Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Finanslıq rejelestiriw túrleri: strategiyalıq finanslıq rejelestiriw


Download 309.92 Kb.
bet4/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
28. Finanslıq rejelestiriw túrleri: strategiyalıq finanslıq rejelestiriw; aǵımdaǵı finanslıq rejelestiriw, olardıń funktsiyaları hám ayrıqsha ózgesheligi. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko’rsatish mumkin: xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish; operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish; o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy resurslarga bo’lgan aniq (konkret) ehtiyojlarini aniqlash; moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashorat-lash; xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni qo’llab-quvvatlash; shakllantirilgan rejalarni operativ o’zgartirish, tartibini (reglamentini) ishlab chiqish. O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyi-haviy va qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyiha-larni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurs-larning hajmi va ularning manbalarini aniqlash; mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va sotish tannarxini rejalashtirish; pul oqimlarini rejalashtirish; butun xo’jalik yurituvchi sub’yekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash); investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
29. Finanslıq rejelestiriwdıń ulıwma mámleketlik hám aymaqlıq dárejeleri. Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va sotsial taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash, shu-ningdek, ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendentsiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o’z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. Odatda, istiqboldagi moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sotsial-iqtisodiy rivojlanishining aniqlashtirilgan o’rta muddatli bashoratining ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o’zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proportsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzil-malarning daromadlar va xarajatlar balansi muhim o’rinni egallaydi. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’yektlari, hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko’rsata-yotgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning barcha daro-madlari va xarajatlarining jamidan iboratdir. U o’tgan yilgi davlatning hisobot yig’ma moliyaviy balansi ( hisobot moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat ko’rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qilad

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling