Firibgarlik(168-modda) bo’yicha testlar Firibgarlikning obyektiv tomoni nima?
Download 14.59 Kb.
|
firibgarlik test
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Firibgarlik jinoyati qachon tugallangan hisoblanadi
- 4. Firibgarlikning subyektiv tomoni nima
Firibgarlik(168-modda) bo’yicha testlar 1. Firibgarlikning obyektiv tomoni nima? A) aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini egallash; B) aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning egaligida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish; C) o‘zganing mol-mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish; D) jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirish talab qilish. 2. Firibgarlik jinoyati qachon tugallangan hisoblanadi? A) mulk ushlab qolingan paytdan e’tiboran, ya’ni o‘zganing mulkiga g‘ayriqonuniy ravishda o‘zinikidek egalik qilingan paytdan e’tiboran; B) o‘zganing mulki qo‘lga kiritilgan va aybdorda o‘z ixtiyoriga ko‘ra talon-toroj qilingan mulkni tasarruf etish imkoniyati paydo bo‘lgan paytdan boshlab; C) mol-mulkdan foydalangan paytdan boshlab; D) mol-mulkni o’zga shaxsga taqdim etgan paytdan boshlab. 3. Aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatini anglash qobiliyatiga ega bo‘lmagan (masalan, kichik yoshdagi bolaligi (14 yoshga to‘lmaganligi), ko‘zi ojizligi, ruhiy jihatdan norasoligi, alkogol, giyohvandlik vositasi, ularning analoglari yoki psixotrop modda ta’sirida og‘ir darajada mastligi tufayli) shaxsni aldash va undan mulkini olish qanday jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi? A) Bosqinchilik B) Firibgarlik C) O’g’irlik D) Tovlamachilik 4. Firibgarlikning subyektiv tomoni nima? A) ehtiyotsizlikdan sodir etiladi B) to’g’ri yoki egri qasd C) egri qasddan sodir etiladi D) to‘g‘ri qasddan g‘araz maqsadda sodir etiladi 5. Firibgarlik jinoyatining subyekti kim? A) 16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxs B) 18 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxs C) 13 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxs D) 14 yoshga to’lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxs 6. Agar o‘zganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va qanday jinoyat sifatida baholanadi? A) o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish B) o’g’irlik C) talonchilik D) bosqinchilik 7. Agar aldov shaxs tomonidan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni yengillatish maqsadida ishlatilgan bo‘lib, mulkni olib qo‘yish jarayonida mulkdor, mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulkdor yoki mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni ushlab turishni davom ettirgan bo‘lsa, qanday jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi? A) talonchilik B) o'g'irlik C) talonchilik D) tovlamachilik 8. Agar shaxs o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan bo‘lsa, qilmish aybdorda o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishga nisbatan qasd faqat o‘zganing mulki yoki unga bo‘lgan huquq qo‘lga kiritilgunga qadar paydo bo‘lgan holda qanday jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi? A) tovlamachilik B) talonchilik C) firibgarlik D) o’g’irlik 9. Agar shaxs o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini uni ijro etish jarayonida ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra (masalan, mulkiy nochorligi, shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi, og‘ir kasalligi, favqulodda holat tufayli) bajara olmasa yoki o‘zganing mulkini egallashga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoni bo‘lmasa, bu holat qanday javobgarlik hisoblanadi? A) intizomiy javobgarlik B) jinoiy javobgarlik C) ma’muriy javobgarlik D) fuqarolik-huquqiy javobgarlik Download 14.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling