Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish


Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish


Download 0.55 Mb.
bet18/32
Sana17.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1207962
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish

8.2. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish

Mulkchilik huquqlarini belgilash va himoya qilish jarayoniga davlatning aralashuviga muqobillik iqtisodiy agentlarning o`zlarining resurslardan foydalanish qoidalari haqida kelishishga urinishlaridan iborat. Masalan, resurslardan foydalanish me’yori «birinchining ustuvorligi» bilan tartibga solinishi mumkin. O`rmonda qo`ziqorin terish yoki navbatda turish ushbu me’yorga yaqqol misol bo`lib xizmat qiladi. Biroq mulkchilik huquqlarini tafsirlash uning yordamida ikkita cheklovga duch keladi. Birinchidan, noaniqlikni pasaytirishga faqat qisqa muddatli davrda erishiladi, chunki har safar resursning yangi egasi paydo bo`ladi, bu esa o`zaro hamkorlik ishtirokchilariga barqaror kutishlarni shakllantirish imkonini bermaydi. Ikkinchidan, hatto qisqa muddatli davrda ham resursning eng uddaburon va samarali mulkdorning emas, balki faqat birinchi bo`lganning nazorati ostiga tushib qolishiga qarshi hech qanday kafolatlar mavjud emas.


Iqtisodiy agentlar tomonidan mulkchilik huquqlarini mustaqil ravishda tafsirlash va himoya qilishga urinish shartnoma tomonlarining uni amalga oshirish kafolati sifatida kuchdan foydalanishini nazarda tutadi. Bundan ikkita muammo kelib chiqadi. Birinchisi – yuzaga kelgan nizolarni faqat tajovuz va kuch ishlatish asosida hal etish, yoki, Gobbs bo`yicha «hammaning hammaga qarshi urushi» tendensiyasi. Ikkinchisi – resurslarning katta qismini ishlab chiqarish faoliyatidan olib, mulkchilik huquqlarini himoya qilish vazifalarini hal etish va shartnomalar shartlarining bajarilishini ta’minlashga yo`naltirish.



110


Mulkchilik huquqlarini xususiy tartibda tafsirlash maqsadida kuch ishlatishdan foydalanish imkoniyatini biror-bir mintaqada (qadimiy ijtimoiy tuzum davri nazarda tutilayapti) yashovchi muayayn qabiladagi real vaziyatni tahlil qilish asosida tuzilgan model misolida ko`rib chiqamiz. Qabila yirik shohli qoramollarni yetishtirish bilan shug`ullanadi. Qoramollar va chorvachilikda foydalaniladigan resurslarga nisbatan oshkora qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligini hisobga olgan holda, qabilaning istalgan oilasi, o`zining chorvachiligidan tashqari, o`z sa’y-harakatlarini mulkchilik huquqlarini himoya qilishga yo`naltirishga majbur. Agar har bir oila a’zolarining butun sa’y-harakatlari qoramollarni yetishtirishga yo`naltirilsa, u 10 ga teng foydalilik ko`rsatichiga ega bo`ladi, deylik. Biroq, agar oilalardan biri qurollangan qo`riqchilarga ega bo`lsa, u holda ushbu oila boshqa tinchliksevar oilaga potensial tahdid soladi: kuch ishlatishdan foydalanish asosida birinchi oila katta resurslarni egallab olishi va nazorat qilishi mumkin. Agar ikkala oila ham o`z a’zolarini qurollantirsa, chorvachilik bilan band bo`lganlar sonining qisqarishi tufayli ular oladigan foyda darajasi 4 gacha kamayadi.












2-oila




Ko`rsatkichlar taqsimoti
















Qo`riqchilarni saqlab




Faqat chorvachilik






















turadi







1-oila

Qo`riqchilarni

saqlab

4;4 [N, St1, St2]




2; 12




turadi
















Faqat chorvachilik




2; 12




10; 10 [P]

Nesh bo`yicha yagona muvazanat (4;4) nuqtada turibdi, ya’ni ikkala oila ham o`z a’zolarining bir qismini qurollantiradi va ularni mulkchilik huquqlarini himoya qilish uchun kuch ishlatishdan foydalanishga ixtisoslashtiradi. Har bir xo`jalik birligining, ushbu holatda oilaning o`z «xavfsizlik xizmati»ga ega bo`lishga intilishi natijasida resurslarning katta qismi ishlab chiqarish faoliyatidan olib qo`yiladi, demak, ishlab chiqarishning umumiy hajmi qisqaradi. Masalan, 10 ta yirik shohli qoramol o`rniga har bir oila faqat to`rtta qoramol yetishtiradi.

Ishlab chiqarish faoliyati bilan mulkchilik huquqlarini mustaqil himoya qilish faoliyati o`rtasida iqtisodiy sub’ektni tanlash muammosi ham Djon Umbek ishlarida tahlil qilinadi. U tadqiqot ob’ekti sifatida «oltin vasvasasi» davri (XIX asrning ikkinchi yarmi)dagi Kaliforniyani tanladi. Kaliforniyada ushbu davrda yuzaga kelgan vaziyatning xususiyatli belgisi – oshkora qayd etilgan va himoyalangan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligidan iborat: 1848 yilda mintaqa Meksika tomonidan AQSh yurisdiksiyasi ostiga topshirildi, lekin yangidan kelgan davlat xizmatchilarining aksariyati oltin chiqadigan uchastkalarni taqsimlash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishni oltin izlovchilarning o`zlariga taqdim etgan holda oltin konlarini ishlab tayyorlashga kirishdilar. Shuning uchun istalgan oltin izlovchi o`z vaqtini VMRg ga teng bo`lgan ushbu faoliyatning eng yuksak mahsulotiga ega bo`lgan oltin qazib chiqarish va o`z konini VMRυ ga teng bo`lgan ushbu faoliyatning eng yuksak mahsulotiga ega bo`lgan boshqa oltin izlovchilarning tajovuzidan himoya qilish o`rtasida taqsimlar edi. Umbek ko`rsatib o`tganidek, quyidagi shart bajarilgan taqdirda sa’y-harakatlar



111


ikki turdagi faoliyat o`rtasida teng taqsimlanadi: (VMRg G’ VMRυ)x q (VMRg G’ VMRυ)u, bu yerda x – birinchi oltin izlovchi, u – ikkinchi oltin izlovchi. Ya’ni majbur qilishda qiyosiy ustunlikka ega bo`lgan shaxslar katta o`lchamdagi oltinli uchastkalarga, oltin qazib chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega bo`lgan shaxslar esa kichik o`lchamdagi oltinli uchastkalarga egalik qilishadi. XIX asrning ikkinchi yarmida Kaliforniyada deyarli har bir shaxs o`z quroliga ega bo`lib, undan o`zini himoyalash uchun foydalanardi, shuningdek u yerda aholining deyarli umumiy qurollanishi asosida aholi salohiyatining namunaviy teng huquqliligiga erishilardi; olti otarli «Kolt» «buyuk tenglashtiruvchi» deb bekorga nom olmagan. Agar har kim qurolni qo`lga kirita olmasa (majburlash tengligiga erishilmasa), «qayerda kuch bo`lsa, o`sha yerda haqiqat» tamoyili amal qila boshlaydi, demak, har bir shaxs boshqa shaxslarga nisbatan o`zining majburlash salohiyatini oshirishdan manfaatdordir.

Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish uchun kuch ishlatishdan foydalanish imkoniyatiga faqat shartnoma tomonlari uning bajarilishini nazorat qilish huquqini uchinchi tomon – davlatga topshirgan taqdirdagina, yo`l qo`ymaslik mumkin. Shartnomaning boshqa xildagi uchinchi tomoni, masalan, hakamdan farqli o`laroq, davlatga kuch ishlatishdan foydalanishni nazorat qilish huquqi ham topshiriladi. Aynan shundan davlatning unga jismoniy kuch ishlatishni amalga oshirish monopoliyasini topshirish orqali beriladigan ta’rifi kelib chiqadi.


Yuqoridagi erkin qabila misoliga qaytib, uchinchi o`yinchi – davlatning paydo bo`lishi natijasida o`yin tarkibida yuz bergan sezilarli o`zgarishni ta’kidlaymiz. Kuch ishlatishning bir tomonlama qo`llanishi jazolanadigan holatga aylanadi va uning natijasida tajovuz qiluvchi zarar ko`radi, davlat unga ko`rilgan zararning qoplanishini kafolatlagan tajovuz qurboni esa, hech narsa yo`qotmaydi. Shunday qilib, biz quyidagi matritsaga ega bo`lamiz.














2-oila







Qo`riqchilarni saqlab




Faqat chorvachilik







turadi










Qo`riqchilarni

4;4




4; 10

1-oila

saqlab turadi
















Faqat chorvachilik

10; -4




10; 10 [N, St1, St2, P]

Davlatning aralashuvi majbur qilish imkoniyatini to`xtatadi va resurslarning bir qismini samarali foydalanish uchun bo`shatadi. Agar davlat kuch ishlatishni qo`llash uchun to`liq monopoliyani joriy etsa, u holda Nesh bo`yicha va Pareto bo`yicha yagona muvozanatli yakun (10; 10) bo`ladi.





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling