7.3. Firmaning ichki tuzilmasi
«Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to`rtta varianti keng tarqalgan:
unitar (U-tuzilma), o xolding (X-tuzilma),
o multidivizional (M-tuzilma) o aralash (A-tuzilma).
Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining maksimal darajada markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan qabul qilinadi, uning o`zi nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar» faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o`tkazilsa, u holda funksional belgi bo`yicha – funksional bo`linmalar boshliqlariga: sotish bo`limi boshlig`i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi. Shunday qilib, funksional bo`linmalar rahbarlari bir vaqtning o`zida firma rahbariyatiga nisbatan «agentlar», bo`lib topshiriqlarning bevosita ijrochilariga nisbatan esa - «prinsipal» hisoblanadi.
Zamonaviy korporatsiya menejerlarga rahbarlik qiluvchi,
...xodimlarga rahbarlik qiluvchi menejerlardan tarkib topadi.
J Stiglits. Nobel mukofoti sohibi
Unitar tashkilotda «prinsipal-agent» muammosini hal etishning yagona varianti nazorat qilishning yangi, past xarajatlari bilan bog`liq usullarini ishlab chiqish asosida nazoratni kuchaytirishdan iborat.
Xolding tuzilmasi qarorlar qabul qilish va «agentlar» harakatlari ustidan nazorat qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o`zida namoyon etadi. Amalda «prinsipal» faqat moliyaviy oqimlarni va «agentlar» faoliyatining moliyaviy natijalarini nazorat qilish vakolatini o`zida saqlab qoladi. «Agentlar» barcha qarorlarni qabul qilishda chetda qoladi, foydani taqsimlash to`g`risidagi qaror bundan mustasno. Boshqacha aytganda, «prinsipal» «agentlar» faoliyatini bevosita emas, balki «agentlar» musobaqasini tashkil etish orqali nazorat qiladi.
Xoldingda rahbariyat ular faoliyatini strategik nazorat qilish bilan band bo`lmagan ko`plab bo`linmalardan iborat firma.
Do'stlaringiz bilan baham: |