Filosofiya tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati


Download 22.24 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2023
Hajmi22.24 Kb.
#1399634
  1   2   3
Bog'liq
falsafa1111


1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
1 - topshiriq. Ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda jadvalni to‘ldiring.

Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati.

Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari.

Falsafa fanining asosiy funksiyalari va tahlili.

Falsafa fanining bilimlar sohasi va muammolari.

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinad

Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning D.i paydo boʻladi.

Falsafaning vazifalari (funksiyalari). Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o`rni va ahamiyati uning dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, gnoseologik, evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari (funksiyalari) bilan belgilanad

Falsafa fanining muammolari, o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boradi.


Download 22.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling