Filtrlar hisoblash


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1207394
  1   2   3   4   5
Bog'liq
filtrpres pdf



Filtrlar hisoblash 
Umumiy tushunchalar Turli jimsli sistemalarni govak filtr to’siqlar 
yordamida fazalarga ajratish jarayoniga filtrlash deyiladi. Filtr to’siqlar 
aralashmaning qattiq (dispers) fazasini ushlab qoladi, suyuq (dispersion) fazasini 
o’tkazib yuborish qobiliyatiga ega. Filtr to’siqlar yoki bundan buyon filtrlar 
sifatida govakli materiallar qo’llaniladi 
(masalan, to’r pardalar, karton, gazlamalar
sochiluvchan materiallar, shag’al, kum, govak 
polimer materiallar, keramika, metallokeramika 
va boshqalar). 
Filtrlash 
jarayoni 
bosimlar 
farqi 
yoki 
markazdan qochma kuchlar maydoni ta’sirida 
amalga oshiriladi. 
Filtrlash intensivligi suspenziya sifati, ya’ni 
dispers 
faza 
cho’kmasi 
qarshiligining 
miqdoriga, karton, shilimshiq va kolloid 
moddalar bor-yo’qligiga bog’likdir. 
Turli jimsli sistemalarni ajratish paytida filtr konstruktsiyasi yoki filtrlovchi 
sentrifuga, filtr to’siq va filtrlash rejimlarini tanlash zarurati tug’iladi. 
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda cho’kma hosil qilish yo’li bilan 
filtrlash keng tarqalgan. 
Masalan, shakarpazlikda filtrlash qiyomlarni tozalash, cho’kmani saturatsion 
sharbatdan ajratish uchun qo’llaniladi. Pivo pishirishda esa, ushbu jarayon 
suslodan qattiq fazaga ajratish va tayyor mahsulotni tindirish uchun ishlatiladi. 
Undan tashqari, vinopazlik, liker — aroq va sharbatlar ishlab chiqarish 
sanoatlarida filtrlash jarayonidan keng miqyosda foydalaniladi. 
Kimyo, non pishirish, tegirmon va spirt sanoatlarida gazlarni tozalash uchun 
filtrlash jarayoni ishlatiladi. 
Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho’kmalar hosil bo’ladi. 
Siqiluvchi cho’kma zarrachalari bosim ortishi bilan qatlam deformatsiyaga 
uchraydi va uning o’lchami kamayadi. Siqilmaydigan cho’kmada bosim ko’payishi 
bilan qatlam shakli va o’lchami uzgarmaydi. 
Amalda filtrlashdan keyin quyidagi qo’shimcha jarayonlar qo’llaniladi: 
a) cho’kmani yuvish; b) cho’kmani havo yoki inert gazlar oqimi bilan tozalash; v) 
cho’kmani quritish; Filtrlash jarayonining unumdorligi va olingan filtratning 
tozaligi filtr to’siqlar xususiyatlariga bog’liq. Filtr to’siqlar g’ovak, teshiklari katta 
va


gidravlik qarshiligi kichik bo’lishi kerak. Filtr to’siqlar tuzilishiga qarab 
egiluvchan va egilmas bo’ladi. 
Filtr to’siqlar tepa va ostki qismidagi bosimlarning farqi filtrlash 
jarayonining harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblanadi. 
Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash jarayoni ikki guruhga 
bo’linadi: a) bosimlar farqi ta’sirida ajratish (filtrlash); b) markazdan qochma kuch 
ta’sirida ajratish (tsentrifugalash). 
Filtrlash turlari 
Turli jimsli sistemalarni ajratish paytida filtr to’siq turi va suspenziya 
xossalariga qarab, filtr to’siq yuzasida cho’kma hosil qilish, filtr kovaklarini 
to’ldirish va ham birinchi, ham ikkinchi hodisalar birgalikda kelgan (oraliq) 
holatlarda filtrlash jarayoni sodir bo’lishi mumkin. 
Filtr to’siq yuzasida cho’kma hosil qilib filtrlash jarayoni qattiq jism 
zarrachalarining diametri d

kovak diametri dan katta bo’lganda ro’y beradi. 
Bu usul suspenziya tarkibidagi qattiq faza kontsentratsiyasi 1 % (mass) dan 
ortiq bo’lganda qo’llaniladi, chunki bunda filtr to’siq kovagiga kirish joyida 
gumbazchalar hosil bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Gumbazchalar hosil 
bo’lishi, cho’kish tezligi va suspenziya kontsentratsiyasining ortishiga imkoniyat 
tug’diradi. 
Kovaklarni to’ldirish usulida filtrlash (rasm) filtr to’siq kovaklariga qattiq 
zarrachalar kirib to’ldirganda ro’y beradi. shuni alohida ta’kidlash kerakki, filtrlash 
jarayonining boshlang’ich davridayoq, qattiq zarrachalar to’siq kovaklarini 
to’ldirib boshlaydi. Bu hodisa, albatta filtr kurilmalar ish unumdorligini 
pasaytiradi. Jarayonni kerakli darajada ushlab turish uchun filtr to’siqni birinchi 
holatini tiklash, ya’ni filtrlashga yaroqli qilish kerak. Buning uchun to’siqlar 
suyuqlik oqimi bilan yuviladi yoki to’siq metalldan yasalgan bo’lsa, qizdirib 
quydiriladi. 
1 cho’kma hosil qilib filtrlash; 
2 - tusiq kovaklarini to’ldirib filtrlash. 
Oraliq filtrlash usuli bir vaqtning o’zida ham filtr to’siq yuzasida cho’kma hosil 
qilish, ham kovaklarni to’ldirib, filtrlash usullari ro’y berganda amalga oshadi. 
Ushbu usulda kichik kontsentratsiyali suspenziyalarni filtrlash jarayoni 
tezligini oshirish uchun qo’shimcha moddalar ishtirokida olib boriladi. 
Jarayondan avval filtr to’siq yuzasi qo’shimcha modda bilan qoplanadi.



Ko’shimcha moddalardan qilingan qoplama to’siq kovaklarini to’lib 
qolishdan saqlaydi. Qo’shimcha moddalar sifatida o’ta mayin ko’mir, perlit, asbest, 
kizelgur, fibroflo, askanit va boshqa materiallar qo’llanilishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, filtrlash jarayoni intensivligi va filtr kurilmaning ish 
unumdorligi filtrlash tezligiga bog’liqtdir. 
Filtr to’siqning pastki va tepa qismlaridagi bosimlar farqiga yoki markazdan 
qochma kuchga filtrlash jarayonini harakatga keltiruvchi kuchi deb aytiladi. 
Bosimlar farqini turli usullar: filtr to’siqning tepa bo’shlig’ida ortiqcha 
bosim barpo etish yoki pastki qismini vakuum trubaga ulash yo’li bilan hosil qilish 
mumkin. Bunday holatlarda filtrlash o’zgarmas bosimlar farqida boradi va jarayon 
tezligi bosimlar farqiga to’g’ri va cho’kma qatlami qarshiligiga teskari 
proportsionaldir. 
Filtrlash jarayoni esa kuyidagi kinetik tenglama bilan ifodalanadi: 
𝒅𝑽
𝑭𝒅𝝉

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling