oshirish uchun u tajribali o’qituvchilar darslariga kirib ularni dars berish metodlarini o’rgandi, tadbirlar uyushtirdi. Iskandarova Marjonaning dars berish qobiliyatini kuzatishda maktabni tajribali o’qituvchilari uni darsiga kirdi. U dars davomida o’z ishiga sidqidildan yondashgan holda o’quvchilarning mustaqil fikrlash va ingliz tili savodxonligiini rivojlantirdi.
Iskandarova Marjona namunali va izlanuvchan amaliyotchi sifatida maktabimizda o’zini ko’rsata oldi. Ikki oylik 02.09.2020dan to 31.10.2020gacha bo’lgan amaliyot jarayonida 5-“A”, 5-“B”, 5-V” sinflarga darsga va dars tahlillariga kirib, maktab o’qituvchilari bilan yangi metod va uslublar almashdi.
Amaliyotchi Iskandarova Marjona maktabimiz ingliz tili o’qituvchilari bilan hamkorlikda amaliyotni namunali o’tadi.
Maktab ma’muriyati Iskandarova Marjonadan kelgusida o’z kasbini sevuvchi pedagog yetishib chiqishiga ishonadi.
Maktab direktori: Ostonova Sh.
Do'stlaringiz bilan baham: |