Finlandiya ta’lim tizimi
Normat Tulkunovich Tursunov-
Download 41.17 Kb.
|
Finlandiya ta’lim tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hukumatning yangi tarkibi
Normat Tulkunovich Tursunov- Navoiy viloyati hokimi
Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 1 yanvardan boshlab qayta tashkil etiladigan vazirliklar rahbarlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ularning ro‘yxatini prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov e’lon qildi. Hukumatning yangi tarkibi Achilbay Jumaniyazovich Ramatov bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga; Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga; Jamshid Abduxakimovich Xo‘jayev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga; Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga; Sherzod Davlyatovich Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga; Laziz Shavkatovich Kudratov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga; Bobir Farxadovich Islamov tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga; Batir Irkinovich Zakirov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga; Bexzod Anvarovich Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga; Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga; Xilola Uktamovna Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga; Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov tabiat resurslari vaziri lavozimiga; Adxam Ilxamovich Ikramov yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga; Sherzod Xotamovich Shermatov raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga; Ozodbek Axmadovich Nazarbekov madaniyat va turizm vaziri lavozimiga; Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimiga; Amrillo Shodiyevich Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shuningdek, prezident qarori bilan: Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga; Sodiq Donaqulovich Toshboyev Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga; Baxodir Abdusalomovich Begalov Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga; Abdushukur Abdujamilevich Sadikov Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga; Olim Xayrullayevich Narzullayev Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga; Akmalxuja Yusupovich Mavlonov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga; Baxromjon Turayevich Norqobilov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga; Nizomidin Jalilovich Bakirov Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimiga; Baxtiyor Vaxabovich Gulyamov Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olishkompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Tayanch kompetensiyalar: 1. Kommunikativ kompetensiya – jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish; – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; – ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotdamuomala madaniyatiga amal qilish,jamoaviyhamkorlikda ishlay olish; – muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish; – turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur(konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish. 2.Axborot bilan ishlash – mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio(audio–video yozuv)telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish; – media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishdamedia-madaniyatiga rioya qilish; – ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish; – kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi vaboshq.) 3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirishkompetensiyasi – shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy vaintellektual kamolotga intilish; – hayot davomida o‘qib o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish; – o‘z xatti-harakatini advokat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish; – o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish. 4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi – Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ishtirok etish; – o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish); – mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish; – kasbiy mavqeyining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish. 5.Umummadaniy kompetensiyalar – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish; – badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; – orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish; – umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; – o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy vaetnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; – xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. 6. Matematik savodxonlik, fan va texnikayangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish; – shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish; – kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish; – inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish. Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviyyondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi.Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.Ya’nita’lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi ,hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchiyoshlarning vujudga kelganliklarini keltirish mumkin. Download 41.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling