O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasi kengaytiriladi


Download 56.19 Kb.
bet1/5
Sana15.11.2023
Hajmi56.19 Kb.
#1775948
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasi kengaytiriladi


O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasi kengaytiriladi
2020-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luidji Di Mayo bilan ikki mamlakat orasidagi investitsiya, savdo-iqtisodiy va moliya-texnik hamkorlik masalalarining keng doirasini muhokama qildilar.
Suhbat chog‘ida hukumatlararo hamkorlikning bugungi kundagi faolligi va ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi yangi zamonaviy hamkorlik usullari va innovatsion yechimlarini qo‘llash orqali mavjud ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha jadal qo‘shma ish olib borish uchun shart-sharoitlar yaratayotgani ta’kidlandi.
Investitsiya hamkorligining hajmlarini ko‘paytirish zaruriyati bo‘yicha ikki tomon ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Shunga binoan ikki mamlakat Hukumatlari orasidagi o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi yangilangan bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi – ushbu hujjatni imzolash O‘zbekiston va Italiya tadbirkorlarining amaldagi va kelgusi hamkorligining huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
Ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilarining sanoat kooperatsiyasi salohiyatiga yuksak baho berildi – O‘zbekistondagi qulay investitsion muhiti bilan birga Italiya sanoat kompaniyalarining ko‘p yillik an’analari va tajribasi iqtisodiyotning bir qator sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligida va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda, mebel, charm, to‘qimachilik va ipakchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, avtomobilsozlik, metallurgiya, energetika, tibbiyot va vinochilik kabi sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlikni olib borish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Shu borada O‘zbekistonda Italiya sanoat korxonalari konfederatsiyasining («Konfindustriya») vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi taklif ilgari surildi. Bu ikki mamlakat investorlari va tadbirkorlariga loyihalarni bajarishda amaliy yordam ko‘rsatishga imkon yaratadi.
Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari alohida muhokama qilindi. Ikki mamlakatning o‘zaro tovar aylanmasida barqaror o‘sish kuzatilmoqda. 2019-yilda o‘zaro tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarining o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 31,7% tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilning birinchi chorak natijalari 2019-yilning shu davriga nisbatan 37,4% tashkil qildi. Tomonlar tovar aylanmasini oshirishda rag‘batlantirishni davom etish uchun milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga o‘zaro kirib borishiga qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatlarning mutasaddi idoralari mutaxassislari o‘rtasida O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropa Ittifoqi bojxona, fitosanitar va karantin nazorati talablariga mosligi masalalari bo‘yicha texnik maslahatlashuvlar o‘tkazish, ikki mamlakat xo‘jalik subyektlarining savdo uylarini ochish orqali qulay sharoitlar yaratishga tayyorliklarini ta’kidlab o‘tishdi.
Shuningdek, Italiyaning «Yunikredit», «Inteza Sanpaolo», «UBI Bank» kabi banklari va boshqa moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish va kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Italiya tomoni O‘zbekistonning jaxon iqtisodiyot tizimiga integratsiyalashish jarayonlariga ijobiy baho berdi – xususan, Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini tezda muvofiqlashtirish va imzolash, O‘zbekistonning «GSP+» imtiyozlar tizimining benefitsiar-mamlakati maqomiga ega bo‘lishi va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi borasidagi xatti-harakatlari e’tirof etildi. Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri ushbu masalalar bo‘yicha O‘zbekistonga texnik va maslahat ko‘magini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish borasida, jumladan, Toshkentda Piza universitetining filialini ochish, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va «Sannio» universiteti o‘rtasida «Tibbiy bioinjeneriya» yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultet yaratish, Toshkent shahrida Italiya dizayn markazini ta’sis qilish va Samarqanddagi «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universitetining o‘quv dasturlariga ilg‘or italiyalik o‘qitish usullarini tatbiq etish borasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha alohida kelishuvga erishildi.
Muhokama natijasida tomonlar qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusi harakatlarni belgilab, ikkitomonlama aloqalarni idoralararo darajasida muntazam onlayn majlislar o‘tkazish orqali faollashtirishga kelishdilar.

Download 56.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling