tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz? Falsafa yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish»


Download 409.32 Kb.
Sana06.07.2020
Hajmi409.32 Kb.
#123136
Bog'liq
1-semenar mashgulot falsafa


1. Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.

Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha "philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.

F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.

F. Bekon va R. Dekart F.ni "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi.

F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.

F. tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. F. tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy F.si, hind F.si, Yevropa F.si ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik F.si, xristianlik F.si, buddaviylik F.si, islom F.sini koʻrsatish mumkin.

Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin.

Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.

Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik F. davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) F.ni (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr F.si kosmologik (gilozoistik) F. va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon F.siga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.

Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-asrlar), sharqiy islom F.si (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom F.si (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).

Ilk islom F.si davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom F.si (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom F.si (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. F.ning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F.si, tabiatshunoslik F.si, mantiq F.si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom F.si oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom F.si rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.

Yevropa F.si esa oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Toʻgʻri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va F.si, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa F.si sxolastik davri, Uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik F.si davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik F.si, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh.Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik F.si Gerder, Kant, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.

F. tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.



19—20-asrlardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer F.si, O.Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nitsshening hayot F.si, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va boshqa 21-asrga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va boshqa kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-asr F.sining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston F.si Sharq F.sining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qad. Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom F.si, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf F.si, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu F. jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston F.si oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-asrda shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Ishoqxon Ibrat, Soʻfizoda va boshqa Sharq F.si anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S.Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning F. tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida F. fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va F. taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar F. sohasida faoliyat koʻrsatdilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, F. fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J.M.Boboyev, H.Gʻ.Rasulov, AL.Ayupov, S.Azimov, I.Moʻminov, V. Zohidovlar F. faniga sezilarli hissa qoʻshishdi. Oʻzbekistonda F. tarixi (V.Zohidov, M.M.Xayrullayev, M. Baratov, h.F.Vohidov, A.Sharipov), tabiatshunoslik F.si va bilish nazariyasi (O.Fayzullayev, B.Ismoilov, J.Tulenov, K.Ivanova, M.Abdullayeva), mantiq (M.Xayrullayev, K.Haqberdiyev, M.X.Nurmatov, L.Ye.Garber), madaniyat F.si (K. Sodshov, S.Shermuhamedov, N.Gʻoyibov), din (S.Azimov, A. Ortitov, M.A.Usmonov, J.Bozorboyev), axloq (Y. Jumaboyev, XAliqulov, X.Shayxova), ijtimoiy F. va siyosatshunoslik (E.Yusupov, R.Abdushukurov, K.Valiyev, h.Pulatov, S.Tursunmuhamedov, Q.Xonazarov) yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi.
2.  Falsafaning bahs mavzulari nima?









3. Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz?
Umuminsoniy ma’naviyat - butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy boyliklardir.

Milliy ma’naviyat - boshqa millat ma’naviyatidan tubdan farq qilinadigan ma’naviyat degani emas. Chunki bizdagi milliy ma’naviyat boshqa xalqlarda muayyan tarzda bor, mavjuddir. Ammo milliy ma’naviyatda boshqa xalqlarning ma’naviyati aynan takrorlanmaydi. Shunday bo‘lganda edi milliy ma’naviyat bo‘lmas edi va biz bu haqda so‘zlamas ham edik.

Milliy ma’naviyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal shakllanmaydi. Milliy ma’naviyat tarixi millatning ma’naviy takomil jarayoni bilan bog‘liq. Unda ba’zan asrlar kunlarga va aksincha, kunlar asrlarga teng bo‘lishi mumkin. Milliy ma’naviy kamolot zamonda, ya’ni millatning butun tarixi davomida yuz beradi. Bunda esa u ba’zan shiddat bilan yuksalib borsa, ba’zan esa ma’lum darajada tanazzulga yuz tutishi ham mumkin. Insoniyat tarixiy jarayoni uchun bir narsa ayonki, tarix hodisalari, shaxslar, voqealar o‘tib ketadi, moddiy madaniyat unsurlari yemiriladi, ammo ma’naviyat yuksalib, boyib, tobora kengroq ko‘lam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyat qismi ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojiaviy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat yo‘qolmaydi, ko‘lami va mazmuni jihatdan o‘zi yetishgan kamolot bosqichini yo‘qotmaydi. Milliy ma’naviyat erishgan kamolot bosqichini yo‘qotish uchun (shu jumladan, umuman milliy ma’naviyatni ham) ajdodlar yaratgan barcha ma’naviy merosni mahv etish, insonlar xotirasini tamomila o‘chirib tashlash, ulardan hatto irsiy xotirani ham barbod qilib manqurtga aylantirish kerak bo‘ladi. Bunday holdan sizu bizni Ollohning o‘zi asrasin!

Ko‘rinadiki, milliy ma’naviyat hodisasi ham tarixiy, ham bugungi kunda mavjudligini saqlab turgan ko‘p o‘lchamli voqe’likdir. Inson ma’naviy olami o‘lchamlari cheksiz bo‘lib, uni hech bir narsa bilan o‘lchash, qiyoslash mumkin emas. Milliy ma’naviyat avvalo milliy ongda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikka erishganimizdan buyon milliy ongni rivojlantirishni tarbiyaviy ishning muhim bo‘g‘imi sifatida olib qaramoqdamiz. Milliy ongning rivojlanishi pirovard milliy o‘zlikni anglash sari yetaklaydi.

Milliy ma’naviyatning asosiy belgi va o‘zagi - milliy axloq sanaladi. Bizning milliy axloqimizdagi belgilar boshqa xalqlar axloqiy qarashlarida muayyan tarzda namoyon bo‘ladi.

Milliy ma’naviyatda - milliy his, tuyg‘u, ruhiyat ham muhim o‘rin egallaydi. Chunonchi, zamona taqozosi bilan boshqa yurtga safarga borgudek bo‘lsak va o‘sha yerda milliy kuy, qo‘shiqni eshitgudek bo‘lsak, bizning vujudimizni ajib bir his, tuyg‘u qamrab oladi va undan ruhiy huzur olamiz, qanoat hosil etamiz. Ya’ni ma’naviy ozuqalanamiz.

Milliy ma’naviyatda - milliy manfaat ham muhim rol o‘ynaydi. Sobiq Sho‘rolar davrida milliy manfaatni millatchilikka yo‘yganlar va milliy manfaat yuzasidan harakat qilgan kishilarni, rahbarlar va yozuvchilarni millatchi deb badnom etganlar.

O‘zbek xalqi uchun umuminsoniy ma’naviyat bilan birga milliy ma’naviyat va uning boyliklari ham g‘oyat qimmatlidir. Bularga o‘zbek xalqining o‘zi yaratgan, boyitgan, saqlab kelayotgan, avloddan-avlodga o‘tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan milliy-ma’naviy boyliklar, ajdodlardan qolgan axloqiy an’ana, marosimlar, axloqiy pand-nasihatlar va hokazolar kiradi.

O‘rta Osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosida, manbalarda o‘zbeklarda qadrlangan, o‘zbekona axloq, odobga oid ma’naviy fazilatlar haqida ko‘plab qimmatli fikr, ma’lumotlar mavjuddir. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida o‘zbeklarga xos bo‘lgan ko‘plab ma’naviy-axloqiy sifatlarni tasvirlaydi. Bular iymon va e’tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘lariga mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, savodxonlik, sahovatlilik, xushfe’llik, shirinso‘zlik, mardlik, odillik, hayolilik, saxiylik, odamiylik, oq ko‘ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalardir.

O‘zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o‘tmish milliy ma’naviyatining davomi bo‘lib ularga do‘stlik, o‘rtoqlik, mehmondo‘stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuomalalik, jamoa ichida o‘zini tuta bilishlik, hayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, ro‘zg‘orparvarlik, shirinso‘zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo‘ylik, halollik, oru-nomuslilik, to‘g‘rilik, rejalilik, poklik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, o‘tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g‘urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy, ma’naviy - axloqiy fazilatlar kiradi.



Millat mavjud ekan, milliy ma’naviyat bo‘ladi. Milliy ma’naviyatni yo‘qotish mumkin emas. Milliy ma’naviyatni yo‘qotish uchun qanchalik harakat qilinsa, shunchalik milliylikni, milliy ma’naviyatni saqlash uchun kurash kuchayadi. Xulosa shuki, inson qalbidagi milliylikni yo‘qotish mumkin emas.

4.«Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.

Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.

Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning D.i paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi. D. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi D. U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy D. U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy D.ning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) D. Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy D. Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy D. dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy D.ning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. D.ning mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham shundadir. D.ning koʻlami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. D. koʻlami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. D. mazmu-n i individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. D. markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. D. kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsa-tib, katta amaliy maʼno kasb etadi.

5. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan iborat?

Falsafiy  dunyoqarashning  vazifalari  (funktsiyalari).  Falsafiy  dunyoqarashning  zikr  etilgan  tamoyillari, 
uning  vazifalarini  belgilab  beradi.  Ya’ni,  bu  vazifalar  jamiyatning  umumbashariy  ruhdagi  maqsad-
muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb 
etadi.  
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, 
dastlab uning bahosi tarzida ko’zga tashlanadi.  
Bu  —  falsafiy  dunyoqarashning  baholash  vazifasini  anglatadi.  Ya’ni,  inson,  o’z  ehtiyoj  va  manfaatlaridan 
kelib  chiqib,  narsa-hodisalarni:  yaxshi-yomon,  foydali-zararli,  savob-gunoh,  oriyat-benomuslik  kabi  qarama-
qarshi mezonlarga ajratadi.  
Inson  narsa-hodisalarga  baho  berar  ekan,  buning  zamirida  uning  ijtimoiy  hayoti,  ya’ni  ongli  munosabatlari 
yotadi.  Bunda  inson  yoki  jamiyat  munosabatlari  dunyoqarashning  o’zi  tayanadigan  omillarga  (ideallariga) 
moslashtiriladi.

 Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi.  
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy  hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi 
usul-vositalar  orqali  boshqarish  vazifasini  ham  ado  etadi.  Bunda  falsafiy  dunyoqarashning  o’zicha  nisbatan 
mustaqil  bo’lgan  har  bir  yo’nalishi  o’ziga  xos  boshqarish  usuliga  ega  bo’ladi.  Masalan,  insonni  ezgulikka 
yo’naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; 
siyosat-davlat funktsiyalariga tayanadi va o’ziga xos ta’sir yo’nalishlariga ega bo’ladi.  
Falsafiy  dunyoqarashning  inson  faoliyatini  nazorat  qilish  vazifasi  ham  bor.  Bunda  dunyoqarashning 
jamoatchilik fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy 
hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko’rsatgan.  
Darhaqiqat,  o’zbek  mahallalarida  bag’rikenglik,  o’zaro  mehr-oqibat,  hamdardlik  kabi  noyob  fazilatlar  kamol 
topadi. Shuning uchun ham Islom Karimov uni «O’zini o’zi boshqarish maktabi... demokratiya darsxonasi», deb 
ta’riflaydi
5  .Falsafiy  dunyoqarashning  birlashtirish  (kommunikativ)  vazifasi  turli  dunyoqarash  yo’nalishlarini  milliy  va 
umuminsoniy  g’oyalar  atrofida  uyg’unlashtirishi  bilan  xarakterlanadi.  Turli  manfaatlar  bilan  bog’liq  bo’lgani 
bois  dunyoqarashlar  o’rtasida  muayyan  ziddiyatlar  ro’y  berishi  tabiiy.  Bunday  sharoitda  falsafiy  dunyoqarash 
ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.  
Falsafiy  dunyoqarash,  o’z  mohiyatiga  ko’ra,  ijtimoiy-tarixiy  tajribani  umumlashtirish,  jamiyat  istiqbolini 
ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun ham xalqni muayyan g’oya atrofida birlashtiradi.  
Masalan,  tarixga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  muayyan  davrlarda  falsafiy  dunyoqarash  inson  tub  manfaatlari 
bilan  bog’liq  bo’lganligini,  millat  kelajagini  belgilaydigan  ozodlik  g’oyasi  atrofida  kishilarni  birlashtirganini 
ko’ramiz. Bu hol mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo’lgan. Ushbu g’oya (ozodlik 
falsafasi)  dunyoqarashning  tarkibiy  qismi  sifatida  millatning  turli  tabaqalarini,  e’tiqodi,  iqtisodiy  ahvoli  va 
siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan.  

Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir 


tomondan,  dunyoqarash  o’z-o’zidan,  ya’ni  stixiyali  ravishda  shakllanib  qolmaydi.  Aksincha,  u  turli  ta’limtarbiya  vositalarining  maqsadga  muvofiq  holdagi  faoliyati  natijasida  vujudga  keladi.  Ikkinchi  tomondan  esa, 
falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (tsivilizatsiya) ta’siri o’laroq shakllangan bo’lsa, muayyan inson, 
ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir.  
Binobarin,  falsafiy  dunyoqarashning  tarbiyaviy  vazifasini  yuqorida  zikr  etilgan  boshqa  vazifalarning  asosi 
sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, 
murosa,  har  qanday  ziddiyatlarni  madaniy  yo’l  bilan  hal  qilish,  kelajakka  umid  va  ishonch  ruhini 
shakllantirishdan iborat.  

Download 409.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling