Firdavs ul-iqbol
Download 16.18 Kb.
|
20-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Firdavs ul-iqbol» va uning adabiy qim m ati .
- Aning har hujrasi jannat uyidur, Demay jannat uyi, rahmat uyidur. Bo‘lib fayzj azaldin bemadoro, Daru devoridin ilm oshkoro.
- To musaxxar ayladim so ‘z birla та ’ni kishvarin, Shohmen, ey Munis, ahli donishu idrok aro... Muniski, soz iqlimi anga boldi musaxxar
Munis Xorazmiyning “Firdavs ul-iqbol” asari adabiy-tarixiy manba. Shermuhammad Avazbiy o'g'li Munis XIX asming I yarmi o‘zbek adabiyotining peshqadam, rahnamo vakillaridan biridir. 1778 yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida dunyoga kelib, vabo tufayli atigi 51 yoshida hayotdan ketgan bu buyuk iste’dod sohibi ulkan meros qoldirdi. Uning zabardast shoir, iste’dodli muarrix, xattot sifatida yaratgan asarlari o'tmish merosimizning yorqin sahifalarini tashkil etadi. Shoiming «Munis ul-ushshoq» devonida o‘n ikki ming misraga yaqin she’r mavjud. «Firdavs ul-iqbol» nomli asari o‘rta asr tarixnavisligining Sharafiddin Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'oziy asarlaridagi eng yaxshi an’analarini o‘zida mujassam etgan. Uning xattot sifatida kitobat qilgan asarlari, taijimalari, ma’rifiypedagogik asarlarining ahamiyati ham katta. U, ayniqsa, badiiy ijodi bilan XIX asiga kelib ко‘tarilish jarayonidagi Xorazm adabiy muhitiga ravnaq, salohiyat bag‘ishlagan siymodir. «Firdavs ul-iqbol» va uning adabiy qim m ati. Munis eltuzarxonning buyrug'i bilan yozilajak bu asaming muqaddimasi va Xorazmning 1813 yilgacha bo'lgan tarixini yorituvchi boblarini yozishga ulgurgan. U vabo kasali bilan 1829 yili bevaqt vafot etgach, asarni uning jiyani Ogahiy davom ettirgan. Demak, asarning mualliflari ikkita — Munis va Ogahiy. Munis «Firdavs ul-iqbol»da qadim zamonlardan 1806 yilgacha boigan voqealami yoritishda ungacha yozilgan tarixga doir asarlardan, jumladan, Abulg'oziyning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlaridan foydalangan. Xorazmning 1806 yildan 1813 yilgacha boigan tarixini esa, o'zi materiallar yig'ib yozgan. Asaming ayniqsa shu qismlari Xorazmda ro‘y bergan tarixiy voqea-hodisalaming badiiylashgan bayonidir. Unda o'zbeklar, turkmanlar va qoraqalpoqlar hayotiga, tarixiga oid juda ko'p va aniq faktlar mavjud. Biroq Munisning tarixchi sifatidagi dunyoqarashi cheklangan bo'lib, u eski traditsiyalami buzmaslikka harakat qiladi. Hukmron tabaqa vakillarini, xon va uning yaqinlarini ba’zan maqtab ularning turkmanlar va qoraqalpoqlarga qarshi yurishlarini xaspo'shlashga, oqlashga intiladi. Yovmut va chovdurlaming Xiva hukmronlari zulmiga qarshi g'alayonlarini qoralaydi. Bunday o'rinlaiga tanqidiy munosabatda bo'lmog'imiz kerak. Biroq, bulardan qat’i nazar, asaming turli sahifalarida Vafoiy, Roqim, Ravnaq, Kiromiy, Abulg'oziy kabi shoir, mudarris, tarixchilaming adabiy portreti shtrixlari, ular haqidagi qiziqarli naqllar, xotiralar keltiriladi. Asarda ko‘pdan ko‘p she’riy parchalarruboiylar, masnaviylar, qit’alar, fardlar, ta'rix she’rlar beriladi. Bundan tashqari, kitobda o‘sha zamonda bino qilingan imoratlar, masjidu madrasalar ham qayd etiladi. Ularning qachon, kim tomonidan va nima maqsadda qurilganligi bayon qilinadi. Masalan, Muhammad Amin Inoq davrida qad ko‘taigan «Madrasai inoqiya» to‘g‘risida Munis, jumladan, quyidagilarni yozadi: «Ul jumladin «Madrasai inoqiya»durki ma’mani ulamo va maskani fuzalodur. Masnaviy: Aning har hujrasi jannat uyidur, Demay jannat uyi, rahmat uyidur. Bo‘lib fayzj azaldin bemadoro, Daru devoridin ilm oshkoro. Shunday qilib, «Firdavs ul-iqbol» faqat tarixiy voqea-hodisalami o‘rganishdagina emas, balki o‘sha zamondagi adabiy-madaniy muhitni tekshirish va yoritishda ham muhim manbadir. Munis tarixchi, taijimon sifatida temuriylar davri tarixchisi Mirxondning etti daftardan iborat «Ravzat us-safo» asarining uch daftarini taijima qilishga ulgurgan. Munis olamdan ko‘z yumgach, bu asar tarjimasini ham sadoqatli jiyani va shogiidi Ogahiy oxiriga etkazgan. Shermuhammad Munis XIX asrda Xorazmda ko‘tarilish bosqichida bo'lgan adabiy hayotga o'zgacha jon bag'ishladi. Munisdan keyin yashab, ijod etgan deyarli hamma xorazmli ijodkorlar, xattotlar, muarrixlar, tarjimonlar uning merosidan bahra toptilar, ustozlik mavqeini e’tirof etdilar. Bular ichida, ayniqsa, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Bayoniy ijodini Munis merosi bilan bog'lovchi robitalar ko‘p. Ogahiy Munisning jiyani sifatida yoshligidan uning qo'lida tarbiya va adabiy ta’lim oldi. Ogahiy Munis vafotidan keyin uning ko'pqirrali faoliyatini davom ettirib, nihoyatda ko'p va xub adabiy, tarixiy, tarjima asarlari yaratdi. Hatto u o'z she’riy devoniga nom qo'yishda ham amakisi, bevosita ustozi Munisga eigashdi. Ogahiy she’riyatining mavzu va fikriy dunyosida, poetik obraz va badiiyatida, Navoiy qatorida, Munis she’riyatining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Shunday yaqinlik Ogahiy zamondoshi Komil ijodida ham namoyon bo'ladi. Ayniqsa, uning «Fuzalo» va «Juhalo» radifli ijtimoiy mazmuni chuqur g'azallari Munisning ana shu nihdagi g‘azallarini eslatadi. Shu bois Munis asarlari zamondoshlarimiz uchun ma’naviy-estetik oziq berib kelmoqda. Shoiming quyidagi faxriya baytlari bejiz aytilmagan bashoratdek tuyuladi: To musaxxar ayladim so ‘z birla та ’ni kishvarin, Shohmen, ey Munis, ahli donishu idrok aro... Muniski, so'z iqlimi anga bo'ldi musaxxar, Surtarlar aning xoki rahiga shuaro ko‘z... Download 16.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling