Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

Seni uydan olib chiqdim bo‘ktarib. 
Sen yuribsan ulfatingni axtarib, 
Men qo‘yayin seni endi to‘nkarib. 
Yarim kecha haddi bo‘ldi, jonivor. 
Yig‘ib opsan ulfatingning jamini, 
Egang olsin-da bir oz damini, 
Damin olib aytib berar kamini, 
Ro‘mol yozar vaqti bo‘ldi, jonivor... 


76 
Shundan keyin baxshi choponini, belbog‘ini va do‘mbirani 
to‘nkarilgan holda qoldirib, dalaga (tashqariga) chiqib ketadi.Bu payt 
davradagilardan biri baxshi belbog‘ini o‘rtaga yoyadi.Bu odat «ro‘mol 
yozmoq» deyilgan. Unga har kim o‘z imkoniyatiga yarasha pul yoki 
biror narsa tashlagan. Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig‘ilgan pul va 
narsalar belboqqa tugib qo‘yiladi.So‘ng dostonning qolgan qismini 
kuylash davom ettirilgan. 
Yetakchi xalq shoirlari bo‘lajak baxshini yetishtirishga, shogird 
tayyorlashga alohida e’tibor berganlar, chunki og‘zaki yaratilib, og‘zaki 
kuylanib kelingan dostonlarni avloddan-avlodga faqat shu yo‘l bilangina 
yetkazish mumkin edi. Biroq o‘tmishda baxshilar orasida dostonchilik 
san’atini «sirli» hodisa sifatida tushuntirish, muayyan ustozdan 
o‘tganligini yashirish, professional ta’lim usullarini inkor etish hollari 
keng tarqalgan ediki, ular o‘zlaridagi ijodiy qudratni g‘ayritabiiy 
kuchlarning da’vati bilan birdaniga, to‘satdan paydo bo‘lgan qobiliyat, 
ilgaridan tayyorgarligi, shoirlik salohiyati bo‘lmagan kishilarda 
muayyan sharoit-larda «g‘oyibdan chaqiriq» tufayli bexosdan yuzaga 
kelgan ehson tarzida izohlash holatlariga tez-tez duch kelinadi. O‘zbek 
baxshilari orasida Ko‘r G‘oyib, Oshiq Oydin, Ovul patta kabi 
baxshilikning pirlari tilga olinadi va ularning ba’zilari haqida maxsus 
dostonlar ham mavjud. Baxshilar afsonaviy Murodbaxsh g‘orini 
baxshilik 
san’atini o‘rganuvchi 
ilohiy 
makon 
sifatida talqin 
etishadi.Murodbaxsh g‘ori turli hududlarda turli manzillarda deb 
ko‘rsatiladi. Masalan, Shahrisabzliklar Kenggo‘zar, Nurota hududida 
Kanda, Chashmai Zirak kabi tog‘ qishloqlarida, deydilar. Bu holat xalq 
orasida so‘z san’ati va baxshilikni ilohiy ne’mat sifatida anglash 
natijasidir. 
Baxshilikni o‘rganish og‘zaki ravishda amalga oshadi. Xalq 
dostonlarini eshitish va kuylashga kirishish ta’limning eng birinchi va 
asosiy shartidir. Dastlab termalar, dostonlardagi an’anaviy misralar 
(«Xazon urmay bog‘da gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib 
qo‘ndimi», «Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Gulni ko‘rsa mast bo‘p 
sayrar bulbullar», «Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, Botirni ingratar 
nayza yarasi» kabi), umumiy o‘rinlar (epik klishelar), ya’ni ba’zi bir 
juz’iy o‘zgarishlar bilan ko‘pchilik dostonlarda takrorlanadigan 
parchalar (qahramonga nasihat, uni kuzatuv, qahramonlarning 
uchrashuvlaridagi savol-javoblari, qahramonlarning portretlari, otni 
egarlash, ot ta’rifi, otda safar, jang tasviri, boshlanma, tugallanma, 
voqealarni bir-biriga bog‘lovchi tasvirlar kabi) yodlatilgan. So‘ng ayrim 


77 
olingan bir doston, keyinroq esa, ustoz repertuaridagi barcha asarlar 
o‘rgatilgan.Ustoz shogirdning badihago‘ylik qobiliyatini, ya’ni yodlab 
olingan an’anaviy misralar, epik klishelar asosida yangilarini to‘qiy 
olish salohiyatini, ularni tasvir vaziyatiga qarab turli xil stilistik 
o‘zgarishlar bilan qo‘llay bilish san’atini o‘stirishga alohida e’tibor 
beradi. 
O‘rgatishning keyingi bosqichlarida ustoz shogirdni o‘zi bilan birga 
dostonchilik yig‘inlariga, to‘y-hashamlarga olib yuradi. Bunday 
paytlarda shogird ko‘pchilik oldida termalar, dostonlardan parchalar 
kuylaydi. Shogird ancha «pishib» qolgach, ustoz o‘zi kuylayotgan 
dostonning davomini unga ayttiradi yoki bir dostonni ustoz va shogird 
galma-gal 
kuylaydilar. 
Bunday 
hollarda 
ustoz 
tomoshabinlar 
reaksiyasini hisobga olib, uni shogirdiga uqtira boradi.Shu tariqa 
o‘rgatish va o‘rganish ishlari bir necha yil davom etadi. Ustoz shogirdi 
yetilganligini bilib unga el orasida fotiha bergan va shogird baxshi 
sifatida mustaqil kuylash huquqiga ega bo‘lgan. 
O‘zbek dostonchligida doston kuylash an’anasi qadimda uch 
yo‘nalishda rivojlangan. Birinchidan, Bulung‘ur, Qo‘rg‘on, Shahrisabz, 
Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek-
laqay dostonchilik maktablarida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz 
ovoz bilan ijro etilgan. Ikkinchidan, Xorazmda tor, dutor, g‘ijjak, 
garmon, bulomon, qo‘shnay, doira jo‘rligida ba’zan yakka, ba’zan juft 
holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan. Uchinchidan, Farg‘ona vodiysida 
dutor jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan. 
Baxshilar o‘ziga xos poetik yo‘l, uslub, repertuar xarakteri, ijro 
usullari bilan bir-birlaridan farqlanadilar.Umumlashgan puxta epik 
an’ana doirasida ma’lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos individual 
ijodiy xususiyatlar, yo‘llar, uslublar o‘zgachaligi, ustoz-shogird 
munosabatlari mavjud. Bunday farqlarni ko‘rsatish uchun Hodi Zarif 
folklorshunoslikda dostonchilik (baxshilik) maktablari ter-minini 
qo‘llagan. O‘zbekistonning ko‘pgina yerlarida bir qancha dostonchilik 
maktablari – baxshilik san’atining ajoyib markazlari mavjud
11
. Bu 
maktablar Qo‘rg‘on, Bulung‘ur, Nurota, Shahrisabz, Narpay, Sherobod, 
Qamay, Piskent kabi yetakchi baxshilar yetishib chiqqan joylar nomlari 
bilan ataladi. Aslida atamalar nihoyatda shartli bo‘lib, shunday 
11

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling