Mavzu: don va donni qayta ishlash jarayonlari reja: Don va don mahsulotlarini saqlash tarixi


Download 1.26 Mb.
bet1/4
Sana03.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1322242
  1   2   3   4
Bog'liq
Jo\'rayeva Farida Mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari


MAVZU: DON VA DONNI QAYTA ISHLASH JARAYONLARI
REJA:
1.Don va don mahsulotlarini saqlash tarixi
2. Saqlash jarayonida donning xususiyatlarini boshqarish
3. Donning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qiymati
KIRISH
Insoniyatni eng buyuk kashfiyotlaridan biri don ekinlarini madaniylashtirib, ularni urug‘ini dalaga ekib, ko‘p miqdorda don yetishtirishni o‘rgandi. Insoniyatni yana bitta buyuk kashfiyoti bug'doy donidan un tayyorlab, bu undan non va non mahsulotlarini tayyorlash bo'ldi. Insoniyat izlanishlami davom ettirib, dondan yorma tayyorlashni o'rgandi. Bugungi kunda donlardan tayyorlangan yormalar odamlami kundalik ozuqasi bo‘lib hisoblanadi. Sholi donidan tayyorlangan guruch inson organizmiga nihoyatda mos keladi. Guruchning 96% odam organizmida hazm bo‘ladi. Hozirda Xitoydakishi boshiga 120 kg, Yaponiyada 104 kg, Pokistonda 98 kg va Hindistonda 66 kg guruch istemol qilinadi. Bugungi kunda dunyo bo'yicha juda ko‘p don mahsulotlari yetishtiriladi. Yetishtirilgan donni nes-nobud qilmasdan saqlash va uni qayta ishlash juda katta ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti mulkchilikdan qat’iy nazar hozirgi kunda har bir xo'jalik rahbari, muhandis, mutaxassis, ishchi-xodimga xomashyo, mahsulot sifati va uning yaxshilanishi haqida jiddiy talablarni ko‘ndalang qo‘ymoqda. Agrar sohada boshqaruv tizimi tubdan o'zgartirilib fermerlik harakatini shakliantirilishi davlat tomonidan mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish, aholini oziq-ovqatga boMgan ehtiyojini miqdor va sifat darajalari bilan ta’minlashga qaratilgan. Mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash mutaxassislari tomonidan nazariy bilim va amaliy tajribalami chuqur o ‘zlashtirish davr talabiga aylanganligini dunyo tajribalari ko‘rsat3 moqda. Fermer xo‘jaliklariga o ‘zi yetishtirgan xomashyoni saqlash va qayta ishlash uchun davlat tomonidan m e’yoriy-huquqiy baza va zarur shart-sharoitlar yaratildi. Yetishtirilayotgan meva-sabzavot, poliz, paxta va g‘alla mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga nafaqat yarim fabrikat, balki sifatli tayyor mahsulotlarni eksportga chiqarish imkoniyatlari mavjud. Yaratilgan bazalardan to iaro q foydalanish uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda chet elning ilg'or texnologiyalarini ishlab chiqarishda qo‘llash yuqori samara beradi.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling