Firdavs-shoh
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
СОБИТОВА Т (2)
Ustimda bo‘lmadi Go‘ro‘g‘li Sulton,
Tarbiyatlar qilar edi farovon, Na qultum suv berding, na chimdim somon, Ochlikning kasodi bo‘ldi Avazxon! Eshi ulug qora ot, mendan kattakon Xudoni o‘rtaga solib tilagin. Bu parchalarda ot gapirish bilan birga Avazga maslahatlar beradi. Otning tilga kirishi qisman yozma adabiyotdagi masal qahramonlarini eslatadi. Dostonlarda ot obrazini yaratishda faqat mubolag‘a vositasidan foydalanib qolmasdan boshqa badiiy tasvir vositalari ham qo‘llaniladi. Masalan, otga nisbatan «tulpor», «xonazot», «jonivor», «bedov» kabi sifatlashlar ishlatiladiki, bu sifatlar qahramon otining qanday ot ekanligini o‘quvchi ongida yorqin gavdalantiradi. Qahramon otining uchqurligini «qush»ga, turli o‘yinlar ko‘sata olishini «qiz»ga o‘xshatiladi, bahodir oti uchqurliqda qushdan qolishmaydigan, qizlarday o‘yin ko‘rsata olish qobiliyatiga, ya’ni odam gapiga tushunish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Dostonlarda o‘ta mubolag‘a bilan tasvirlanadigan epizodlardan biri an’anaviy jang epizodidir. Doston qahramoni maqsad tomon borarkan, yoki maqsadini amalga oshirib qaytarkan, albatta, bir to‘siq-g‘ovga duch keladi. Bu g‘ov qanday kuch bo‘lishidan qat’iy nazar, u dadil kurashadi. Xalq qahramoni behisob qo‘shinmi yoki hech narsa bas kelaolmaydigan g‘ayri tabiiy kuchmi, baribir ular ustidan g‘alaba qiladi. Son-sanoqsiz 67 dushmanga nisbatan qahramonning bir o‘zi jang qilishi va ularni qirib tashlashi o‘ta mubolag‘alidir. Bu bilan xalq bosqinchi dushmanlarga nisbatan o‘z idealidagi qahramonni ana shunday zarba berishini xohlaydi va uning qahramonligini shunday mubolag‘alashtiriladi. Masalan, «Malika ayyor» dostonidagi Avaz bilan Maqotilning to‘qnashuvini olsak. Dostonda katta-katta epizodlar mubolag‘a tarzida beriladi, hatto ba’zi obrazlar, jumladan, Maqotil obrazi mubolag‘a asosida bo‘rttirilib, grotesk darajasigacha ko‘tariladi. Mubolag‘alar poetik ideallashtirish mezonlarini qabul qilgan epik asarlar uchun suv va nur singari zarur. Usta dostonchi uni mohirligi bilan ishlatib o‘zi kuylayotgan Doston obrazlarining yorqin bo‘lishiga erishadi. Dostonda Avazxonga yo‘l-yo‘lakay duch kelgan Maqotil shu qadar bahaybat ediki, «...fil mingan, ikki oyog‘i chim yerni omochday tilgan, soqol- murti o‘sib ketgan, aymashib kelib og‘zi-burnini bosib ketgan». Dostonda Maqotil obrazining o‘zi to‘laligicha mubolag‘a tarzida yaratilgan, Avazxon Maqotildan «Qayda borasan» deb so‘rasa, u shunday javob qiladi: Minib yurgan chigirtkaday oting bor, Qumursqaday sening bir jasading bor. Ola toying menga ta’til bo‘lmaydi, Senday odam rezgisi hech qolmaydi. Tur, yo‘lingga bora bergin bachchag‘ar! Men o‘ldirsam seni, ko‘nglim to‘lmaydi. Bu parcha mazmunidan ko‘rinadiki, Maqotil va Avaz, fil va G‘irotning tashqi ko‘rinishlari bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yilishi bilan Maqotilning vahimador savlati kishining esida qoladigan darajada gavdalantirilgan. Shuning bilan birga mubolag‘aning bu tarzda badiiy ishlanishi o‘quvchi va tinglovchining ijodiy qahramoni Avazga nisbatan mehrini oshirib, hayajon ham qo‘zg‘atadi. Kishi sabrsizlik bilan ular kurashining oqibatini kutadi. Ikkinchi tomondan, bu badiiy usul har ikkala qahramonning yakkama-yakka olishuv kartinasida Avazning qudratini nihoyat darajada bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bu yakkama-yakka kurashda Maqotil avval uch botmonlik, so‘ng olti botmonlik va undan keyin to‘qqiz botmonlik cho‘yan so‘yil bilan Avazni uradi. Bu so‘yillar Avazning qalqoniga tekkan zamoniyoq tariqday bo‘lib tirqirab ketadi. Ko‘rinib turibdiki, Avazning dadilligi, jismoniy qudrati, umuman, tashqi va ichki dunyosi uning sifatlarini birin-ketin oldindan aytish yo‘li bilan emas, balki, voqealarning borishi jarayonida birin-ketin ochilib boradi. Bu esa asarning ta’sirchanligini 68 oshiradi. Shuning bilan birga tom ma’noda haqiqiy san’at darajasiga ko‘tariladi. Avazxon bilan grotesk darajasidagi Maqotil kurashar ekan, Avaz avliyolarga sig‘inadi. Maqotil esa: Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling