Firdavs-shoh
«Alpomish» dostonining badiiy masalalari
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
СОБИТОВА Т (2)
2.2 «Alpomish» dostonining badiiy masalalari. «Alpomish» dostoni badiiy jihatdan ham xalqimiz og‘zaki ijodidagi eng mukammal asarlardan biridir. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li mohir va tajribali baxshi bo‘lgani uchun asardagi voqealarni bayon qilishda shoshilmaydi, har bir lavha ishtirokchilarining tashqi qiyofasini, ichki dunyosi, atrofdagi tabiat manzaralarini, voqea-hodisalarni izchil ta’riflaydi. Tomoshabin ko‘z oldida jonli voqea tasvirini hosil etadi, qahramonning xatti-harakatlarini dalillashga alohida e’tibor beradi, 58 shuning uchun ham tinglovchi ko‘nglida doston mazmuni bilan bog‘liq yechilmagan jumboq qolmaydi. «Alpomish» dostoni mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash kabi badiiy vositalarga juda boydir. Masalan, Alpomishning yoshligi bilan bog‘liq mana bu lavhani olaylik: «Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘liga ushlab ko‘tarib tortdi, tortib, qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashinday bo‘lib ketdi, Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi». Lug‘atlarda og‘irlik o‘lchovi sifatida qayd etilgan «botmon» O‘rta Osiyo xalqlari orasida 2 puddan 16 pudgacha vaznga ega ekani ko‘rsatilgan. Agar har bir pud 16 kilogrammga teng ekanini nazarda tutsak, 14 botmon 224 kilogramm bo‘ladi. 7 yoshli Hakimbekning turli metall ma’danlardan quyilgan (birinchdan bo‘lgan) shu qadar og‘ir yoyni ko‘tara olishi, unga mos o‘q joylashi va o‘qni otib, katta tog‘ning cho‘qqisini uchirib yuborishi tinglovchida hayrat uyg‘otadi. Ammo tinglovchi mazkur voqeaning sodir bo‘lganiga mutlaqo shubha bildirmaydi. Chunki Hakimbekning dunyoga kelishini ilohiy kuchlar bashorat qilgandilar, Shohimardon pirining o‘zi qalandar qiyofasida kelib, Boybo‘rining yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Hakimbek deb nom qo‘ygandi. Mubolag‘ali o‘rinlar Hakimbek, to‘qson alplarning tog‘dek gavdalari, Barchin, Qaldirg‘ochning go‘zalligi tasvirida, botirlarning kurashlarida, otlarning poygasida juda o‘rinli yaratilgan. Dostonda ajoyib o‘xshatishlarni ham uchratamiz: Ostingda bedoving halloslar qushday, Achchig‘ing chillali muzlagan qishday. Bu satrlarda uzoq masofani bir zumda bosib o‘tadigan Boychibor qushga, Alpomishning g‘azabi butun atrofni muzlatib yuboradigan qishga o‘xshatilyapti. Darhaqiqat, «Alpomish» dostoni badiiy barkamol asardir. Unda o‘zbek xalqi she’riy dahosining buyuk qudrati namoyon bo‘lgan. «Alpomish» dostonida boshqa dostonlarga nisbatan mubolag‘aviy uslub ustunlik qiladi. Bu asar xarakteridan, unda kuylangan voqealar ko‘lamidan kelib chiqqandir. Dostonda Alpomish tilidan shunday bir chiroyli mubolag‘a beriladi: Tikilsam quriydi daryoning gumi, Na’ra tortsam qular qo‘rg‘onning timi 59 Bunday mubolag‘aviy tasvir changallasa tog‘ni talqon qila oladigan, kuch-qudratda «kallasi kapaday, tanasi tepaday» qalmoq alplardan ustun turgan Alpomishning azamatligini sifatlab bera oladi. Tog‘ tepasida turgan Alpomishning ko‘rinishi ajoyib o‘xshatishlar yordamida Qorajon tilidan shunday ta’riflanadi: Ostingda bedoving halloslar qushday, Achchig‘ing chillali muzlagan qishday, Norkalla kelgansan chuyda qo‘shmushday. Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?… Dostonda asar ruhiga mos, favqulodda yaratilgan ajoyib ko‘chimlarni, asarga go‘zal bir bezak bo‘lib tushgan chiroyli parallelizmlarni («Kechani munavvar qilar to‘lgan oy, Savashli kun tortiladi parli yoy…»), misralarni jilvalantiruvchi quyma badiiy vazifa bajarib keluvchi tovushlarni («Suvda bo‘lar suluv o‘tning suyrug‘i») istagancha topish mumkin. Asarda she’riy satrlar badiiy jihatdan shu darajada mukammal ishlanganki, ularning ko‘plari asrlar tajribasini o‘zida mujassamlashtirgan aforizmlar darajasiga ko‘tarilgan. Masalan: Davlat qo‘nsa bir chivinning boshiga, Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga. Ot chopsa gumbirlar tog‘ning darasi, Urushda bilinar mardning sarasi kabi hikmatli so‘lar tez-tez uchraydi. Ma’lum bo‘ladiki, «Alpomish» dostonining o‘ta qiziqarli voqealardan tashkil topgan mazmuni so‘z san’atining go‘zal badiiy vositalari bilan bezatilgan holda tinglovchiga taqdim etilgan. Shuning uchun ham doston asrlar osha xalqimiz tomonidan sevib tinglanmoqda va o‘qib kelinmoqda. «Alpomish» «ozod, erkin, mag‘rur va go‘zal odamlar haqida to‘qilgan, shularni maqtab ko‘klarga ko‘targan, shu bilan odamlarning yuragiga yaqinlashgan» (Hamid Olimjon) dostondir. U o‘zbek xalqining ko‘p asrlik badiiy yodgorligi sifatida jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Dostonda Alpomishning o‘z oilasiga qaytishini tasvirlashda baxshi doston eshitayotgan tinglovchilarga turli yo‘llar bilan hayotda ziyrak bo‘lishi kerak, degan o‘gitni ham berib o‘tadi, Xususan, Qultoy Alpomishning Alpomishligga ishonmaydi. Shundan keyin Alpomish chap yelkaidagi Qultoy panjasining dog‘ini ko‘rsatadi. Shundan keyin Alpomish Qultoy qiyofasida yurtdoshlar bilan uchrashadi. Bu ko‘rinishlar tasvirlangan doston sahifalari xuddi badiiy filmdagi ekran 60 lavhalarini eslatadi va har safar «Qultoy»da Alpomish belgilari namoyon bo‘ladi. Dostondagi Barchinoy bilan bog‘liq voqealer baxshilar tomonidan alohida mehr bilan bayon etiladi. U zukkoligi, tadbirkorligi, donoligi, mardligi jihatdan Alpomishdan qolishmaydi. Surxayil kampir o‘g‘illari Barchinoyni zo‘rlik bilan xotinlikka olmoqchi bo‘lganlarida, qiz alplardan birini ko‘tarib yerga shunday zarb bilan uradiki, alpning ogzidan ko‘pik sachraydi. Shundan so‘ng alplar Barchinga Alpomishni kutish uchun olti oy muhlat berishga majbur bo‘ladilar. Baxshi dostonda Barchin ishtirokini tasvirlashda juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘radi va uni eng go‘zal fazilatlarga ega ayol sifatida tasvirlaydi. «Alpomish» dostoni badiiy jihatdan ham mukammal asar. Siz badiiylik deganda badiiy tasvir vositalaridan foydalanish ko‘laminigina tushunmasligingiz lozim. Chunki badiiylik tushunchasining o‘zi juda murakkabdir. «Alpomish» dostonida qabila-urug‘chilik munosabat- larining tugallanishi va davlatning vujudga kelishi aks etgan dedik. Masalaning qo‘yilishi boshqa, uni badiiy mukammal holda ishonarli qilib tasvirlash boshqa. «Alpomish» dostoni asrlar davomida xalqimizni mardlik, qahramonlik, adolat, irodalilik ruhida tarbiyalab keldi. Mana shunday vazifani sharaf bilan bajarib kelgan asar, albatta, badiiylik talabiga javob bera oladigan bo‘ladi, ya’ni asar ijrosini tinglovchilar qiziqish bilan qabul qiladilar. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li mohir va tajribali baxshi bo‘lgani uchun asardagi voqealarni bayon qilishda shoshilmaydi, har bir lavha ishtirokchilarining tashqi qiyofasini, ichki dunyosini, atrofdagi tabiat manzaralarini, voqea-hodisalarni izchil ta’riflaydi. Tinglovchi ko‘z oldida jonli voqea tasvirini namoyon qiladi. Asardagi qahramon xatti- harakatlarini dalillashga e’tibor beradi, shuning uchun ham doston mazmuni bilan bog‘liq yechilmagan jumboq qolmaydi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling