Firdavs-shoh
Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik shakllar
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
СОБИТОВА Т (2)
2.3 Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik shakllar
Asrlar bo‘yi ishlangan, puxtalangan xalq badiiy an’anasi va kuylovchi ijodiy faoliyati birligida vujudga kelgan dostonlarda an’anaviy uslub unsurlari va poetik shakllar asosiy o‘rin tutadi. Dostonchining individual mahorati, ijodchi va ijrochilik faoliyati faqat mustahkam badiiy an’ana doirasida namoyon bo‘ladi. Dostonlarning kompozitsion tuzilishini umumiy an’anaviy andaza- o‘rni bilan o‘zaro almashinib turadigan nazm va nasriy matnlar tashkil qiladi. Bunday umumiy qolip bir qator turkiy xalqlar eposlari uchun ham 61 xosdir. Dostonlardagi she’rlar, asosan, 7, 8 va 11 hijoli barmoq vaznida bo‘lib, turoqlarning o`zgarib turishi, band tuzilishi va qofiyalanish sistemasiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatga ega. 7, 8 hijoli vazn voqealarning jadal rivojlanishi tasvirida qo‘llaniladi, ular tezlikni bildiradi. Qahramonlarning otda safari, jang manzaralari, qizlarning sayribog‘ yurishlari, xabar va chaqiriqlar, bazm va o‘tirishlar tasviri qisqa she’rlarda beriladi. Masalan: Qulon yurmas yerlardan Quvib o‘tib boradi. Bulon yurmas yerlardan Buvib o‘tib boradi. Qarsoq yurmas yerlardan Qalqib o‘tib boradi. Bo‘ri yurmas yerlardan Bo‘zlab ketib boradi… Agar bu tasvirning do‘mbira bilan kuylanishi tinglansa, otlarning tuyog‘idan chiqayotgan do‘pir-do‘pir, jang suroni eshitilib turadi. Uzun vaznli (11 hijoli) she’rlar harakatning tinch, ohistaligini bildiradi. Qahramonlarning monolog, dialoglari, ta’rif-tavsiflar shu vaznda beriladi: - Men zulfimni toblab-toblab o‘rgali, Ilojim yetmaydi jonim bergali, Zindonning ichida to‘ram bormisan, Baxti qora yoring keldi ko‘rgali. - Tor zindonda yotib doim huv dedim, Kim o‘tsa boshimdan osh ham suv dedim, Omonat er, yo‘lay ko‘rma qoshima, Ajalning otini mindim, chu dedim. Xalq dostonlarida qisqa she’rlarga nisbatan uzun she’rlar ko‘pchilikni tashkil etadi va asosiy o‘rin tutadi. Bunday vazniy o‘zgarishlar dostonlarning mazmuni bilan, qahramonlarning xatti- harakati va holati bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Dostonlarning nasr qismi ham o‘ziga xos. Ular vaznli hamda sajlangan: «Ravshanxon bu bog‘ devorlariga qarasa, tik paxsasini ishlagan, devorini tagini g‘ishtlagan, juda mahkam qilib tashlagan, devorlarni ganchlagan; to‘g‘riga ketgan rastalar, devorlarda guldastalar, juda o‘xshatibdi ustalar, Ko‘rgan xasta, ko‘rmagan havasda, gul ekilgan 62 baland-pastda, gulni desang dasta-dasta, tevaragi yong‘oq, pista, qilgan ham juda usta». Dostonlarda nazm va nasr badiiy vazifasi jihatidan deyarli teng huquqqa ega. Ularning har birining o‘z o‘rni, o‘z vazifasi bor. Biroq tasviriylik va hajm nuqtayi nazaridan nazm nasrdan ustunlik qiladi. Dostonlarning mavzusi, sujeti, ko‘pchilik motivlari an’anaviy va doimiy bo‘lish bilan birga, ko‘pgina sujet vaziyatlari, matndagi bir qancha parchalar ham umumiy va barqarordir. Dostondan dostonga aynan yoki ayrim o‘zgarishlar bilan «ko‘chib yuradigan» bunday parchalar umumiy tipik o‘rinlar yoki epik klishelar deb yuritiladi. Dostonlarning boshlamasi (zachini) va tugallamasi, qahramonga nasihat, ot ta’rifi va otni egarlash, otda safar, jang tasviri, maston, ko‘sa, Oqqiz singari an’anaviy obrazlarning portretlari va boshqalar epik klishelar hisoblanadi. Egri klishelarni to‘g‘ri va o‘z o‘rnida qo‘llash dostonchining mahorati va iqtidoriga bog‘liq. Dostonlarda boshlama uch muhim qismni o‘z ichiga oladi, ya’ni boshlama asarda tasvir etiladigan vogeaning uzoq o‘tmishga oid ekanligini, voqea o‘rnini va qahramon avlodi shajarasini ko‘rsatadi. Dostonlarning tugallanmasi optimistik xarakterga ega bo‘lib, qahramonlar faoliyatining yakuni sifatida to‘y tasviri, adashganlarning topishib, murod-maqsadga yetganligini ko‘rsatish bilan tamomlanadi. Tugallanma boshlamadan farqli o‘laroq ham nasr, ham nazmda berilishi mumkin. Ayrim hollarda baxshilar tugallanmada qahramonlarning murod-maqsadlariga yetganliklarini ko`rsatish bilan birga, o‘zlari haqida gapiradilar, tinglovchi va o‘quvchilarga yaxshi istaklar bildiradilar. Dostonlarda epik klishelar bilan bir qatorda, an’anaviy uslubga xos belgilardan yana biri - dostondan dostonga ko`chib yuruvchi, tayyor, qolip holiga kelib qolgan misralar, ikkiliklar, ifodalar-doimiy uslubiy shakllar ham muhim o‘rin tutadi. Masalan: «Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘ldimi, so‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi», «Qiyg‘ir degan qush o‘ltirar qiyada», «Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, botirni ingratar nayza yarasi», «Uchqur eding qanotingdan qayrilding, yugrug bo‘lsang tuyog‘ingdan toyrilding», «Oshiqning fahmidir qorong‘i kecha», «Yomg‘ir yog‘sa, halqob yerlar loylansin», «Bahorda ochilgan bog‘ning gulisan», «Qizil gul ochilar g‘unchadan g‘uncha». Doston mazmuni bilan u yoki bu darajada bog‘langan, ayrim hollarda aforizmlik xususiyatiga ega bo`lgan bunday misralar bandning boshida, ba’zan o‘rtasida kelib, aytuvchining to‘xtovsiz badihagoy’lik qilishiga imkon beradi, quyilib kelayotgan fikr oqimini mohirlik bilan 63 tezroq bayon qilishga yengillik tug‘diradi. Banddagi boshqa misralar bilan qofiyada mahkam bog‘langan bunday qaytariqla dostonchining so‘z topishiga bir oz fursat yaratib, keyingi misralarn tezlik bilan ijod qilishga sharoit hozirlaydi. Dostonlarda doimiy uslubiy shakllar qofiya, vazn talabiga qo‘llanish o‘rni va vaziyatiga ko‘ra ayrim o‘zgarishlar bilan ishlatiladi. Masalan, «Alpomish» dostonida «Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘ldimi» satridagi «bo‘lmay» so‘zi «bo‘lib», «bo‘lsa» shaklida; «so‘ldimi» so‘zi «so‘lgandir», «so‘lganda», «so‘lgandi», «so‘libdi», «so‘ladi», «so‘lmadi», «so‘lsin-da», «so‘lganmi», «so‘larmi», «so‘lmasa», «so‘lmasin», «so‘lmasmi», «so‘larmikan», «so‘lar deyman» shakllarida qo‘llanilgan. Yuqoridagilardan tashqari, doimiy epitetlar, o‘xshatishlar ham an’anaviy uslubga xos belgilardan hisoblanadi. An’anaviy uslub va baxshilar ijodiy badihasining birligi, o‘zaro aloqasi folklorning asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, og‘zaki poeziyaning g‘oyaviy-estetik mohiyatini belgilaydi. Ko‘p avlodlar tomonidan shakllangan va bizgacha davom etib kelgan an’analar, an’anaviy poetik uslub xalq og‘zaki ijodining, folklor jarayoninnng asosiy belgilaridan sanaladi. Chunki folklor umumlashgan, barqaror an’analar doirasida yuzaga keladi, yashaydi, rivojlanadi, o‘zgaradi va saqlanib qoladi. O‘zbek xalq dostonlarining tarixiy-madaniy ahamiyati tengsizdir. U xalqimizning o‘ziga xos badiiy tarixidir. Unda xalqimizning asrlar bo‘yi qilgan orzu-umidlari, porloq kelajak haqidagi o‘y-fikrlari mujassamlashgan. Demak, doston va dostonchilikdan maqsad mehnatkash ommaning kayfiyati va ruhiyatini kuylash, shu ruh va kayfiyatga mos idealdagi «burungilar» sabog‘i orqali baxshi bilan yuzma-yuz turgan tinglovchilar doirasining «ko‘nglini botir qilish», ularni yanada ezgulik va olijanoblikka yo‘llashdir. Xalq dostonlari milliy iftixor va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik va do‘stlik va birodarlik tuyg‘ularini tarbiyalashda muhim g‘oyaviy-estetik vazifani o‘taydi. O‘zbek xalqi bitmas-tuganmas boy adabiy merosga ega. Xalq ijodkorlari mana shu merosni asrlar osha ardoqlab, boyitib o‘z hofizalarida sayqal berib saqlab kelmoqdalar. Unda tengsizlik, adolatsizlik, yuqori tabaqa vakillarining razilligi, pastkashligi, muttahamligi qoralanadi, ezgu orzu-umidlar, tilak-intilishlar kuylanadi. Xalq asarlarini o‘qir ekansiz, ularning badiiy jihatdan puxta va mukammal namunalar ekaniga yana bir shohid bo‘lasiz. Bu 64 mukammallikda har bir motiv, syujet, obrazlar tasviri bilan bir qatorda har bir badiiy tasvir vositasining ham o‘z o‘rni, o‘z tarixi bor. Akademik A.N.Veselovskiy birgina sifatlash tarixini qisqacha adabiyot tarixiga tenglashtirgan edi. Dostonlarni kuylashda baxshilar an’anaviy badiiy tasvir vositalaridan keng foydalanganlar. Shulardan biri mubolag‘adir. Mubolag‘a tasvirlanayotgan narsa, hodisaning, qolaversa, asarning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, «Alpomish» dostonidagi asosiy qahramon Alpomishning dushmanlari qalmoq alplari obrazi bo‘rttirib mubolag‘ali tasvirlanadi. Jumladan, kurashga tushayotgan qalmoq Alplari quyidagicha ta’riflanadi: Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling