Navoiy davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni
o`qitish metodikasi” (Tarix) mutaxassisligi 2-kurs magistranti
Dilmurodova Marjonaning “Mustaqillik yillarida Karmana tumanining
iqtisodiy taraqqiyoti (Navoiy erkin-iqtisodiy zonasi misolida)”
mavzusidagi maqolasiga
TAQRIZ
Dilmurodova Marjonaning mazkur maqolasida mustaqillik yillarida O`zbekistonda ilk marotaba Navoiy viloyatida erkin-iqtisodiy zonaning yaratilishi, O‘zbekistonda bunday iqtisodiy zonalar yaratishning qonuniy asoslarini keltirgan.
Shuningdek, muallif o‘z maqolasida Navoiy erkin iqtisodiy zonasi va logistika markazi imkoniyatlarini yoritgan. Sanoatni rivojlantirishda ushbu zonaning ahamiyati sharhlagan. Ishlab chiqarish ko‘lamini tahlil qilgan.
Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, Navoiy erkin –iqtisodiy zonasining me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi hamda faoliyati batafsil, izchil, mantiqiy hamda iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘langan holda tahlil qilingan. Magistrant Dilmurodova Marjona maqolani tayyorlashda ilmiy adabiyotlar, mavzuga oid turli xil maqolalar va davriy matbuot materiallaridan foydalangan.
Umuman olganda, Dilmurodova Marjonaning “Mustaqillik yillarida Karmana tumanining iqtisodiy taraqqiyoti (Navoiy erkin-iqtisodiy zonasi misolida)” nomli maqolasidagi maʼlumotlar mustaqillik yillarida Karmana tumanining iqtisodiy taraqqiyotini o`rganish va tahlil etishdagi bilimlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Navoiy davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi” (Tarix) mutaxassisligi 2-kurs magistranti Dilmurodova Marjonaning “Mustaqillik yillarida Karmana tumanining iqtisodiy taraqqiyoti (Navoiy erkin-iqtisodiy zonasi misolida)” mavzusidagi maqolasini nashr etishga tavsiya etish mumkin.
Taqrizchi: Sh.S.Norov
tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD),
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”
kafedrasi mudiri
Do'stlaringiz bilan baham: |